UzAuto Motors 2023 yil oxirida Chevrolet Gentra (Lacetti) modelini ishlab chiqarishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda Cadillac rusumli avtomobillar hamda yangilangan Equinox va Traverse krossoverlari savdosini boshlashni rejalashtirmoqda.
Toshkentda kvartiralarning 1 kv. metrining o‘rtacha narxi yil davomida 27 foizga o‘sib, o‘rtacha 1078 dollarga yetdi, deya xabar bermoqda PMTI tahlilchilari. Poytaxtning beshta tumanida ko‘chmas mulk narxi shahardagi o‘rtacha narxlardan ancha yuqori.
Tarmoqlarda Olmazor tumanida o‘ldirib ketilgan profilaktika inspektorini o‘z mashinasida ayol kishi bilan suhbatlashib o‘tirganida, ayolning eri rashkdan pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. IIBB marhum ayol chaqiruviga binoan borgani, qotillik mashinada emas, tayanch punktida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Oktabrda amputantlar o‘rtasidagi jahon kubogida 3-o‘rinni olgan O‘zbekiston terma jamoasi 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kunida Cobalt avtomobillari bilan taqdirlandi. Avvalroq jamoa a’zolari 3-o‘rin uchun 10 mln so‘mdan pul mukofoti berilganiga norozilik bildirgandi.
Dauletmurat Tajimuratov suddagi ko‘rsatuvida Qoraqalpog‘iston deputatlari nima uchun suverenitetdan voz kechish haqida qaror qabul qilganini aniqlashga qanday uringani va miting o‘tkazishga qanday chorlagani haqida gapirib berdi.
Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib Toshkentda bir kishilik piket uyushtirgan publitsist va bloger Shokir Sharipov IIV rahbariga yangi video murojaat yo‘lladi. «15 yoshli bolaning urib, o‘ldirilganini eshitgach, iztirobga tushdingizmi? Agar tushmagan bo‘lsangiz, o‘rningizni boshqaga bo‘shatib qo‘ying», — dedi u.
Juma kuni O‘zbekistonda 156 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natija berdi (oldingi kun — 159 kishi). Eng ko‘p bemor poytaxtda aniqlandi — 82 nafar. Toshkent viloyatida esa — 15 kishi, Samarqandda — 14 kishi kovidga chalingani ma’lum bo‘di.
Jemli, apelsinli o‘rama pirog, qahvali hamda murabbo solib pishirilgan xamirturushli pirog, yong‘oq-mayizli yoki olma-sitrus mevali pirog va boshqalar — Zira.uz shirin va noodatiy piroglar ro‘yxatini taqdim etadi.
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH-2022`ning pley-off bosqichida Yevropa qit’asidan 8 ta, Osiyodan 3 ta, Janubiya Amerika va Afrika qit’alartdan 2 tadan, Shimoliy Amerikadan 1 ta terma jamoa ishtirok etadi. 1/8 final bahslari 3−6 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston prezidenti inklyuziv jamiyatni barpo etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishini aytdi. «Ishontirib aytamanki, sizlar o‘zlaringizni yolg‘iz his etmasligingiz uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz», — dedi u Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida.
Nukus voqealarida ayblanayotganlarning sudini kuzatayotgan Yevropa Ittifoqi, Samarqandda uydan topilgan ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi, talabalarga poyezd chiptalari uchun 50% chegirma, O‘zbekistonda AES loyihasini tezlashtirishga chaqirgan Rossiya bosh vaziri va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt avtomobilining yangilangan prototipini O‘zbekistonga olib keldi. Ushbu versiya 2024 yildan ishlab chiqarilishi mumkin.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilot vakili Gulnoz Mamarasulova Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayoni haqida fikr bildirdi. Tajimuratov boshqa sudlanuvchilarning ayblarini tasdiqlaydigan, ularga qarshi ishlovchi savollarni bermoqda, unga nisbatan ham ayni shunday harakat qo‘llanilmoqda, dedi u.
O‘zbekistonda koronavirusning «omikron» VA.5 varianti dominant versiyaga aylandi, deya ma’lum qildi SSV. Uning inkubatsiya davri qisqaroq — 2−3 kun. Alomatlari — tomoq og‘rig‘i, isitma, kuchli bosh va mushaklar og‘rig‘i, kon’yunktivit, tonzillit va otit.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Samarqandda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuvda atom elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishni tezlashtirishga chaqirdi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlarning birida ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi topildi. Dastlabki sud-tibbiy ekspertizasi ularning o‘limiga «noma’lum etiologikdan zaharlanish» sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Xolat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent bu yil dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida o‘tgan yilga nisbatan (2021 yilda 171-o‘rin edi) o‘z o‘rnini biroz yaxshilagan holda 168-o‘rinni egalladi. Bu yil yashash uchun eng qimmat shaharlar Singapur va Nyu-York bo‘ldi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi metan gaz narxlari nazoratga olinganini ma’lum qildi. Qo‘mita narxlarini sun’iy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishini eslatib o‘tdi.
Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlarida ayrim obyektlar buzilmoqda. Ularning o‘rniga chegarani mustahkamlash maqsadida to‘siqlar, chegara yo‘llari, ko‘priklar, muhandislik inshootlari va boshqa obyektlar quriladi.
Yevropa Ittifoqi Nukus voqealarida ayblanayotganlar ustidan sud jarayonini diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirdi. «Biz hukumat fikrni erkin izhor qilish va yig‘ilishlar erkinligi bo‘yicha, shu jumladan, GSP+ doirasidagi o‘zining majburiyatlarini bajarishga chaqiramiz», — deyiladi Yevropa Ittifoqi bayonotida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting