Dam olish kunlari harorat biroz pasayadi
28 iyun 2024, 17:40

Dam olish kunlari harorat biroz pasayadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq harorat biroz pasayib, +34…+39, eng chekka janubda +40…+42 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda esa chang-to‘zonli shamol kuzatilishi mumkin.

Uzum ICT4Girls dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida hamkorlik qildi
28 iyun 2024, 17:00

Uzum ICT4Girls dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida hamkorlik qildi

Uzum milliy raqamli ekotizimi ICT4Girls dasturlash olimpiadasining respublika bosqichi hamkoriga aylandi. Ekotizim 12 nafar g‘olibga planshet va noutbuklarni topshirdi.

AQShning Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi O‘zbekistonga ijtimoiy himoya tizimini yo‘lga qo‘yishda yordam beradi
28 iyun 2024, 16:55

AQShning Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi O‘zbekistonga ijtimoiy himoya tizimini yo‘lga qo‘yishda yordam beradi

O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi va AQSh Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etdi. U aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy xodimlarni tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekiston elchisi Kanada general-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi
28 iyun 2024, 16:18

O‘zbekiston elchisi Kanada general-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning AQSh va Braziliyadagi elchisi Furqat Sidiqov Kanada general-gubernatori Meri Simonga ishonch yorliqlarini topshirdi. Suhbat chog‘ida tomonlar o‘zaro iqtisodiy tashriflar va savdo missiyalari almashinuvini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar ishlari agentligiga o‘tkaziladi
28 iyun 2024, 16:15

Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar ishlari agentligiga o‘tkaziladi

Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan Yoshlar ishlari agentligiga o‘tkaziladi. Jamg‘arma yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab, ularga “biznes paket” qilib beradi. Shuningdek, 14 ta tumanda “to‘rtinchi sanoat” kasblariga o‘qitish markazi ochiladi.

IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi
28 iyun 2024, 16:12

IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi

Shavkat Mirziyoyev endilikda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi berilishini ma’lum qildi. Ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi.

O‘zbekistonda SAT imtihonidan yuqori ball olganlar OTMga grantga qabul qilinadi
28 iyun 2024, 16:07 2

O‘zbekistonda SAT imtihonidan yuqori ball olganlar OTMga grantga qabul qilinadi

O‘zbekistonda SAT imtihonidan 75 foizdan yuqori natija olgan yoshlar OTMga grant asosida qabul qilinadi, deya ma’lum qildi prezident. Qolaversa, 73 ta akademik litseyda “Xalqaro bakalavriat” va A-level dasturlari joriy qilinadi, ularni bitirganlar oliygohlarga imtihonsiz kiradi.

Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
28 iyun 2024, 15:43

Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

“Gazeta.uz” manbasiga ko‘ra, Saudiya Arabistonida 2024-yilgi Haj mavsumida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Avvalroq Saudiya tomoni vafot etganlarning umumiy soni 1300 dan oshganini bildirgandi.

Kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi — “O‘zatom” vakili
28 iyun 2024, 15:32

Kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi — “O‘zatom” vakili

O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi, dedi “O‘zatom” rahbari maslahatchisi Qosim To‘xtaxunov. Shuningdek, u atom energetikasini rivojlantirish va kichik modulli reaktorlarni tanlash zarurligini tushuntirdi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (29−30-iyun)
28 iyun 2024, 15:28

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (29−30-iyun)

Beshta kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, ijodiy mahorat darslari, dunyoga mashhur futbol yulduzlari bilan uchrashuv, ko‘rgazmalar, spektakllar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

O‘zbekistondan Xitoyga gaz yetkazib berish statistikasi 2,6 barobar farq qilmoqda
28 iyun 2024, 15:07

O‘zbekistondan Xitoyga gaz yetkazib berish statistikasi 2,6 barobar farq qilmoqda

Yanvar-may oylarida O‘zbekistondan Xitoyga qilingan gaz eksportiga oid ma’lumotlar kamida 94 mln dollarga (2,6 marta) farq qilmoqda. “Gazeta.uz” bu bo‘yicha ikkala davlatning 2020−2024-yillarda bergan ma’lumotlarini solishtirdi va tafovut 538 mln dollarga yetganini aniqladi.

Bronzadan oltinga: Reikartz Qo‘qon mehmonxonasini o‘zgartiradi
28 iyun 2024, 15:00

Bronzadan oltinga: Reikartz Qo‘qon mehmonxonasini o‘zgartiradi

Reikartz mehmonxonalar tarmog‘i Qo‘qon markazidagi kamtarona mehmonxonani mehmondo‘stlikning “oltin” standartida qayta ishga tushirishga qaror qildi va loyihaga taxminan 100 ming AQSh dollari sarmoya kiritdi.

Yevro-2024: Nimchorak finaldan avvalgi kutilmalar
28 iyun 2024, 14:35

Yevro-2024: Nimchorak finaldan avvalgi kutilmalar

Futbol bo‘yicha Yevro-2024 nimchorak final bosqichida qaysi jamoalarning imkoniyati ko‘proq? Ularning qay biridan yorqin o‘yinlarni kutish mumkin? — “Taktika” nazari.

O‘zbekistonda xususiy o‘quv markazlari reytingi tuziladi
28 iyun 2024, 13:31

O‘zbekistonda xususiy o‘quv markazlari reytingi tuziladi

1-oktabrdan Yoshlar ishlari agentligi xususiy o‘quv markazlarining yillik reytingini tuzishni boshlaydi. Undagi natijalarga qarab, chekka hududlardagi eng yuqori ko‘rsatkichli 100 ta xususiy o‘quv markaziga ijara xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.

Angrenda aholidan chiqindilarni sotib olish shoxobchasi tashkil etildi
28 iyun 2024, 11:39

Angrenda aholidan chiqindilarni sotib olish shoxobchasi tashkil etildi

Angren shahrida aholidan qayta ishlanadigan chiqindilarni xarid qilish shoxobchasi barpo etildi. Shoxobchaning o‘zida do‘kon ham tashkil etilgan. U yerda fuqarolar chiqindilarni sotishdan tushgan pulga turli buyumlar xarid qilishi mumkin.

Samarqandda 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi
28 iyun 2024, 11:03

Samarqandda 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

Toyloq tumanida erkak 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklab, musht tushirdi. Bolada jarohatlar aniqlanib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Erkak ruhiyatida o‘zgarishlar borligi tufayli shifoxonaga yotqizildi.

Toshkent viloyatida ikki xorijlik tashkil etgan yashirin narkolaboratoriya aniqlandi
28 iyun 2024, 10:50

Toshkent viloyatida ikki xorijlik tashkil etgan yashirin narkolaboratoriya aniqlandi

DXX Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda yashirin narkolaboratoriya tashkil etganini aniqladi. Uydan sintetik giyohvandlik vositalari, 7 kg yarimtayyor narkotik moddalar va 237 kg prekursorlar musodara qilindi. Gumonlanuvchilar qamoqqa olindi.

“Xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun sabab Gruziyani YeIga qabul qilish jarayoni de fakto to‘xtatildi
28 iyun 2024, 10:35

“Xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun sabab Gruziyani YeIga qabul qilish jarayoni de fakto to‘xtatildi

Gruziyaning YeIga kirish jarayoni mamlakatda qabul qilingan “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun tufayli amalda to‘xtatildi. Yevropa Ittifoqi yetakchilari Gruziya hukumatini mamlakatning ittifoqqa kirishiga tahdid solayotgan harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga chaqirdi.

O‘zbekiston parranda go‘shti eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda
28 iyun 2024, 10:09

O‘zbekiston parranda go‘shti eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda

O‘zbekistonda 1-iyuldan parranda go‘shti eksportiga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi. Yangi, sovitilgan yoki muzlatilgan parranda go‘shti importi uchun bojxona to‘lovi bekor bo‘ladi.

Jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi
28 iyun 2024, 09:26

Jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi

Jurnalist, Andijon viloyati Oltinko‘l tumaniga 1990−1993-yillarda hokimlik qilgan Nazirjon Saidov 76 yoshida vafot etdi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting