Dushanba kuni soat 03:07 da Tojikistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentri Toshkentdan 149 km uzoqliqda bo‘lgan yer qimirlashi Bekobod, Shirin, Yangiyer va Guliston shaharlarida sezildi.
1 AQSh dollarining rasmiy kursi 11 206,90 so‘m etib belgilandi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Sobiq «Ummon» guruhining xonandasi Jasur Rafiqov vafot etdi. U bir necha yillardan buyon saraton kasalligi bilan kurashib kelgani aytilmoqda.
Toshkent viloyatidagi Angren issiqlik elektr stansiyasida 13 noyabr, yakshanba kuni «nosozlik» yuz berdi. Energetika vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hozirda Angren shahriga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda, qisqa vaqt ichida issiqlik energiyasi yetkazib berilishi ham qayta tiklanishi kutilmoqda.
Turkiyaning Istanbul shahridagi mashhur Istiqlol ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi. Hodisada kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 53 kishi yaralangan.
Bir qator hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, bunga IESlarga yetkazib berilayotgan gazning kamaygani sabab bo‘lgan. Markaziy Osiyo energotizimida O‘zbekiston aybi bilan avariya sodir bo‘lmasligi uchun hududiy elektr korxonalaridan energiya iste’molini qisqartirish so‘ralgan.
14 noyabr kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim massiv va ko‘chalar aholisi vaqtincha issiqlik ta’minotisiz qoladi. Veolia Energy Tashkent buni magistral quvurda rejadan tashqari ishlar olib borilishi bilan izohladi. Joylarda issiq suv ta’minoti saqlanib qoladi.
Qo‘qon shahar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida 14 yoshli o‘smirning vafoti bo‘yicha IIV xizmat tekshiruvi yakunlandi. Unga ko‘ra, markaz direktori lavozimidan ozod etildi, 3 nafar xodimga «hayfsan» intizomiy jazosi tayinlandi.
«Amirsoy» dam olish maskanida dor yo‘li elektr energiyasi o‘chishi oqibatida to‘xtab qoldi. Energetika vazirligi holatga izoh berib, uzilishga yo‘lning elektr qurilmasida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Hozirda dor yo‘li faoliyati qayta tiklangan.
O‘zbekiston bokschilari beshta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medalini qo‘lga kiritib, Osiyo chempionatida erkaklar jamoalari o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ayollar terma jamoasi uchta medal bilan beshinchi o‘rinni qayd etdi.
Xiva shahar hokimi Temur Davletov «mas’uliyatsizligi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi kamchiliklari» uchun o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarimaga tortildi. U qariyb 2 yil avval mazkur lavozimga tayinlangan edi.
Surxondaryo viloyatida 26 ta maktabning chekka hududlardagi ta’mirtalab filiallari faoliyati tugatildi. Ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning asosiy maktablarga qatnashlari uchun 26 dona Damas avtomobili ajratildi.
Mirobod hokimi «Moviy gumbazlar»dagi kitob rastalari sotuvchilarini qabul qilib, ular masalasini o‘rganishga va’da berdi. Sotuvchilar bu joy kimoshdi savdosiga qo‘yish rejasidan xabar topib, prezidentga murojaat qilishdi. Rastalar qariyb 30 yildan beri mavjud bo‘lib, poytaxtning o‘ziga xos ramziga aylangan.
«Gazeta.uz» JCH-2022 boshlanishiga haftalar va kunlarni sanashda, muxlislarni guruhlar bilan tanishtirishda davom etmoqda. F guruhida bizni Kanada va uning syurprizlari, Belgiya va jamoa yetakchilarining oqqush qo‘shig‘i, avlodlar almashinuvi changalidagi Xorvatiya va Marokashning qarshi hujumdagi o‘yinlari kutmoqda.
Andijon viloyatida 12 noyabr kuni epitsentri Jalaquduq tumani bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashining magnitudasi 3 ballni tashkil etdi.
24 noyabridan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Namangandan Orenburgga qatnovlarni tiklamoqda. Parvozlar haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Qo‘qon shahar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tengdoshlari kaltaklashi oqibatida 14 yoshli bola vafot etgandi.O‘sha kuni markazda navbatchilik qilgan 2 nafar IIO xodimi janjal oldini olmagani uchun ishdan bo‘shatildi. Ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi mumkin.
Fransiyada bo‘lib o‘tgan ishchi kasblari bo‘yicha WorldSkills 2022 chempionatida O‘zbekiston ilk bor ishtirok etib, ikki yo‘nalish: qurilish va robototexnika bo‘yicha o‘zini namoyon qildi. Tanlov ishtirokchilari «Gazeta.uz»ga o‘z ishlari, qiyinchiliklar va raqiblari haqida so‘zlab berdi.
«Davlat bayrog‘i kuni» munosabati bilan o‘tkaziladigan «Yangi nafas» yugurish tadbirlari sabab 12−13 noyabr kunlari Afrosiyob, Sharof Rashidov, Islom Karimov va Yangi O‘zbekiston ko‘chalarining bir qismi avtotransport harakati uchun cheklanadi.
Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Davlat fuqarolik xizmatida rotatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting