Samarqand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi yakunlari bo‘yicha avtomobilsozlik, transport-logistika xizmatlari, yengil sanoat, parrandachilik sohalarida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv va memorandumlar imzolandi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Orol dengizi hududida cho‘llanishning salbiy oqibatlari bilan kurashish maqsadida 1,6 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratganini e’lon qildi. Tashabbus dengizning qurigan tubida ekotizimlarni qayta tiklash loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda.
Avicennia International Prize xalqaro mukofotini topshirish marosimida Fransiya milliy tibbiyot akademiyasida Abu Ali ibn Sinoning bronza byusti ochildi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda o‘qituvchilarni «xuddi yigirma yil oldingi kabi» xonadonlarni aylanib chiqishga va o‘quvchilar ro‘yxatini tuzishga majbur qilishayotgani haqida eshitib «juda xafa bo‘lgani»ni ma’lum qildi. U mutassaddilardan o‘qituvchilarni dars berishdan boshqa barcha vazifalardan ozod qilishni so‘radi.
Davaktiv agentligi «Poytaxt qurilish va xizmat» korxonasining 100% ulushi bo‘lgan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi $87 mln evaziga xususiylashtirilganini ma’lum qildi. Xaridor Abu Dhabi Uzbek Investment QK bo‘lib, u obyektni rivojlantirish uchun qo‘shimcha $12 mln sarmoya kiritish majburiyatini oldi.
Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban muzokara sanoat, kimyo tarmog‘i, farmatsevtika, bank-moliya, transport va logistika sohalaridagi investitsiya loyihalari yuzasidan fikr almashdi.
O‘zbekiston-Vengriya biznes forumida nutq so‘zlagan bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev o‘zaro hamkorlikning muhim olti yo‘nalishiga to‘xtalib o‘tdi. «Sizlarning bugungi barcha kelishuvlaringiz alohida nazoratga olinishini va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishiga kafolat beraman», — dedi u.
Saudiya Arabistonning madaniyati va tarixining qadimiy dunyosi bilan qulay sharoitlarda tanish uchun Asialuxe Travel eksklyuziv turlar taklif qilmoqda.
1-yanvardan boshlab xorijliklarga ayrim tovarlarni xarid qilishda to‘langan QQS summalarini qaytarishning Tax Free tizimi joriy etiladi. Tizim Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida tadbiq etiladi. 2024-yildan esa bosqichma-bosqich barcha chegara o‘tkazish punktlarida yo‘lga qo‘yiladi.
Navoiy viloyatida issiqxona qurish uchun mo‘ljallangan 2 gektar yerni sotmoqchi bo‘lgan uch nafar shaxs ushlandi. Hokimlik tomonidan ajratilgan yer uylar qurish uchun sotib yuborilishi oldi olindi.
G‘uzor tumanida Nexia-2 quvib o‘tish qoidasiga rioya qilmay, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Matiz avtomobili bilan to‘qnashdi. Oqibatda mashinalardan birining salonida bo‘lgan yo‘lovchi vafot etdi.
Xalq ta’lim vazirligi maktab o‘qituvchilarini rasmiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanganligini ma’lum qildi. Ta’lim olayotgan o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar elektron shaklda mavjud bo‘lishiga qaramasdan, o‘qituvchilarni hali ham uyma-uy yurib, ma’lumot yig‘ishga majburlashmoqda.
Senat Kengashining navbatdagi majlisida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. «Mazkur vazifalarni amalga oshirish orqali o‘rta hisobda 20 mln aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi», — dedi Senat raisi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Jahonning eng nufuzli 500 musulmoni» («The Muslim 500») ro‘yxatiga kiritildi. Undan Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon rahbarlari ham o‘rin olgan. Qolaversa, ro‘yxatda O‘zbekiston musulmonlari idorasining sobiq raisi, marhum Usmonxon Alimov ham qayd etildi.
Tadbirkor buzilgan mulki o‘rniga kompensatsiya sifatida Chilonzordagi ko‘p qavatli uylar orasidan yer olgan. U bu yerda ko‘p qavatli turar joy qurmoqchi edi, biroq aholi bunga qarshi chiqdi. Poytaxt hokimi tadbirkorga uning bir fuqaro norozi bo‘lsa ham, bu joyni tashlab chiqib ketish haqidagi va’dasini eslatdi.
Xorazmda Suriyadagi terroristik tashkilot safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ayol ushlandi. U o‘zining tanishlariga diniy da’vatlar qilib, qo‘poruvchilik aks etgan videoroliklarni tarqatib kelgani aytilmoqda. Ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hibsga olindi.
1 AQSh dollarining rasmiy kursi 11 169,39 so‘m etib belgilandi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
RTL Alliance halqaro transport-logistika kompaniyasining asosiy afzalliklaridan biri — bu Xitoydan yuklarni tez yetkazib berish hisoblanadi.
«O‘ztransgaz» ob-havoning sovuqlashuvi sharoitida aholi, iste’molchilar hamda ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, strategik ahamiyatga molik korxonalarni tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 9 noyabrdan boshlab barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari maxsus jadval asosida ishlashini ma’lum qildi.
Toshkentning I yarim yillikdagi budjet xarajatlari tahliliga ko‘ra, hokimlik ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari, jumladan, maktab, bolalar bog‘chasi va shifoxonalarni ta’mirlashga belgilanganidan kam mablag‘ ajratgan. Shu bilan birga, obodonlashtirish, qurilish va «boshqa xarajatlar» miqdori keskin oshgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting