Qazish bosqichida kuchmas mulkka investitsiya kiritish o‘zini qanchalik tez qoplaydi
8 noyabr 2022, 11:00

Qazish bosqichida kuchmas mulkka investitsiya kiritish o‘zini qanchalik tez qoplaydi

Kompaniya NovaStroy Livingood mixed-use majmuasi misolida qazish bosqichida ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish haqida gapirib berdi.

Toshkentda Lexus bilan to‘qnashgan Captiva`da yong‘in kelib chiqdi
8 noyabr 2022, 10:04

Toshkentda Lexus bilan to‘qnashgan Captiva`da yong‘in kelib chiqdi

Yunusobod tumanida Lexus va Captiva to‘qnashdi. Oqibatda Captiva`da yong‘in sodir bo‘ldi. Jarohatlangan haydovchilar va yo‘lovchilar shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida Leningrad monumenti quriladi
8 noyabr 2022, 10:03

Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida Leningrad monumenti quriladi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov poytaxtdagi G‘alaba bog‘ida Leningrad monumentiga tamal toshi qo‘ydi. Ular, shuningdek, meva-sabzavot, to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berishni kengaytirish, migratsiya bo‘yicha hamkorlik masalasini ham muhokama qildi.

Prezident 65 ta korxonada ishlab chiqarish kamaygani va sanoat zonalaridagi muammolar haqida gapirdi
8 noyabr 2022, 09:42

Prezident 65 ta korxonada ishlab chiqarish kamaygani va sanoat zonalaridagi muammolar haqida gapirdi

Prezident 65 ta yirik korxonada ishlab chiqarish kamaygani, sanoat zonalari infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolar va qimmat xom ashyo uchun mutasaddilarni tanqid qildi. Xom ashyo importi hisobiga zaxira yaratish va Yevropaga sanoat eksportini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Banklar dollarning sotish va sotib olish kursini yangiladi
8 noyabr 2022, 09:36

Banklar dollarning sotish va sotib olish kursini yangiladi

O‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 171,04 so‘m etib belgilandi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha takliflarini yangiladi.

Toshkentda erkak 6 yoshli qizaloqqa tegajog‘lik qilishda ayblanmoqda
7 noyabr 2022, 22:34

Toshkentda erkak 6 yoshli qizaloqqa tegajog‘lik qilishda ayblanmoqda

Toshkentda sud 6 yoshli qizaloqqa tegajog‘lik qilishda ayblanayotgan erkakka nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqmoqda.

O‘zbekistondan qiymati $10 minggacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini olib chiqishga ruxsat beriladi
7 noyabr 2022, 22:01

O‘zbekistondan qiymati $10 minggacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini olib chiqishga ruxsat beriladi

Prezident zargarlik sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni ma’lum qildi: jismoniy shaxslarga qiymati $10 minggacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqishga ruxsat beriladi, xomashyo olib kirish va olib chiqish litsenziyasi bekor qilinadi va ular import bojlaridan ozod qilinadi.

Toshkent shahrining birinchi yarim yillikdagi budjeti qariyb 14 trln so‘mni tashkil etdi
7 noyabr 2022, 18:28

Toshkent shahrining birinchi yarim yillikdagi budjeti qariyb 14 trln so‘mni tashkil etdi

Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtning 1-yarim yillikdagi daromadlari 3,2 trln so‘mni tashkil etib, mahalliy budjetda prognozdan tashqari 412,5 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ qolgan. Tumanlar kesimida eng yuqori foyda Olmazor, Yunusobod va Yashnobodda qayd etilgan.

Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga oid ma’lumotlar maxsus portalga joylashtirib boriladi
7 noyabr 2022, 18:07

Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga oid ma’lumotlar maxsus portalga joylashtirib boriladi

2023 yil 1 yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan boshqaruv va nazorat organlarining tarkibi, bo‘sh o‘rinlarga oid ma’lumotlar o‘zgarish bo‘lgan vaqtdan 2 ish kunida majburiy tartibda cns.davaktiv.uz maxsus portalga joylashtiriladi.

YeCHL nimchorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi
7 noyabr 2022, 18:03

YeCHL nimchorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Chempionlar Ligasining 1/8 final bahslarida PSJ — Bavariya, Liverpul — Real Madrid, Chelsi — Borussiya Dortmund kabi jamoalar to‘qnash keladigan bo‘ldi.

Uzbekistan Airways keksa yoshdagilar uchun chegirma e’lon qildi
7 noyabr 2022, 17:24

Uzbekistan Airways keksa yoshdagilar uchun chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways kompaniyasi «Keksalar turizmi oyi» munosabat bilan keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun parvozlarda 25% chegirma e’lon qildi. Chegirma 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun 1 noyabrdan 30 noyabrigacha amal qiladi.

Jizzaxda ona va uning ikki o‘g‘li is gazidan zaharlanib vafot etdi
7 noyabr 2022, 17:03

Jizzaxda ona va uning ikki o‘g‘li is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jizzax viloyati Forish tumanida ona va uning 5 hamda 10 yoshli o‘g‘illari is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Jazoirning O‘zbekistondagi yangi elchisi o‘z faoliyatini boshladi
7 noyabr 2022, 16:41

Jazoirning O‘zbekistondagi yangi elchisi o‘z faoliyatini boshladi

Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Jazoirning yangi tayinlangan elchisi Bumedian Gennadning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Tomonlar Jazoir kompaniyalarining O‘zbekistonda avtomobilsozlik, neft-gaz sanoati, AKT va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarda ishtirokini muhokama qildi.

Toshkent aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir necha samolyotlar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
7 noyabr 2022, 16:41

Toshkent aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir necha samolyotlar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi

Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways`ning Moskva va Jidda parvozlari, shuningdek, Rossiyaning Azimut aviakompaniyasiga tegishli Mineralniye Vodi — Toshkent reysi muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi.

«Tinchlik xohlasangiz, urushga tayyorlaning». Deputat maktablarda o‘quv harbiy qurollari yetishmasligini tanqid qildi
7 noyabr 2022, 16:32

«Tinchlik xohlasangiz, urushga tayyorlaning». Deputat maktablarda o‘quv harbiy qurollari yetishmasligini tanqid qildi

Iqbol Mirzo maktablarning atigi 3 foizida qurollar borligini tanqid qilib, o‘quvchilarning chaqiruvgacha tayyorgarligiga e’tibor berish zarurligini aytdi. U «qo‘liga qurol ushlamagan bolada qanday qilib vatanparvarlik paydo bo‘ladi», deya savol berdi. Deputat safarbarlikdan qochgan rossiyaliklar haqida gapirdi.

Prezidentning shu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi
7 noyabr 2022, 15:33

Prezidentning shu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi

Shavkat Mirziyoyev bu hafta davomida Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlari bilan «ochiq muloqot» o‘tkazadi. Shuningdek, davlat rahbari 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘ladigan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida ishtirok etadi.

Seshanba kunidan havo soviy boshlaydi
7 noyabr 2022, 14:27

Seshanba kunidan havo soviy boshlaydi

O‘zbekistonda seshanba kunidan havo harorati pasaya boshlaydi, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Chorshanbadan boshlab tungi vaqtlarda harorat -2 darajagacha tushib ketadi. Hafta oxirida esa havo iliq bo‘lishi va me’yorga yaqinlashishi prognoz qilinmoqda.

«Faqatgina bitta davlat banki bo‘ladi». Jamshid Qo‘chqorov — 5 yildan keyingi O‘zbekiston haqida
7 noyabr 2022, 12:51

«Faqatgina bitta davlat banki bo‘ladi». Jamshid Qo‘chqorov — 5 yildan keyingi O‘zbekiston haqida

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov 5 yildan keyingi O‘zbekistonga ta’rif bera turib, bu vaqtda faqat bitta davlat banki qolishi, eski elektr stansiyalari yangilanishi, aholi jon boshiga YAIM $2800 bo‘lishini aytib o‘tdi. JB vakili Anna Berde esa sekin olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.

DXX terrorist sifatida gumonlangan farg‘onalik shaxsni O‘zbekistonga olib keldi
7 noyabr 2022, 12:16

DXX terrorist sifatida gumonlangan farg‘onalik shaxsni O‘zbekistonga olib keldi

Terrorist sifatida gumonlangan farg‘onalik erkak O‘zbekistonga olib kelindi. U 2019 yilda Suriyaga borib, «Tavhid va jihod katibasi» tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan. Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi
7 noyabr 2022, 12:07

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi

Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida 2023 yil 1 yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida ta’lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori bo‘lgan xorijiy OTM dasturiga ko‘ra shakllantiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting