O‘zbekiston 2023 yilda boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqa 1−14 may kunlari Humo arena majmuasida o‘tkaziladi. Sovrin jamg‘armasi $5,2 mln bo‘lgan dunyo birinchiligida oltin medal sohiblari 200 ming, finalchilar 100 ming va bronza medali egalari 50 ming dollarga ega bo‘ladi.
Kompaniya NovaStroy Livingood mixed-use majmuasi misolida qazish bosqichida ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish haqida gapirib berdi.
Yunusobod tumanida Lexus va Captiva to‘qnashdi. Oqibatda Captiva`da yong‘in sodir bo‘ldi. Jarohatlangan haydovchilar va yo‘lovchilar shifoxonaga yotqizildi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov poytaxtdagi G‘alaba bog‘ida Leningrad monumentiga tamal toshi qo‘ydi. Ular, shuningdek, meva-sabzavot, to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berishni kengaytirish, migratsiya bo‘yicha hamkorlik masalasini ham muhokama qildi.
Prezident 65 ta yirik korxonada ishlab chiqarish kamaygani, sanoat zonalari infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolar va qimmat xom ashyo uchun mutasaddilarni tanqid qildi. Xom ashyo importi hisobiga zaxira yaratish va Yevropaga sanoat eksportini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
O‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 171,04 so‘m etib belgilandi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha takliflarini yangiladi.
Toshkentda sud 6 yoshli qizaloqqa tegajog‘lik qilishda ayblanayotgan erkakka nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqmoqda.
Prezident zargarlik sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni ma’lum qildi: jismoniy shaxslarga qiymati $10 minggacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqishga ruxsat beriladi, xomashyo olib kirish va olib chiqish litsenziyasi bekor qilinadi va ular import bojlaridan ozod qilinadi.
Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtning 1-yarim yillikdagi daromadlari 3,2 trln so‘mni tashkil etib, mahalliy budjetda prognozdan tashqari 412,5 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ qolgan. Tumanlar kesimida eng yuqori foyda Olmazor, Yunusobod va Yashnobodda qayd etilgan.
2023 yil 1 yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan boshqaruv va nazorat organlarining tarkibi, bo‘sh o‘rinlarga oid ma’lumotlar o‘zgarish bo‘lgan vaqtdan 2 ish kunida majburiy tartibda cns.davaktiv.uz maxsus portalga joylashtiriladi.
Chempionlar Ligasining 1/8 final bahslarida PSJ — Bavariya, Liverpul — Real Madrid, Chelsi — Borussiya Dortmund kabi jamoalar to‘qnash keladigan bo‘ldi.
Uzbekistan Airways kompaniyasi «Keksalar turizmi oyi» munosabat bilan keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun parvozlarda 25% chegirma e’lon qildi. Chegirma 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun 1 noyabrdan 30 noyabrigacha amal qiladi.
Jizzax viloyati Forish tumanida ona va uning 5 hamda 10 yoshli o‘g‘illari is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Jazoirning yangi tayinlangan elchisi Bumedian Gennadning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Tomonlar Jazoir kompaniyalarining O‘zbekistonda avtomobilsozlik, neft-gaz sanoati, AKT va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarda ishtirokini muhokama qildi.
Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways`ning Moskva va Jidda parvozlari, shuningdek, Rossiyaning Azimut aviakompaniyasiga tegishli Mineralniye Vodi — Toshkent reysi muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi.
Iqbol Mirzo maktablarning atigi 3 foizida qurollar borligini tanqid qilib, o‘quvchilarning chaqiruvgacha tayyorgarligiga e’tibor berish zarurligini aytdi. U «qo‘liga qurol ushlamagan bolada qanday qilib vatanparvarlik paydo bo‘ladi», deya savol berdi. Deputat safarbarlikdan qochgan rossiyaliklar haqida gapirdi.
Shavkat Mirziyoyev bu hafta davomida Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlari bilan «ochiq muloqot» o‘tkazadi. Shuningdek, davlat rahbari 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘ladigan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida ishtirok etadi.
O‘zbekistonda seshanba kunidan havo harorati pasaya boshlaydi, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Chorshanbadan boshlab tungi vaqtlarda harorat -2 darajagacha tushib ketadi. Hafta oxirida esa havo iliq bo‘lishi va me’yorga yaqinlashishi prognoz qilinmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov 5 yildan keyingi O‘zbekistonga ta’rif bera turib, bu vaqtda faqat bitta davlat banki qolishi, eski elektr stansiyalari yangilanishi, aholi jon boshiga YAIM $2800 bo‘lishini aytib o‘tdi. JB vakili Anna Berde esa sekin olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.
Terrorist sifatida gumonlangan farg‘onalik erkak O‘zbekistonga olib kelindi. U 2019 yilda Suriyaga borib, «Tavhid va jihod katibasi» tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan. Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting