Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga hamdardlik yo‘lladi
30 oktabr 2022, 14:20

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga hamdardlik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida sodir bo‘lgan tiqilinchda eng kamida 153 kishi halok bo‘lgani munosabati bilan Janubiy Koreya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. O‘zbekiston TIV hodisa sabab yana bir o‘zbekistonlik jarohat bilan shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 78-o‘rinni egalladi
30 oktabr 2022, 11:45

O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 78-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 140 ta davlat orasida 78-o‘rinni egalladi. Mamlakat umumiy ro‘yxatda Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarni ortda qoldirdi.

Urgutda katta tezlikda ketayotgan Lacetti 4 piyodani urib yubordi, 2 nafari halok bo‘ldi
30 oktabr 2022, 10:42

Urgutda katta tezlikda ketayotgan Lacetti 4 piyodani urib yubordi, 2 nafari halok bo‘ldi

Urgutda katta tezlikda harakatlanayotgan Lacetti yo‘lning qatnov qismida ketayotgan 4 piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan 2 nafari shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Seuldagi tiqilinch oqibatida 151 kishi halok bo‘ldi, ular orasida o‘zbekistonlik ham bor
30 oktabr 2022, 10:30

Seuldagi tiqilinch oqibatida 151 kishi halok bo‘ldi, ular orasida o‘zbekistonlik ham bor

Janubiy Koreya poytaxti Seul markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch oqibatida 151 kishi halok bo‘ldi, 82 nafari jarohatlandi. Halok bo‘lganlar orasida 19 nafar xorijlik, jumladan, kamida bir nafar o‘zbekistonlik ham borligi aniqlandi.

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi qabul qilindi
29 oktabr 2022, 18:28

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi qabul qilindi

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilindi. 1995 yildagi birinchi tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni taqiqlash, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaslik kabilar asosiy prinsip etib belgilandi. Davlat ehtiyojmand aholini ishga joylash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.

O‘zbekistonda kovid statistikasi yana ko‘tarila boshladi
29 oktabr 2022, 15:35

O‘zbekistonda kovid statistikasi yana ko‘tarila boshladi

O‘zbekistonda oktabr oyining o‘rtalarida ketma-ket 5 kun hech kimda koronavirus aniqlanmagandi. Biroq oy oxirlariga kelib, rasmiy statistikada jonlanish qayd etildi. Jumladan, 26 oktabrdan beri kunlik kovidga chalinganlar soni 20 nafardan oshib ketdi.

Bo‘stonliqdagi 11,4 gektar bog‘ni 550 000 dollarga sotishga urinishdi
29 oktabr 2022, 13:32

Bo‘stonliqdagi 11,4 gektar bog‘ni 550 000 dollarga sotishga urinishdi

Bo‘stonliq tumanida ikki shaxs vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan bog‘ning 11,4 gektar yerini boshqa bir fuqaroga 550 000 dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Ular kelishilgan puldan 50 ming dollarini Toshkent shahrida olishganda qo‘lga tushdi.

O‘zbekistonda atmosfera havosiga eng ko‘p avtomobillar zarar yetkazadi, bunda poytaxt yetakchi — Ekoqo‘mita
29 oktabr 2022, 11:53

O‘zbekistonda atmosfera havosiga eng ko‘p avtomobillar zarar yetkazadi, bunda poytaxt yetakchi — Ekoqo‘mita

O‘zbekistonda atmosferaga jami zararli tashlamalarning 58 foizi (1,4 mln tonna) avtotransportlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bunda Toshkent shahri yetakchi — 93% (397 ming tonna). Ekoqo‘mita transportlarning ekologik ta’sir me’yorlarini belgilash maqsadida milliy standart loyihasini ishlab chiqmoqda.

Nima tayyorlaymiz: Chizkeyklar
29 oktabr 2022, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Chizkeyklar

«San-Sebastyan» shokoladli chizkeyki, keks yoki olxo‘rili brauni-chizkeyk, anjirli, vanil-shokoladli chizkeyk — Zira.uz taomnomasini shirin chizkeyklar ro‘yxati bilan boyitishni uchun yangi retseptlarni taqdim etadi.

«O‘zagroeksportbank» hukumatning «yopiq» qarori bilan, tendersiz xususiylashtirilyaptimi?
29 oktabr 2022, 10:00

«O‘zagroeksportbank» hukumatning «yopiq» qarori bilan, tendersiz xususiylashtirilyaptimi?

«O‘zagroeksportbank»dagi davlat ulushi hukumatning «yopiq» qaroriga asosan tanlovsiz xususiy korxonaga o‘tkazilishi mumkin. Markaziy bank, Moliya vazirligi va Davaktiv vaziyatga izoh bermayapti. Davlat bankning muammoli kreditlarini yangi egasiga topshirishdan oldin ham hisobdan chiqarishi mumkin edi.

“Tojikistonni nazarda tutgandim”. Dmitriy Gordon — O‘zbekistonda Eron dronlarining “ishlab chiqarilishi” haqida
29 oktabr 2022, 08:44

“Tojikistonni nazarda tutgandim”. Dmitriy Gordon — O‘zbekistonda Eron dronlarining “ishlab chiqarilishi” haqida

Ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordon O‘zbekistonda Eron dronlari ishlab chiqarilayotgani haqidagi so‘nggi bayonotiga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aslida u Tojikistonni nazarda tutgan, “lekin mening tilim O‘zbekiston so‘zini aytdi”.

138 nafar hokim va o‘rinbosarlari, 1092 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan ham shug‘ullangan
28 oktabr 2022, 23:00

138 nafar hokim va o‘rinbosarlari, 1092 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan ham shug‘ullangan

Antikorrupsiya agentligi 1378 nafar davlat xizmatchisi, jumladan, 138 nafar hokim va o‘rinbosarlari, 1092 nafar hokim yordamchilari davlat ishi bilan birgalikda tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanib kelayotganini aniqladi. Tenderlarda amaldorlar va ularning yaqinlari g‘olib chiqqan holatlar ham qayd etildi

Markaziy Osiyo va Yevroittifoq davlatlari rahbarlari uchrashuvlarini muntazam o‘tkazishni rejalashtiryapmiz — Sharl Mishel
28 oktabr 2022, 22:37

Markaziy Osiyo va Yevroittifoq davlatlari rahbarlari uchrashuvlarini muntazam o‘tkazishni rejalashtiryapmiz — Sharl Mishel

Yevrokengash rahbari O‘zbekiston prezidenti bilan Rossiya va Ukraina urushi, uning Markaziy Osiyo va dunyo uchun oqibatlari, energetika inqirozi va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilganini aytdi. «YeIning yashirin kun tartibi yo‘q, biz tinchlik va xavfsizlikning asosiy tamoyillariga asoslanamiz», dedi u.

28 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 oktabr 2022, 22:00

28 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

35,8 mln kishiga yetgan O‘zbekiston aholisi, Umurzakovga issiqxonalar muammosini zudlik bilan hal qilishni buyurgan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbek-tojik chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punktlari tashkil etilishi, Qashqadaryoda avariya holatidagi 35 ta tarixiy obida va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Yil boshidan buyon 395 ming rossiyalik, ularning yarmidan ko‘prog‘i so‘nggi uch oyda, O‘zbekistonga keldi
28 oktabr 2022, 21:12

Yil boshidan buyon 395 ming rossiyalik, ularning yarmidan ko‘prog‘i so‘nggi uch oyda, O‘zbekistonga keldi

Joriy yilning 9 oyida 395 mingdan ortiq Rossiya fuqarosi O‘zbekistonga keldi, ularning 80,5 foizi ichki ishlar organlarida ro‘yxatga olingan. Ayni paytda, rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi so‘nggi uch oy ichida kirib kelgan.

Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha JCH yarim finaliga chiqdi
28 oktabr 2022, 20:31

Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha JCH yarim finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Fisher tasodifiy shaxmati bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. U islandiyalik grossmeysterni 4:0 hisobida, jahon chempionligiga nomzodni esa ikki marta mag‘lub etdi.

O‘zbekiston YeI bilan Transkaspiy yo‘lagi orqali savdoni ko‘paytirishga kelishib oldi
28 oktabr 2022, 19:41

O‘zbekiston YeI bilan Transkaspiy yo‘lagi orqali savdoni ko‘paytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Yevropa kengashi rahbarlari kengaytirilgan sheriklik borasidagi bitim tezroq imzolanishiga umid bildirdi. Ular inson huquqlari bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, Transkaspiy yo‘lagi orqali savdoni ko‘paytirishga kelishib oldi. Afg‘oniston tahdidlar manbaiga aylanmasligi kerakligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 1 noyabrdan 24/7 rejimida ishlashni boshlaydi
28 oktabr 2022, 18:39

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 1 noyabrdan 24/7 rejimida ishlashni boshlaydi

Milliy kutubxona 1 noyabrdan tunu-kun ishlay boshlaydi. Ushbu tartib kutubxonaning asosiy o‘qish zallariga joriy etilmaydi.

O‘zbek-tojik chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punktlari tashkil etiladi
28 oktabr 2022, 17:58

O‘zbek-tojik chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punktlari tashkil etiladi

O‘zbekiston va Tojikiston xalqaro ahamiyatga molik yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini ochadi. Xususan, tomonlar yaqin kelajakda «Bekobod» punkti faoliyatini yangilashga kelishib oldi.

Yangiyo‘lda yuk mashinasi piyodani urib ketdi
28 oktabr 2022, 17:37

Yangiyo‘lda yuk mashinasi piyodani urib ketdi

Toshkent viloyatida MAN yuk mashinasi orqaga harakatlanayotgan vaqtda piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting