Rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepin SSSRga tegishli bo‘lgan barcha hududlarni tiklash taklifi bilan chiqdi. U misol sifatida O‘zbekistonni qo‘shib olib, u yerda rus tilini o‘rgatish kerakligini aytdi. Jamoatchilik taklifni mustaqillikka tajovuz sifatida baholab, TIV rasmiy nota yuborishi kerakligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisini saylovdagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi. 10−12-dekabr kunlari o‘tkazilgan saylovlarda 89,6 foiz ovoz yig‘gan as-Sisi ketma-ket uchinchi muddatga Misr prezidenti etib saylandi.
2024-yilgi davlat budjetidan har bir yetim bolaga sotib olinadigan bir xonali kvartira uchun 137,5 mln so‘m ajratilishi belgilangan. Senator bu pulga hatto chekka hududlarda ham kvartira topish qiyinligini aytdi. Vazir Jamshid Qo‘shqorov bu masala ko‘rib chiqilib, o‘zgartirish kiritilishini ta’kidladi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov nega O‘zbekiston oktabr oyida Rossiyadan ham gaz import qilishni boshlaganiga izoh berdi. “Asosiy sabab — ortib borayotgan talab, o‘sib borayotgan iste’mol”, — dedi energetika vaziri. U, shuningdek, Rossiyadan gaz olib kelish uchun tayyor infrastruktura bo‘lganini qayd etdi.
Bojxona qo‘mitasi xodimi sug‘urta kompaniyasi bilan til biriktirib, 145 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumonlanib ushlandi. Qo‘mita raisining o‘rinbosari u oylab kuzatilgani va noyabr oxirida ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Jinoiy guruhning bir necha a’zolari chet elga qochib ketgani aytilmoqda.
Senatning 48-yalpi majlisida Elza Shamsutdinova va Baxodir Ergashev 10 yil muddatga, Anvar Elmuradov esa muddatsiz davrga Oliy sud sudyasi etib saylandi. 8 nafar sudya lavozimidan ozod etildi.
Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, daraxtlarni noqonuniy kesgan fuqarolar 8,5 million so‘mdan 25,5 million so‘mgacha, mansabdorlar esa 17 million so‘mdan 34 million so‘mgacha jarima yoki 15 sutkalik qamoq jazosi bilan jazolanadi. 1 tup daraxt kesgan shaxs uning o‘rniga 100 tup daraxt ekishi belgilanmoqda.
O‘zbekistondagi birinchi xususiy oliy o‘quv yurti bo‘lgan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori Janpolat Kudaybergenov 45 yoshida vafot etdi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov YouTube`dagi “O‘zi nima gap?” loyihasiga bergan intervyusida 2024-yildan energoresurslarga bo‘lgan ichki ehtiyojni 100 foiz qoplash vazifasi qo‘yilganini bildirdi. “Agar buni bajarolmasak, nafaqat men, balki tizimdagi barcha mas’ullar ishlashga noloyiqmiz”, — dedi u.
Uch qavatli ko‘p funksiyali savdo markazidagi chakana savdo maydoni tadbirkorlar va do‘kon egalari uchun ko‘chmas mulk sifatida va tijorat bilan shug‘ullanish uchun foydali sarmoyadir.
AQShga noqonuniy kirishga uringan 120 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vataniga qaytarildi. Fuqarolarning aksariyati Meksika orqali chegarani kesib o‘tishga harakat qilgan. “Ikki−uch yilda topganimizni 3 oyda berib keldik”, — deydi ulardan biri.
Fariddin Nasriyev O‘zbekistonning Erondagi elchisi bo‘ldi. U shu paytgacha Qozon shahridagi bosh konsullikni boshqarib kelayotgandi.
O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlaridir. Prezident barcha elektron to‘lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.
Qirg‘iziston parlamenti davlat bayrog‘ini o‘zgartirish haqidagi qonunni muhokamalarsiz qabul qildi. Rasmiylar bayroqdagi quyosh nurlari shaklini ba’zilar kungaboqarga o‘xshatgani sababli o‘zgartirmoqchi. Prezident bu uning tashabbusi ekanini tan olib, o‘zgarishlar uchun “ko‘p mablag‘ kerak emasligini” aytdi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 151-sonli Mercedes-Benz avtobusida yuqori bosimli havo quvurining yorilishi tufayli qisqa tutashuv, uning ortidan yong‘in yuz berdi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan, avtobus dvigateliga zarar yetgan.
Prezident IT sohasiga doir yig‘ilishda mahalla qo‘mitalari xodimlari planshet va kompyuterlar bilan ta’minlansa ham, raqamli yechimlardan to‘liq foydalanilmayotganini tanqid qildi. “Raqamli mahalla” tizimini ishga tushirish, “Xalq nazorati” platformasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Poytaxt IIBB tovlamachilik, bezorilik va giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotishda gumonlanayotgan yana besh nafar shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyevga ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish, IT-park hududida Angliya huquqini joriy etish, rezidentlar uchun soliq imtiyozlarini 2040-yilgacha uzaytirish, sun’iy intellekt asosida biometrik identifikatsiya qilish, elektr ta’minoti billingiga doir rejalar yuzasidan taqdimot qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z ehtiyojlari uchun hamda tibbiyot forumlariga tashrif buyuradigan mehmonlarga sovg‘a sifatida tender orqali 435 mln so‘mlik kundalik, bloknot, ruchka va boshqalarni xarid qildi. Tender bir korxonaning ta’sischilari o‘rtasida o‘tkazilgan.
Yunusobod tumanida Spark avtomashinasi fuqaroni urib yubordi. Oqibatda yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting