Ruminiyadagi prezident saylovining birinchi turida mustaqil nomzod yetakchilik qilmoqda
25 noyabr 2024, 11:49

Ruminiyadagi prezident saylovining birinchi turida mustaqil nomzod yetakchilik qilmoqda

Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi turida o‘ta o‘ng, YeI va NATOni tanqid qilgan mustaqil nomzod Kelin Jeorjesku kutilmaganda yetakchiga aylandi. Keyingi o‘rinni amaldagi bosh vazir Marchel Cholaku egalladi. Ikkinchi tur 8-dekabrga belgilangan.

Haftaning birinchi yarmi iliq, qolgani sovuq bo‘ladi
25 noyabr 2024, 11:40

Haftaning birinchi yarmi iliq, qolgani sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonning katta qismida haftaning birinchi yarmi iliq o‘tadi, harorat kunduzi +15…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Payshanba kunidan esa nam havo kirib kelishi boshlanadi va juma kuni +10 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ish mumkin.

“Barcha ijro organini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz” — prezident
25 noyabr 2024, 11:13

“Barcha ijro organini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz” — prezident

Shavkat Mirziyoyev barcha davlat ijro hokimiyati organlarini (vazirlik va idoralar) Yangi Toshkentga ko‘chirish rejalarini ma’lum qildi. “Tasavvur qiling, katta mashinalar kelmaydi, tirbandlik bo‘lmaydi, odamlar esa bundan faqat foyda ko‘radi”, — dedi u.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda biznes ombudsman xabardor etiladi
25 noyabr 2024, 10:06

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda biznes ombudsman xabardor etiladi

Prezident farmoni bilan qonunchilikka tadbirkorlar faoliyatini tekshirish jarayonida biznes ombudsmanni xabardor qilish talabi kiritilmoqda. Xavf darajasi past bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

Toshkentda Epica va Spark to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi
25 noyabr 2024, 09:56

Toshkentda Epica va Spark to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Epica va Spark avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. YHXB xabariga ko‘ra, Spark haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

O‘zbekistonda 25−30-noyabr va 1-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
25 noyabr 2024, 06:59

O‘zbekistonda 25−30-noyabr va 1-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekiston hafta boshida Turkmaniston issig‘i va Qozog‘iston sovug‘i orasida qolib ketadi. Janubda harorat +24 gacha ko‘tariladi, vodiy esa tumanlar hisobiga kunduzi ham sovuq bo‘ladi. Hafta oxiri Kaspiydan yog‘ingarchilik kelib, butun mamlakatda harorat pasayadi. Shu hafta ko‘p joylarga ilk qor tushishi mumkin.

IIV Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i va Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi
24 noyabr 2024, 18:14

IIV Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i va Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i Axrorjon Atxamov, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Tashxodjayev va IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Timur Sobirov lavozimidan ozod etildi.

COP29: iqlim o‘zgarishidan aziyat chekayotgan davlatlar uchun yiliga kamida 300 mlrd dollar ajratiladi
24 noyabr 2024, 16:45

COP29: iqlim o‘zgarishidan aziyat chekayotgan davlatlar uchun yiliga kamida 300 mlrd dollar ajratiladi

Bokuda o‘tgan COP29 iqlim sammitida rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashda yordam sifatida yiliga 300 mlrd dollar ajratishga kelishildi. Ammo qatnashchilarning ayrimlari tashabbusni tanqid qilib, bu miqdor muammo ko‘lami uchun yetarli emas, demoqda.

Shuxrat Xalmuxamedov mudofaa vaziri etib tayinlandi
24 noyabr 2024, 16:02

Shuxrat Xalmuxamedov mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuxrat Xalmuxamedov mudofaa vaziri etib tayinlandi. U bungacha vazirlik rahbarining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Talaba Yugur musobaqasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi
24 noyabr 2024, 13:00

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Talaba Yugur musobaqasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

2024-yil 22 va 23-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston” bog‘i Yangi Nafas umummilliy harakati doirasida tashkil etilgan keng ko‘lamli sport tadbiri — Talaba Yugur talabalar ommaviy yugurish musobaqasining yakuniy bosqichi markaziga aylandi.

Iordaniyadagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
24 noyabr 2024, 11:38

Iordaniyadagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi

Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Uch politsiyachi yaralandi, hujum qilgan shaxsning o‘zi o‘ldirildi. Hududda mahalliy aholining G‘azodagi harakatlarga qarshi norozilik namoyishlari tez-tez bo‘lib turadi.

Toshkentda uy-joy bozorida daromadlilik tushib bormoqda — MHTI
24 noyabr 2024, 10:18

Toshkentda uy-joy bozorida daromadlilik tushib bormoqda — MHTI

Toshkentda ko‘p qavatli uy-joy qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiya daromadliligi tushib bormoqda. Fevral oyida ko‘chmas mulkka investitsiyalarning rentabelligi o‘rtacha 32,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, oktabr oyida u 12,2 foizga tushdi, deya qayd etadi MHTI.

Toshkentda fotograf Yevgeniy Olevskiy xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
24 noyabr 2024, 09:08

Toshkentda fotograf Yevgeniy Olevskiy xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida fotograf Yevgeniy Olevskiy xotirasiga bag‘ishlangan “Men dunyoni shunday ko‘rdim” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishdan tabiat va odamlarni aks ettiruvchi 50 ta asar o‘rin olgan.

O‘zbekiston va Kuvayt savdo tartiblarini osonlashtirishga kelishib oldi
24 noyabr 2024, 08:52

O‘zbekiston va Kuvayt savdo tartiblarini osonlashtirishga kelishib oldi

Toshkentda O‘zbekiston va Kuvayt delegatsiyalari Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisini o‘tkazdi. Tomonlar savdo tartib-qoidalarini soddalashtirishga kelishib oldi va imtiyozli savdo bitimini imzolash imkoniyatlarini muhokama qildi.

Xitoyning CAMCЕ kompaniyasi Toshkentdagi 764 gektar maydonga ega maxsus sanoat zonasi boshqaruvini oladi
24 noyabr 2024, 08:38

Xitoyning CAMCЕ kompaniyasi Toshkentdagi 764 gektar maydonga ega maxsus sanoat zonasi boshqaruvini oladi

Prezident Yangihayot tumanida qurilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasiga bordi. Zonani boshqarish, investorlarni jalb qilish va infratuzilmani rivojlantirish Xitoyning CAMCE kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, JAC Motors zavodi va boshqa qator loyihalarni yo‘lga qo‘yish reja qilingan.

Abdusalom Azizov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi ixtiyoriga o‘tkazildi
23 noyabr 2024, 20:59

Abdusalom Azizov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi ixtiyoriga o‘tkazildi

Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan general-leytenant Bahodir Qurbonov prezident farmoni bilan O‘zbekiston DXX raisi etib tayinlandi. DXXning sobiq rahbari general-leytenant Abdusalom Azizov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashiga ixtiyoriga o‘tkazildi.

Bahodir Qurbonov O‘zbekiston DXXning yangi raisi etib tayinlandi
23 noyabr 2024, 19:24

Bahodir Qurbonov O‘zbekiston DXXning yangi raisi etib tayinlandi

Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi.

DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etildi
23 noyabr 2024, 19:14

DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov lavozimidan olindi. U 2019-yildan beri bu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi.

Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 noyabr 2024, 17:50

Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

Prezident qarori bilan nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinmoqda. Ulardagi rahbar va o‘qituvchilar malakasini oshirish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Prezident Toshkentda “yashil belbog‘” yaratish loyihasi doirasida daraxt ekdi (foto)
23 noyabr 2024, 14:40

Prezident Toshkentda “yashil belbog‘” yaratish loyihasi doirasida daraxt ekdi (foto)

Prezident Toshkent atrofida “yashil belbog‘” barpo etish loyihasi doirasida daraxt o‘tqazdi. Yangi bog‘ poytaxt halqa yo‘li bo‘ylab yaratilmoqda. Tadbirda hukumat a’zolari, jamoatchilik vakillari va chet ellik diplomatlar ishtirok etdi. Ayni paytda boshqa hududlarda ham shunday bog‘lar barpo etilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting