Oktabr oyida O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin eksport qildi
21 noyabr 2024, 15:56

Oktabr oyida O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin eksport qildi

O‘zbekiston oktabr oyida 833,4 million dollarlik oltin sotdi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metall eksporti hajmi $6,6 mlrddan oshdi. 10 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $54,36 milliardni tashkil etdi.

Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi
21 noyabr 2024, 15:36

Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi

Davaktiv International mehmonxonasi xususiylashtirilganini ma’lum qildi. Uni 26 mln dollar evaziga Smart Fast Stroy qurilish kompaniyasi sotib oldi.

“Bizning ikki tayanch ustunimiz bor: iqtisodiyot va ma’naviyat” — prezident
21 noyabr 2024, 15:31

“Bizning ikki tayanch ustunimiz bor: iqtisodiyot va ma’naviyat” — prezident

Prezident yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. “Bizning ikkita o‘q tomirimiz, tayanch ustunimiz bor: iqtisodiyot va ma’naviyat. Ma’naviy buyuk xalq — iqtisodiy tomondan ham buyuk bo‘ladi”, — dedi u. Mirziyoyev so‘z erkinligini ta’minlash borasidagi ishlar davom etishini ham aytdi.

2025-yilda ilk bor Toshkentda M360 Yevroosiyo sammiti o‘tkaziladi
21 noyabr 2024, 15:09

2025-yilda ilk bor Toshkentda M360 Yevroosiyo sammiti o‘tkaziladi

M360 Yevroosiyo sammiti ilk bor 2025-yilning 20−21-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu telekommunikatsiya va raqamli texnologiyalarga bag‘ishlangan yirik mintaqaviy tadbirlardan biridir. Hamkorlar Raqamli texnologiyalar vazirligi va Beeline Uzbekistan bo‘ladi.

“O‘zbekiston shu darajaga kelishida sizning beqiyos xizmatingiz bor”. Alisher Qodirov — prezident haqida
21 noyabr 2024, 15:04

“O‘zbekiston shu darajaga kelishida sizning beqiyos xizmatingiz bor”. Alisher Qodirov — prezident haqida

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov O‘zbekiston shu darajaga kelishida Shavkat Mirziyoyevning beqiyos o‘rni borligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident siyosiy irodasi bilan O‘zbekiston dunyo miqyosida ishonchli hamkor sifatida tanilgan.

AQSh O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21 noyabr 2024, 14:48

AQSh O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi

AQSh O‘zbekiston O‘simliklarni himoya qilish va karantini agentligiga 205 ming dollarlik laboratoriya jihozlarini topshirdi. Ular o‘simliklarning salomatligini tahlil qilish va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.

Prezident 2025-yil nega “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot” yili deb nomlanganiga izoh berdi
21 noyabr 2024, 14:25

Prezident 2025-yil nega “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot” yili deb nomlanganiga izoh berdi

Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb nomlanishiga izoh berdi. “Yilni shunga bag‘ishlab, qonunlarni charxlab, ishlarni saranjom qilib olamiz. Har bir qaror, farmonni yashillikka olib borsak, yaxshi bo‘ladi”, dedi u.

O‘zbekistonda gaz nazorati va to‘lovi uchun ilova ishga tushirildi
21 noyabr 2024, 13:13

O‘zbekistonda gaz nazorati va to‘lovi uchun ilova ishga tushirildi

“Hududgazta’minot” kompaniyasi gaz hisobi va to‘lovi uchun Hudud Gaz Ta’minot ilovasini taqdim etdi. Xizmat yordamida foydalanuvchilar gaz sarfini kuzatish, hisobni to‘ldirish va tabiiy va suyultirilgan gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Ilova test rejimida ishlaydi.

O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
21 noyabr 2024, 12:15

O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi

O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov mamlakatning Kubadagi birinchi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Davlatlar diplomatik munosabatlarni 2006-yilda o‘rnatgan.

AQSh Ukrainaning 4,65 mlrd dollarlik qarzidan kechmoqchi
21 noyabr 2024, 11:32

AQSh Ukrainaning 4,65 mlrd dollarlik qarzidan kechmoqchi

Bayden ma’muriyati Ukrainaning 4,65 mlrd dollarlik qarzini hisobdan chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu Tramp lavozimga kirishgunga qadar “Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan qadamlarning oxirgisi” bo‘ladi, deb yozdi Bloomberg. Reja respublikachilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Raqobat qo‘mitasi internetdagi foydalanuvchilarni chalg‘itadigan mahsulotlar reklamasidan ogohlantirdi
21 noyabr 2024, 11:16

Raqobat qo‘mitasi internetdagi foydalanuvchilarni chalg‘itadigan mahsulotlar reklamasidan ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi internetda og‘ir kasalliklarni samarali davolaydi deya targ‘ib qilinadigan biologik faol qo‘shimchalar, malham, damlama, suv reklamalarining noto‘g‘ri talqinidan ogohlantirdi. Tashkilot reklamaga ishonib olgan mahsulotining foydasini sezmagan fuqarolardan murojaatlar tushayotganini ham eslatdi.

Toshkent viloyatida 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
21 noyabr 2024, 11:11

Toshkent viloyatida 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi issiqxona egasi uch yil davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 14 mlrd so‘mdan ko‘proq zarar yetkazdi.

Qimmat sotilgan dorilar sababli iste’molchilarga 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi
21 noyabr 2024, 01:06

Qimmat sotilgan dorilar sababli iste’molchilarga 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi

Raqobat qo‘mitasi mamlakatdagi 878 ta dorixonada dori vositalarining narxi oshirilganini aniqladi. Joriy yilda 100 mingdan ortiq holatda xaridorlardan 7 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ asossiz olingan.

Prezident Samarqand viloyatini iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bilan tanishdi
21 noyabr 2024, 00:55

Prezident Samarqand viloyatini iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalar bilan tanishdi. 2025-yilda 1,8 mlrd dollar investitsiya jalb qilish orqali 20 ming ish o‘rni yaratish, zaxiradagi yerlarda sanoat zonalari tashkil etish, yaylovlarni turistik hududga aylantirish — shular jumlasidan.

Sirdaryoda 5 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan sex aniqlandi
20 noyabr 2024, 21:07

Sirdaryoda 5 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan sex aniqlandi

Sirdaryoning Yangiyer shahrida ishlab chiqarish sexi mas’ullari tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 5 mlrd 25 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Nyu Yorkda 22 yil ichida ilk bor qurg‘oqchilik haqida ogohlantirish e’lon qilindi
20 noyabr 2024, 20:09

Nyu Yorkda 22 yil ichida ilk bor qurg‘oqchilik haqida ogohlantirish e’lon qilindi

AQShning Nyu York shahrida 22 yil ichida birinchi marta qurg‘oqchilik haqida ogohlantirish e’lon qilindi, shahar hukumati aholi va korxonalarni suvni ko‘ngilli ravishda tejashga chaqirdi.

Toshkentda GES yaqinidagi suvdan bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi topildi
20 noyabr 2024, 19:58

Toshkentda GES yaqinidagi suvdan bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi topildi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 11-noyabr kuni g‘oyib bo‘lgan 24 yoshli yigitning jasadi topildi. Uning jasadi 12-noyabrda Anhor kanalida erkak cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushganidan so‘ng, 4-GES yaqinidagi suvdan aniqlandi.

“Har bir qonunda xalqqa hurmat namoyon bo‘lishi kerak” — prezident
20 noyabr 2024, 19:31

“Har bir qonunda xalqqa hurmat namoyon bo‘lishi kerak” — prezident

Prezident qonunosti hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda har doim ham qonun talablariga rioya etilmayotganidan noroziligini bildirdi. 2018-yilda barcha hujjatlar loyihalarini majburiy jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish talabi kiritilgandi, ammo 2022-yil mart oyida bu talab o‘zgartirilgan.

AQSh Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar jo‘natishni ma’qulladi
20 noyabr 2024, 18:42

AQSh Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar jo‘natishni ma’qulladi

AQShda Donetsk viloyatida rus qo‘shinlarining oldinga siljishini to‘xtatish va Kiyev mudofaasini mustahkamlash uchun Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berishga ruxsat berildi.

“Parlament va hukumat o‘rtasidagi munosabat konstruktiv muloqotga asoslanishi zarur” — prezident
20 noyabr 2024, 18:15

“Parlament va hukumat o‘rtasidagi munosabat konstruktiv muloqotga asoslanishi zarur” — prezident

Prezident vazirlik va idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlariga parlament quyi palatasi qo‘mitalari bilan hamkorlik qilish mas’uliyatini yuklashni taklif qildi. Shuningdek, u parlament va hukumat o‘rtasidagi munosabatlar qarama-qarshilikka emas, balki konstruktiv muloqotga asoslanishi zarurligini eslatdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting