Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliyev yirik miqdorda — $110 ming pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi, deb xabar berdi mamlakat IIV. Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi mazkur ish yuzasidan keng qamrovli tergov o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Pokistondagi kuchli suv toshqini jabrlanuvchilarga vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan turar-joy modullari bo‘lgan samolyot Termizdan Karachiga uchdi. Yordam O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan yuborildi.
AQSh davlat kotibi yordamchisi vazifasini bajaruvchi, Davlat departamentining Xalqaro jamoatchilik bilan aloqalar byurosi rahbari Elizabet Tryudo 3−6 oktabr kunlari O‘zbekistonga keladi. U rasmiylar va nodavlat tashkilotlar vakillari bilan uchrashadi.
Markaziy bank dollar kursini pastlab, 10 999,78 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Hukumat qarori bilan 1 noyabrdan 1 iyulgacha nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi. Shuningdek, tug‘ilganlikni shifoxona orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etish tartibi 1 yanvardan Toshkentda, 1 iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.
Chimkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmati rahbarlari uchrashdi. Unda bojxona chegaralari orqali tranzit tarzda harakatlanayotgan tovar va transpor vositalari haqida oldindan axborot almashish tizimini 15-dekabrdan boshlab ishga tushirishga kelishib olindi.
Shavkat Mirziyoyev transport sohasidagi islohotlarni jadallashtirishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazdi. «Agar biz transport va logistikani yangi bosqichga olib chiqmasak, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlay olmaymiz», — dedi u.
Senat Kengashining reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha majlisida 2021 yilda 7214 ta go‘dak vafot etgani ma’lum qilindi. Bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha qator kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.
Samarqandda fuqaro 5 tup eldor qarag‘ayi daraxtini noqonuniy kesib ketgani aniqlandi. Ekologiya qo‘mitasi buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 86,4 mln so‘m miqdorda zarar yetganini ma’lum qildi. Hozirda hujjatlar sud organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
Chirchiq daryosida baliqlarning ommaviy nobud bo‘lgani aytilgan video e’lon qilindi. Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Baliqlar Yangiyo‘l tumanidagi baliqchilik xo‘jaligida nobud bo‘lgani va Chirchiq daryosiga oqizib yuborilgani aniqlandi.
Hukumat qarori bilan Qo‘ng‘irot tumanida umumiy maydoni 280 ming gektar bo‘lgan “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etiladi. Qo‘riqxona Davlat ekologiya qo‘mitasi tuzilmasiga kiradi.
Rossiyaning Yevropaga gaz yetkazib beradigan quvuri — «Shimoliy oqim»ning ikkala tarmog‘ida birdaniga uchta joydan gaz sizib chiqqan. Daniya, Shvetsiya va Polsha hukumatlari bunga oldindan o‘ylangan harakatlar natijasi hisoblangan portlashlar sabab bo‘lgan degan fikrda.
«Prezident komandasini obro‘sizlantirishga olib kelgan» hokimlarni ishdan olgan Sardor Umurzakov, O‘zbekistondagi OTM va litseylar reytingi, Farg‘onada fuqaroni bo‘g‘ib, kaltaklagan IIO xodimlari, Qarshida kanaldan topilgan yosh bolaning jasadi, yangi tayinlovlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Din ishlari qo‘mitasi va Musulmonlar idorasi rahbarlari bilan uchrashuvda haj va umra xizmati sifatini oshirish, ziyorat narxini arzonlashtirish muhokama etildi.
Surxondaryoning Denov tumanidagi maktab hovlisida 3-sinfda o‘qiydigan qiz o‘lik holda topildi. Prokuratura tomonidan «Odam o‘limiga sabab bo‘lgan xavf ostida qoldirish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tashkent Dance Fest doirasida Milliy bog‘da raqs musobaqalari o‘tkazilmoqda. G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
«Yuksalish» umummiliy harakati 2022 yilgi davlat dasturidagi 7 ta band bo‘yicha vazifalar o‘z vaqtida bajarilmaganini ma’lum qildi. Hududiy dasturlar bo‘yicha eng ko‘p Jizzax va Qashqadaryoda vazifalar belgilangan muddatda amalga oshirilmagani aniqlandi.
Sanoat Energetika Guruhi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilishga 400 mln dollar investitsiya kiritadi. Modernizatsiyadan so‘ng FNQIZ neft va gaz kondensatini qayta ishlash hajmini 2 baravarga oshirib, Yevro-5 benzini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
Mahalliy Markaziy saylov komissiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari, shuningdek, Zaporoje va Xerson viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlarda aholi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz bergan. Bunga xalqaro hamjamiyat qanday munosabat bildirmoqda?
Tarmoqlarda Farg‘onadagi IIO xodimlari bir fuqaroni bo‘g‘ib, kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi. IIV holat bir yil avval sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Voqea yuzasidan jinoyat ishi viloyat sudi tomonidan ko‘rilib, xodimlar harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilgan va oqlov hukmi chiqarilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting