Shofirkon tibbiyot birlashmasida 1,2 mlrd so‘mlik kamomad aniqlandi
4 mart 2022, 17:39

Shofirkon tibbiyot birlashmasida 1,2 mlrd so‘mlik kamomad aniqlandi

Antikorrupsiya agentligi Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi faoliyatida 1,2 mlrd so‘mdan ko‘proq moliyaviy xato va kamchiliklarni aniqladi. Birlashmada aslida ishlamagan xodimlar uchun oylik ish haqlari to‘langani, tibbiyot texnikalari qimmat narxda sotib olingani, pullik tibbiy xizmatdan tushgan mablag‘lar maqsadsiz sarflangani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dollarning rasmiy kursi 10 900 so‘mdan oshdi
4 mart 2022, 16:57

Dollarning rasmiy kursi 10 900 so‘mdan oshdi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 10,18 so‘mga ko‘tarilib, 10 910,43 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, rubl kursi ham ko‘tarildi. Yevro kursi esa pasaydi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi
4 mart 2022, 16:52

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonda 5−9 mart kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi tufayli 9 ta viloyatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet aholi va haydovchilardan ehtiyot choralariga amal qilishni so‘ramoqda.

Rossiya Qurolli kuchlari haqida soxta xabarlar tarqatganlik uchun qamoq jazosi belgilanmoqda
4 mart 2022, 16:40

Rossiya Qurolli kuchlari haqida soxta xabarlar tarqatganlik uchun qamoq jazosi belgilanmoqda

RF Davlat dumasi mamlakat Qurolli kuchlari harakatlari haqida soxta ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. «Feyk» ma’lumotlarni tarqatganlar 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida Rossiyada mahalliy OAVlari yopilyapti, xorijiy yangiliklar nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoniyati kamayib bormoqda.

3-mart kuni o‘zbekistonliklar 60 mln rubl sotib oldi
4 mart 2022, 16:20

3-mart kuni o‘zbekistonliklar 60 mln rubl sotib oldi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni jismoniy shaxslar banklardan 60 mln rubl xarid qilgan bo‘lsa, qariyb 5,5 mln Rossiya valyutasini sotgan. Iqtisodchi Otabek Bakirov bu holatni “Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi mojaroga qadar rublda import shartnomasi tuzganlar tezroq eski narxlarda to‘lovini amalga oshirish manfaatiga egaligi” bilan izohladi.

«Vatan tayanchi» otryadiga a’zo o‘quvchilarga OTMga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi
4 mart 2022, 15:33 2

«Vatan tayanchi» otryadiga a’zo o‘quvchilarga OTMga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi

Prezident qarori bilan Mudofaa vazirligi huzurida «Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati, maktablarda esa uning otryadlari tashkil etiladi. Unga ihtiyoriy ravishda a’zo bo‘lgan 10−11-sinf o‘quvchilari orasidan bir nafariga OTMga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi. Bunda uning harakat faoliyatidagi ishtiroki va maktabdagi baholari inobatga olinadi.

Alisher Usmonovning xoldingi «Kapitalbank» aksiyalari sotilganini e’lon qildi
4 mart 2022, 15:31

Alisher Usmonovning xoldingi «Kapitalbank» aksiyalari sotilganini e’lon qildi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning USM xoldingi O‘zbekistondagi «Kapitalbank» aksiyalarini sotilganini e’lon qildi. Xolding tarkibidagi «Telekominvest» (Rossiya) va FINANCE TCI (O‘zbekiston) kompaniyalari fevral oyida «Kapitalbank»dagi ulushini 61,54 foizga yetkazgan edi.

Endi tadbirkorlar o‘z tovarlarida ishlab chiqarilgan joy nomini ko‘rsatishi mumkin
4 mart 2022, 14:55

Endi tadbirkorlar o‘z tovarlarida ishlab chiqarilgan joy nomini ko‘rsatishi mumkin

Prezident «Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, tadbirkorlar o‘z tovarlarida ishlab chiqarilgan joy nomini ko‘rsatishi mumkin. Talabgorlar geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Intellektual mulk agentligiga murojaat qilishi lozim. Huquq 10 yil davomida amal qiladi, geografik ko‘rsatkichni boshqa davlatlarda ham ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

Yaponiyaga maxsus maqomda borgan ishchilar 5 yildan keyin oilasini ham olib ketishi mumkin
4 mart 2022, 13:06 7

Yaponiyaga maxsus maqomda borgan ishchilar 5 yildan keyin oilasini ham olib ketishi mumkin

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, yapon tilini bilish darajasi bo‘yicha test sinovlaridan va mutaxassisligi bo‘yicha amaliyot imtihonidan o‘tganlarga «maxsus malakali ishchilar» maqomi beriladi. Ular Yaponiyada 14 turdagi sohada 10 yilgacha ishlashi, 5 yildan so‘ng o‘z oilasini ham olib ketishi va o‘z biznesini boshlashi mumkin bo‘ladi. Ularga kamida 1800−2000 dollar maosh to‘lanadi.

Samarqandda $50 ming evaziga DXXga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda
4 mart 2022, 12:30

Samarqandda $50 ming evaziga DXXga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda

Samarqand viloyatida fuqaroni Davlat xavfsizlik xizmati idoralariga noqonuniy tarzda ishga kiritib qo‘yishga uringan shaxs 50 ming dollar olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Qolaversa, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ham ichki ishlar idoralari va Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishga va’da bergan shaxslar qo‘lga olindi.

Foto: Islomobodda Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon muzokaralar o‘tkazdi
4 mart 2022, 11:32

Foto: Islomobodda Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon muzokaralar o‘tkazdi

Payshanba kuni Islomobodda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani, ikki davlat vazirlari esa 10 ga yaqin hujjatni imzoladi. Qolaversa, Shavkat Mirziyoyev Imron Xonga Urducha-o‘zbekcha mushtarak so‘zlar lug‘atini sovg‘a qildi. «Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar» temir yo‘l mintaqalar qiyofasini butunlay o‘zgartirib yuborishini ta’kidlandi. Tashrifning birinchi kuni «Gazeta.uz» materialida.

AQSh Alisher Usmonov va rossiyalik boshqa tadbirkorlarga qarshi sanksiyalar joriy qildi
4 mart 2022, 11:04

AQSh Alisher Usmonov va rossiyalik boshqa tadbirkorlarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Rossiyalik siyosatchilar, tadbirkorlar va ularning oila a’zolari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari munosabati bilan AQShning yangi sanksiyalari ro‘yxatidan joy oldi. Ular orasida milliarder Alisher Usmonov ham bor. Uning mulki, jumladan super yaxtasi va samolyotidan foydalanishga taqiq qo‘yildi.

Ukrainadagi Zaporojye atom elektr stansiyasi o‘qqa tutildi
4 mart 2022, 10:46

Ukrainadagi Zaporojye atom elektr stansiyasi o‘qqa tutildi

Yevropadagi eng yirik Zaporojye AESi hududi Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutildi, atom elektr stansiyasi yaqinida yong‘in chiqdi. Stansiyaning asosiy jihozlariga zarar yetmagan. Ukraina prezidenti Yevropani “uyg‘onishga” chaqirdi. MAGATE mojaro tufayli yuzaga kelgan har qanday avariya jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

3−4 mart kunlari 720 nafar o‘zbekistonlik Ukrainadan evakuatsiya qilindi
4 mart 2022, 10:36

3−4 mart kunlari 720 nafar o‘zbekistonlik Ukrainadan evakuatsiya qilindi

3−4 mart kunlari Polshadagi Katovitse aeroporti orqali 720 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi. Shunday qilib, Ukrainadan vatanga qaytarilganlar soni 2579 nafarga yetdi. Yana 1500 nafarga yaqin o‘zbekitonliklar Polshada qolmoqda. «Ishontirib aytamizki, barcha fuqarolar mamlakatimizga qaytariladi», — deyiladi TIV xabarida.

BMT QBOK O‘zbekistonning fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholadi
4 mart 2022, 10:20

BMT QBOK O‘zbekistonning fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholadi

2021 yilda O‘zbekiston ro‘yxatga olingan 70 ming nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning 33 ming nafariga fuqarolikni berib, fuqarosizlikni qariyb ikki barobarga kamaytirdi. BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi ushbu sa’y-harakatlarni yuqori baholab, fuqarosizlikka chek qo‘yish tinchlik, xavfsizlik va majburiy ko‘chirilishlar oldini olishga xizmat qilishini ta’kidladi.

UNICEF Afg‘onistonga Termiz orqali $2,3 mlnlik gumanitar yordam yubordi
4 mart 2022, 10:13

UNICEF Afg‘onistonga Termiz orqali $2,3 mlnlik gumanitar yordam yubordi

UNICEF Surxondaryo viloyatidagi «Termez Cargo Centre» logistika markazidan og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan afg‘onistonlik oilalar uchun 16 ta yuk mashinasida 2,3 mln dollarlik insonparvarlik yordamini yubordi.

Ukraina va Rossiya gumanitar yo‘laklar haqida kelishib oldi
4 mart 2022, 07:08

Ukraina va Rossiya gumanitar yo‘laklar haqida kelishib oldi

Muzokaralarning ikkinchi raundi natijasida Ukraina va Rossiya tinch aholini evakuatsiya qilish va jangovar maydonlarga dori-darmonlarni yetkazib berish uchun gumanitar yo‘laklarni tashkil etishga, shuningdek, «gumanitar koridor sektorida ehtimoliy vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga» kelishib oldi.

3 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 mart 2022, 22:00

3 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Pokistonga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev, Ukrainadan evakuatsiya qilingan 1859 nafar o‘zbekistonlik, O‘zbekistonda 2050 yilda tabiiy gaz, ko‘mir va neftdan yoqilg‘i sifatida foydalanishdan voz kechishi, dam olish kunida kutilayotgan chang to‘zoni, yangi tahdid va xavflarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashgan O‘zbekiston va Qozog‘iston, sport vaziriga tayinlangan o‘rinbosarlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 3 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston banklari rubl sotib olish va sotishni boshladi
3 mart 2022, 18:14

O‘zbekiston banklari rubl sotib olish va sotishni boshladi

O‘zbekistonda banklar o‘zining valyuta ayirboshlash shoxobchalarida Rossiya rublini almashtirishni boshladi. Markaziy bank ularga valyuta kursini belgilashda sotib olish va sotish kurslari o‘rtasidagi “maqbul bo‘ladigan farq darajasini” saqlab qolishni tavsiya qildi.

Moldovaga o‘tgan o‘zbekistonliklar keyinroq qaytariladi — TIV
3 mart 2022, 17:27

Moldovaga o‘tgan o‘zbekistonliklar keyinroq qaytariladi — TIV

TIV rasmiy vakili Ukrainadan Moldovaga o‘tgan 200ga yaqin o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish masalasi keyinroq ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Hozirda Polsha orqali evakuatsiya qilish ustuvor ekanligi ta’kidlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting