Donald Tramp 27 yoshli Kerolayn Livittga Oq uy matbuot kotibi lavozimini berdi. U mazkur xizmat tarixidagi eng yosh rahbar bo‘ladi.
Soliq kodeksiga kiritilgan yangi qo‘shimchalarga ko‘ra endi barqarorlik reytingi bo‘yicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Shu toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash tekshiruvlar o‘tkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda probatsiya xizmatining katta inspektori va inspektoriga probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish vakolati berildi.
Batirbek Ubbiniyazov Bo‘zatov tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha Mo‘ynoq tumani hokimining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis Senatining 9 nafar a’zosini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Konstitutsiyaning 92-moddasiga ko‘ra, ushbu 9 nafar senator davlat va jamiyat faoliyatida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan tayinlanadi.
Asialuxe Travel turoperatori Yevropa va Osiyo uchrashadigan, Istanbul esa butun go‘zalligi bilan namoyon bo‘ladigan Bosfor bo‘ylab unutilmas sayohatlarni taklif etadi.
Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi O‘zbekistonda Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etmaslikka qaror qildi.
Maxtumquli ko‘chasining Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘prigi ostidan o‘tuvchi Toshkent tibbiyot akademiyasidan Ashxobod bog‘i tomon yo‘nalishdagi qismi 16-noyabr soat 22:00 dan 17-noyabr soat 08:00 gacha yopiladi.
Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov prezident huzuridagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha noyabr oyida sovuq tufayli aholi uchun ham, iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash uchun zaxiralar, jumladan, gaz omboridan gaz jalb qilinganini ma’lum qildi.
Yakkasaroy tumanida Malibu-2 qarama-qarshi yo‘nalishlar o‘rtasidagi temir ustunga urildi. YTH sabab haydovchi va yo‘lovchi jarohatlandi. Mirzo Ulug‘bek tumanida esa Cobalt yo‘l chetidagi daraxt bilan to‘qnashgan.
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida qurilish materiallari korxonasi gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 5 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
O‘zbekiston o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimiga neyrotarmoqlar va Python dasturlash tili asoslarini o‘rganish imkoniyati qo‘shildi. Informatika o‘qituvchilari uchun bepul kurslar Yandex mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.
Menemen, go‘shtdan tayyorlangan qatlama non, simitlar, “Shekerpere” pechenesi va turk oshxonasining boshqa retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Olaf Shols 2022-yil dekabrdan buyon ilk bor telefon orqali gaplashdi. Shols Putinni urushni to‘xtatishga va qo‘shinlarni olib chiqishga chaqirdi. Kansler suhbat haqida Ukraina prezidentini ogohlantirgan, Zelenskiy esa Sholsni muloqot qilmaslikka chaqirgan.
Fuqaroga ish bilan ta’minlashni va’da qilgan Toshkent xalqaro aeroporti xodimi 1500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Uzbekistan Airports kompaniyasi O‘zbekiston aeroportlarida ishga faqat elektron tizim orqali qabul qilinishini ma’lum qildi va odamlarni shubhali takliflardan qochishga chaqirdi.
Oktabr oxirida Isroilning Eronga hujumi Tehron yaqinidagi yadroviy qurol ishlab chiqish bo‘yicha maxfiy markazni vayron qildi va Eronning yadroviy tadqiqotlarni qayta boshlash borasidagi sa’y-harakatlariga “sezilarli darajada putur yetkazdi”, deb yozmoqda Axios.
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida avgust oyida opasini kaltaklab o‘ldirgan 16 yoshli bolaga hukm o‘qildi. Sud uni 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Kuz-qish mavsumida iste’molchilarga 21 mlrd kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Havo keskin sovigandagi rejalar va ijtimoiy muassasalarni energiya bilan uzluksiz ta’minlash choralari ishlab chiqilgan. Hududlarda gazni tejash imkoniyatlari amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda oxirgi 5 yilda narkojinoyatlar soni ikki barobarga ko‘paydi. NNQMM rahbari Ravshan Mamatovning aytishicha, ayniqsa sintetik giyohvandlik vositalari musodarasi 400 martaga ko‘paygan. “Bu illatning yoshlar o‘rtasida keng tarqalayotgani bizni tashvishga solmoqda”, — dedi u.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida sohaga daxldor xizmatlarning ish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting