14 ta tuman va shaharda elektr energiyasini sotuvchi xususiy kompaniyalar tashkil etiladi
24 iyun 2022, 08:43

14 ta tuman va shaharda elektr energiyasini sotuvchi xususiy kompaniyalar tashkil etiladi

O‘zbekistonda energetika bozorini boshqarishning yangi tizimi joriy etiladi, xususan, «O‘zbekiston MET» kompaniyasining elektr energiyasini yagona xarid qilish va magistral tarmoqlarni boshqarish vakolatlari xususiy korxonalarga o‘tkaziladi. Dastlab 14 ta tuman va shaharda xususiy kompaniyalar tashkil etiladi.

O‘zbekistonda «Stels-omikron» aniqlandi
23 iyun 2022, 23:46

O‘zbekistonda «Stels-omikron» aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus omikron-shtammining eng yuqumli deb aytilayotgan Stealth-Omicron BA.2 varianti aniqlandi. SES rahbari COVID-19 bilan kasallanish dinamikasida sezilarsiz o‘sish kuzatilgani, biroq vaksinatsiya va revaksinatsiya jarayonlarini tezlashtirish muhimligini qayd etdi.

23 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 iyun 2022, 22:04

23 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Tagiga dizel quyib ketilgan Toshkent daraxtlari, yopiq binolarda o‘tkazilishi kutilayotgan kirish imtihonlari, yig‘ilish vaqtida DXX hibsga olgan 8 nafar davlat xizmatchisi, soliq to‘lashdan qochish sxemalari, Plug and Play markazi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 23 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

MOQ raisi o‘rinbosari endi «Olimpik» futbol klubini boshqaradi
23 iyun 2022, 21:23

MOQ raisi o‘rinbosari endi «Olimpik» futbol klubini boshqaradi

MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov «Olimpik» futbol klubiga rahbar bo‘ldi. U bungacha «Lokomotiv»ni ham boshqargan.

XVJ iyun oxirigacha davlat xizmatchilarining daromadlari deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun tasdiqlanishini kutmoqda, ammo bu dargumon
23 iyun 2022, 21:19

XVJ iyun oxirigacha davlat xizmatchilarining daromadlari deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun tasdiqlanishini kutmoqda, ammo bu dargumon

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonun iyun oxirigacha tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Prezident farmonida tizimni 2022 yil 1 yanvardan joriy etish ko‘rsatmasi berilgan edi.

DSQ qurilishda soliq to‘lashdan qochish sxemalarini o‘rgandi
23 iyun 2022, 19:33

DSQ qurilishda soliq to‘lashdan qochish sxemalarini o‘rgandi

Xodimlarning real soni, bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmini yashirish, xarajatlarni sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatish — Soliq qo‘mitasi tomonidan Fiskal institutida qurilish sohasida soliq to‘lashdan qochishga urinish hamda boshqa sxemalar fosh etildi.

O‘zbekiston FIFA reytingida olti pog‘onaga yuqoriladi
23 iyun 2022, 18:58

O‘zbekiston FIFA reytingida olti pog‘onaga yuqoriladi

FIFAning iyun oyi uchun yangilangan reytingida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z o‘rnini olti pog‘onaga yaxshilab, 77-o‘ringa ko‘tarildi.

Toshkentda startaplarni qo‘llash uchun Plug and Play markazi ochiladi
23 iyun 2022, 17:33

Toshkentda startaplarni qo‘llash uchun Plug and Play markazi ochiladi

Toshkentda startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun Plug and Play markazi tashkil etiladi. AKT vaziri Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu markaz startaplarni saralab, ularni o‘sishiga yordam beradi, katta korporatsiyalar bilan bog‘laydi hamda venchur kapital sarmoyalarini jalb etishga ko‘maklashadi.

Xorazmda 40 sotix yerni $100 mingga olib berishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
23 iyun 2022, 16:45

Xorazmda 40 sotix yerni $100 mingga olib berishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

Gurlan tumanida ikki fuqaro tanishlari orqali 100 ming dollar evaziga 40 sotix yer maydonini omborxona qurish uchun olib berishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumondorlar oldindan 25 ming dollar va 65 mln so‘mni olganida ushlangan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Senatorlar Kinematografiya agentligi faoliyatini tanqid qildi
23 iyun 2022, 16:31

Senatorlar Kinematografiya agentligi faoliyatini tanqid qildi

Senatorlar Kinematografiya agentligi rahbari hisobotini tinglab, uning faoliyatini tanqid qildi. Aytilishicha, qaroqchilikka qarshi kurash va mualliflik huquqi himoyasida muammolar bor, Kinematografiya akademiyasi va hududiy kinoteatrlar tashkil etilmagan, «Kinematografiya to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqilmagan.

Pokiston, Eron va Qatar Afg‘onistonga gumanitar yordam yubordi
23 iyun 2022, 15:46

Pokiston, Eron va Qatar Afg‘onistonga gumanitar yordam yubordi

Afg‘onistonda chorshanba kuni sodir bo‘lgan kuchli zilziladan talofat ko‘rgan aholiga Pokiston, Eron va Qatardan gumanitar yordam yuklari yetib keldi. Shifoxonada jabrlanuvchilardan biri oilasining 19 nafar a’zosini yo‘qotganini so‘zlab berdi. Bundan tashqari, Paktikada suv toshqini ham kuzatildi.

Yuriy Shatunov vafot etdi
23 iyun 2022, 14:52

Yuriy Shatunov vafot etdi

“Laskoviy may” guruhining sobiq solisti, 48 yoshli rossiyalik qo‘shiqchi Yuriy Shatunov vafot etdi. Uning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Tug‘uruqxonaga $1400 evaziga ishga kiritib qo‘yishga uringan mansabdor qo‘lga tushdi
23 iyun 2022, 14:23

Tug‘uruqxonaga $1400 evaziga ishga kiritib qo‘yishga uringan mansabdor qo‘lga tushdi

RSHTTYOIM Samarqand filiali direktorining o‘rinbosari fuqaroni tug‘uruqxonaga hamshira lavozimiga ishga kiritib qo‘yishga uringanlikda gumonlanmoqda. U buning evaziga 1400 dollarni olgan vaqtida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda kadrlar bilan ishlash tizimi to‘liq raqamlashtiriladi
23 iyun 2022, 14:11

O‘zbekistonda kadrlar bilan ishlash tizimi to‘liq raqamlashtiriladi

Davlat tashkilotlarining shtat tuzilmalari, ish jadvali, kadrlar zaxirasi, mukofotlar, xizmat safarlari xarajatlari va boshqalardan iborat hrm.argos.uz platformasi yaratildi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi platforma yordamida kadrlar bilan ishlash tizimini to‘liq raqamlashtirishni ko‘zlamoqda.

Toshkentda daraxtlar tagiga dizel quyib, quritishga urinishdi
23 iyun 2022, 13:41

Toshkentda daraxtlar tagiga dizel quyib, quritishga urinishdi

Poytaxtning Katta Mirobod mahallasida taxminan 5 ta daraxtni sun’iy ravishda quritish uchun ularning tagiga dizel yoqilg‘isi quyilgani aniqlandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi holat yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Bu ishni shu yerda qurilish ishlarini olib borayotgan kompaniya qilgan bo‘lishi mumkin.

Termez Cargo Center`ga xalqaro xab maqomi berildi
23 iyun 2022, 13:05

Termez Cargo Center`ga xalqaro xab maqomi berildi

Prezident qarori bilan Termez Cargo Center`ga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika xabi maqomi berildi. Markazda endi barcha xizmatlar «bir darcha» tamoyili asosida ko‘rsatiladi, gumanitar yordamlar esa bojxona ko‘rigidan soddalashtirilgan tartibda o‘tkaziladi.

BMTTD va BMT YeIK «Yashil makon» loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi
23 iyun 2022, 12:45

BMTTD va BMT YeIK «Yashil makon» loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi

BMT Taraqqiyot dasturi va BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi O‘zbekistonda «Yashil makon» loyihasini amalga oshirishga qo‘shildi. Ular loyihani bosh-rejalashtirish va unga innovatsion moliyaviy yechimlarni joriy etishda yordam beradi.

Joriy yilda OTMga kirish imtihonlari yopiq binolarda o‘tkazilishi mumkin
23 iyun 2022, 11:58

Joriy yilda OTMga kirish imtihonlari yopiq binolarda o‘tkazilishi mumkin

Joriy yilda OTMga kirish uchun test sinovlari to‘liq yopiq binolarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deb ma’lum qildi DTM boshqarma boshlig‘i Javlon Nurmatov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlat komissiyasining yoki maxsus komissiyaning taklif va cheklovlariga bog‘liq.

Namanganda qalbaki 10 600 dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23 iyun 2022, 11:27

Namanganda qalbaki 10 600 dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Namanganda Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan qalbaki 10 600 dollar muomalaga kiritilishining oldi olindi. Mazkur mablag‘larni saqlab kelayotgan va kelgusida Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan ikki fuqaro qo‘lga olingani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini yaratishni rejalashtirmoqda
23 iyun 2022, 11:24

O‘zbekiston Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini yaratishni rejalashtirmoqda

«O‘zbekkosmos» agentligi Fransiyaning «Airbus DS GEO Intelligence» kompaniyasi bilan Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini yaratishni rejalashtirmoqda. Buning evaziga kompaniya sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini birgalikda sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting