Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi
15 iyun 2022, 11:54

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida olimpiada g‘oliblarini mag‘lub etib, finalga chiqdi. Oltin medallar uchun bahslarda o‘zbekistonlik qilichbozlar Janubiy Koreya atletlariga 38:35 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Qizaloq 10-qavatidan tushib ketgan uyning quruvchilari javobgarlikka tortiladi
15 iyun 2022, 11:46

Qizaloq 10-qavatidan tushib ketgan uyning quruvchilari javobgarlikka tortiladi

Samarqandda qizaloq 10-qavatidan tushib ketgan uyning loyihachi va quruvchilari javobgarlikka tortiladi. Balkondagi panjaraning pastki ochiq qismi loyihaga qaraganda kattaroq ekanligi aniqlandi. «Gazeta.uz» ko‘p qavatli uylarning kamchiliklari haqida yozgandi.

Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi
15 iyun 2022, 10:33

Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida sel kelish xavfidan ogohlantirdi. Aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.

Osiyo kubogi-2023 saralashi: O‘zbekiston Tailandni mag‘lub etdi
15 iyun 2022, 10:11

Osiyo kubogi-2023 saralashi: O‘zbekiston Tailandni mag‘lub etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi-2023 saralash turnirida Tailandni 2:0 hisobida mag‘lub etib, guruhni peshqadam sifatida yakunladi. Uchrashuvda Eldor Shomurodov ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan yana bir avtobus avariyaga uchradi
15 iyun 2022, 09:56

Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan yana bir avtobus avariyaga uchradi

Chorshanba kuni tongda Qozog‘istonning Jambil viloyatida yuk mashinasi ikkita yo‘lovchi avtobusi va bitta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi, oqibatda ularda yong‘in chiqdi. Natijada avtobusning birida bo‘lgan 31 nafar o‘zbekistonlikdan 3 nafari o‘rta darajada tan jarohati oldi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Toshkent tumanlari aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha baholandi
15 iyun 2022, 07:53

Toshkent tumanlari aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha baholandi

«Xalq nazorati» xizmati orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent tumanlari reytingi e’lon qilindi. «Gazeta.uz» ushbu xizmat ishlab chiquvchilaridan reyting qanday tuzilishi va u nima uchun kerakligi haqida so‘radi.

Futbol: O‘zbekiston U-23 Yaponiya bilan yarim finalda muxlislarsiz o‘ynaydi
15 iyun 2022, 01:15

Futbol: O‘zbekiston U-23 Yaponiya bilan yarim finalda muxlislarsiz o‘ynaydi

Osiyo futbol konfederatsiyasi Iroqqa qarshi uchrashuvda muxlislar tomonidan tosh otilgani sababli O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini jazoladi. Yaponiyaga qarshi yarim final o‘yiniga o‘zbekistonlik muxlislar qo‘yilmaydi, O‘FA esa katta jarima to‘laydi.

Rossiya va Tojikistonga poyezdlar qatnovi boshlanish sanalari ma’lum qilindi
14 iyun 2022, 22:48

Rossiya va Tojikistonga poyezdlar qatnovi boshlanish sanalari ma’lum qilindi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Tojikiston va Rossiyaga poyezdlar qatnovini boshlash sanalarini ma’lum qildi. 20 iyundan «Dushanbe — Toshkent — Dushanbe», 23 iyundan «Toshkent — Samara — Toshkent» yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

14 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 iyun 2022, 21:59

14 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Futbol uchrashuvida tosh otgani uchun hibsga olingan salkam 50 kishi, Konstitutsiyaga takliflar, Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan MTJ, birjada arzonlagan shakar narxi, Toshkentda tezyurar elektrichkalar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 14 iyundagi xabarlar dayjestida.

Andijon shahriga yangi hokim tasdiqlandi
14 iyun 2022, 21:38

Andijon shahriga yangi hokim tasdiqlandi

Gofurjon Abdurahmonov Andijon shahar hokimi etib tayinlandi. Shaharning avvalgi hokimi Bahrom Haydarov talon-tarojlik to‘g‘risidagi jinoyat ishi doirasida qo‘lga olingan edi.

Namangandagi «Yertikon» suv ombori ostidan suv sizib chiqayotganligi aniqlandi
14 iyun 2022, 19:43

Namangandagi «Yertikon» suv ombori ostidan suv sizib chiqayotganligi aniqlandi

FVV Namangandagi «Yertikon» suv ombori ostidan suv sizib chiqayotganini tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, 13 iyundan beri dambaning ikkita joyidan soniyasiga 5−10 litr suv oqib chiqmoqda. Shunga qaramasdan aholi va to‘g‘onga xavf yo‘qligi aytilmoqda. Ombor oldida tun-u kun kuzatuv posti tashkil etildi.

Voxid Ibodullayev Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
14 iyun 2022, 17:56

Voxid Ibodullayev Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Qurilish vazirligi Boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan Voxid Ibodullayev Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bundan tashqari, O‘ktam Pardayev Qashqadaryo viloyatining Kitob tumaniga hokim bo‘ldi.

O‘zbekiston bo‘ylab «sanitariya inqilobi» amalga oshiriladi
14 iyun 2022, 17:11

O‘zbekiston bo‘ylab «sanitariya inqilobi» amalga oshiriladi

2022−2023 yillarda O‘zbekistondagi barcha sayyohlik obyektlari, aeroportlar, vokzallar va avtostansiyalarda «sanitariya inqilobi» ni amalga oshirish, ularni zamonaviy hojatxonalar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Maxsus ishchi guruh sentabrgacha ushbu obyektlarda o‘rganishlar olib boradi.

Futbol uchrashuvida tosh otgani uchun salkam 50 kishi hibsga olindi
14 iyun 2022, 15:18

Futbol uchrashuvida tosh otgani uchun salkam 50 kishi hibsga olindi

Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston va Iroq yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi futbol bellashuvida tosh otgani uchun 47 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. 19 nafar muxlis ma’muriy javobgarlikka tortildi, 28 nafariga nisbatan esa tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mahalladagi davlat ko‘chmas mulkini auksionga chiqarish bilan hokim yordamchisi shug‘ullanishi mumkin
14 iyun 2022, 15:09

Mahalladagi davlat ko‘chmas mulkini auksionga chiqarish bilan hokim yordamchisi shug‘ullanishi mumkin

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2000 kv. metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulkini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri auksion savdolariga chiqarishni taklif etmoqda. Agentlik buyurtmani 3 ish kunida o‘rganib chiqadi, ma’qullangan taqdirda obyekt savdoga qo‘yiladi.

Axmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri bo‘ldi
14 iyun 2022, 14:27

Axmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri bo‘ldi

Respublika 6-sonli skolioz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Axmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Birjada shakar narxi 26,1 foizga arzonlashdi
14 iyun 2022, 14:09

Birjada shakar narxi 26,1 foizga arzonlashdi

Birjadagi uch savdo kuni yakunlari bo‘yicha shakarning o‘rtacha narxi 26,1 foizga — 1 kg uchun 10,7 ming so‘mgacha tushdi. Shu bilan birga, shakar zavodlari mazkur davrda taklif hajmini oshirmadi.

Qarshi davlat universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14 iyun 2022, 13:40

Qarshi davlat universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ikki nafar abituriyentni Qarshi davlat universitetiga 10 ming dollar evaziga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushbu pullarni olganida qo‘lga tushdi. Surxondaryoda esa Pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari 5 mln so‘m evaziga o‘qishga qabul qilishini aytib, 100 dollar olganida ushlandi.

Toshkentdan tezyurar elektrichkalar qatnovini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda
14 iyun 2022, 13:31

Toshkentdan tezyurar elektrichkalar qatnovini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda

Prezident Toshkentdan Xojikent, Bekobod va Angren yo‘nalishida zamonaviy tezyurar elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi. Davlat rahbari huzuridagi taqdimotda hozirgi poyezdlar parki eskirgani va yo‘lovchilar oqimiga bardosh bera olmasligi ta’kidlandi.

Qozog‘istondan 31 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi
14 iyun 2022, 12:43

Qozog‘istondan 31 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 51 nafar xorij fuqarosi dorivor kavraklarni yig‘ish bilan shug‘ullangani aniqlandi, ularning 31 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Sud qarori bilan ular migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting