O‘zbekistonning 9 viloyatiga sel kelish xavfi e’lon qilindi
13 may 2022, 09:45

O‘zbekistonning 9 viloyatiga sel kelish xavfi e’lon qilindi

Juma va shanba kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda bu do‘lga ham aylanishi mumkin. 9 viloyatga sel kelish xavfi bor. (Hududlar ro‘yxati)

Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni baholash uchun reyting joriy etiladi
12 may 2022, 23:44

Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni baholash uchun reyting joriy etiladi

O‘zbekiston maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni baholash maqsadida 1 sentabrdan «Namunali maktab» reytingi joriy qilinadi. Uning natijalari asosida maktablar «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi. Agar maktab «qizil» toifaga tushib qolsa, davlat organlari u yerda uchrashuv, motivatsion suhbat va master-klasslar, «Vatanparvarlik» darslari va poligonlarda ikki kunlik harbiy-dala mashg‘ulotlari, qolaversa, «Vatanga xizmat — oliy fazilat» mavzularida davra suhbatlarini o‘tkazadi.

12 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 may 2022, 22:00

12 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Farg‘onaga borgan prezident, inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingani, sel tufayli transport harakati to‘xtatilgan So‘x-Rishton yo‘li, tuman hokimi ustidan arz qilib, prezidentga murojaat yo‘llagan farg‘onalik fermer, Surxondaryodagi 5 ballik zilzila va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 12 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Toshkentda YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12 may 2022, 18:11

Toshkentda YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Bunyodkor shoh ko‘chasida haydovchi o‘z boshqaruvidagi Spark avtomashinasi bilan tezlikni oshirgani sababli ustunga borib urildi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi.

Hukumat aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar ajratadi
12 may 2022, 17:25

Hukumat aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar ajratadi

Hukumat qaroriga muvofiq, endi xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari qishloq xo‘jaligidagi shirkat xo‘jaligining ulushdori bo‘lish uchun subsidiya olishi mumkin. Shuningdek, ishsiz fuqarolar tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tsa, dastlabki 3 oyda bino va inshootlarning ijarasi qoplab beriladi. Qolaversa, issiqxona qurish, sug‘orish vositalari va ko‘chatlarni xarid qilish uchun 810 mingdan 8,1 mln so‘mgacha sudsidiya beriladi.

Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun «darhol» ariza berishga tayyor
12 may 2022, 16:44

Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun «darhol» ariza berishga tayyor

Finlyandiya prezidenti va bosh vaziri mamlakat NATOga a’zo bo‘lish uchun zudlik bilan ariza topshirishi kerakligi haqida qo‘shma bayonot berdi. Oxirgi so‘rovlarga ko‘ra, Finlyandiya fuqarolarining 76 foizi alyansga qo‘shilish tarafdori. Rossiya Ukrainaga bostirib kirguniga qadar bu ko‘rsatkich 25%ni tashkil etgan.

Surxondaryo viloyatida 5 ballik zilzila sodir bo‘ldi
12 may 2022, 15:47

Surxondaryo viloyatida 5 ballik zilzila sodir bo‘ldi

Payshanba kuni soat 15:27 da Surxondaryo viloyatida 5 ballik zilzila sodir bo‘ldi, epitsentr — Boysun tumani. Buning natijasida O‘zbekistonning o‘nlab hududlarida 2 balldan 5 ballgacha bo‘lgan yer silkinishlari kuzatildi.

Adirdagi 1000 gektarlik plantatsiya. Prezident Farg‘onaga tashrifini Oltiariqdan boshladi
12 may 2022, 15:34

Adirdagi 1000 gektarlik plantatsiya. Prezident Farg‘onaga tashrifini Oltiariqdan boshladi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifini Oltiariqda tashkil etilgan adirlikdagi ming gektarlik plantatsiyadan boshladi. Bu yerda 560 gektarda tokzor barpo etilgan, 300 gektarlik intensiv bog‘da esa olma, gilos, o‘rik ko‘chatlari ekilmoqda. «Bu bog‘ va tokzorlar aholiga xususiylashtirib beriladi», — dedi prezident.

O‘z fanidan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama to‘lanadi
12 may 2022, 15:19

O‘z fanidan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama to‘lanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, maktablarda xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga 50%, milliy test tizimida olingan sertifikatga ega o‘qituvchilarga 20% ustama to‘lanadi. Kutubxona hodimlarining oyligi esa 1,2 baravarga oshiriladi. Qolaversa, 1 sentabrdan «Namunali maktab» reytingi joriy etiladi.

Samarqanddagi YTHda uch kishi halok bo‘ldi
12 may 2022, 12:54

Samarqanddagi YTHda uch kishi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatida Nexia avtomobilining kanalga tushib ketishi oqibatida ikki nafar maktab o‘quvchisi va 29 yoshli erkak halok bo‘ldi. Haydovchi va yana bir yo‘lovchi tirik qolgan, haydovchi voqea joyidan yashiringan.

Inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
12 may 2022, 12:45

Inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Prezident inson a’zolari transplantatsiyasiga oid qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, inson a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish tibbiy xulosa asosida va bemorning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi. Murda a’zolarini olishga esa uning tiriklik chog‘idagi notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Qonun bilan shuningdek, inson a’zolarini va to‘qimalarini olish taqiqlangan holatlar ham belgilab berildi.

«Bundan ko‘ra uyimni yoqib yuborsa yaxshi edi». Farg‘onalik fermer tuman hokimi ustidan arz qilib, prezidentga murojaat yo‘lladi
12 may 2022, 12:14

«Bundan ko‘ra uyimni yoqib yuborsa yaxshi edi». Farg‘onalik fermer tuman hokimi ustidan arz qilib, prezidentga murojaat yo‘lladi

Prezidentning Farg‘onaga tashrifi arafasida fermer Iqboljon Meliboyev Buvayda tumani hokimi ustidan shikoyat qilib, videomurojaat yo‘lladi. Buni yoritgan farg‘onalik jurnalistga bosim o‘tkazilgani va ishdan bo‘shash haqida ariza so‘ralgani aytildi. Farg‘ona viloyati hokimligi vaziyatni o‘rganishni boshladi. Jamoatchilik faollari esa mazkur holatni keskin qoralab, «fermer va jurnalistdan qo‘llarni tortishni» talab qilmoqda.

Shimoliy Koreyada birinchi koronavirus infeksiyasi aniqlandi
12 may 2022, 11:54

Shimoliy Koreyada birinchi koronavirus infeksiyasi aniqlandi

2020 yilda boshlangan pandemiya davridan buyon Shimoliy Koreyada koronavirusning birinchi holati aniqlandi. Mamlakatda chegara nazorati kuchaytirildi, shaharlarda lokdaunlar joriy etilmoqda.

Air Marakanda ish va xizmatlari narxlari xorijiy valyutaga bog‘lanishiga ruxsat berildi
12 may 2022, 11:51

Air Marakanda ish va xizmatlari narxlari xorijiy valyutaga bog‘lanishiga ruxsat berildi

Prezident farmoni bilan Samarqand aeroportini boshqaruvchi Air Marakanda kompaniyasiga ish va xizmatlar narxlari chet el valyutalariga bog‘lanishiga ruxsat berildi.

Kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida sug‘orish uchun suv olish limitlari tasdiqlandi
12 may 2022, 10:46

Kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida sug‘orish uchun suv olish limitlari tasdiqlandi

Hukumat kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida O‘zbekistonda sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqladi. Mamlakat bo‘yicha limit 28,2 mlrd kub metr suvni tashkil etadi, bu o‘tgan yili olingan suvning taxminan 94,5 foiziga teng.

So‘x-Rishton yo‘lida sel tufayli transport harakati to‘xtatildi
12 may 2022, 10:38

So‘x-Rishton yo‘lida sel tufayli transport harakati to‘xtatildi

So‘x-Rishton avtomobil yo‘liga sel natijasida loy va toshlar oqib kelgani sababli transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.

15 maydan Qozog‘istonga poyezdlar qatnovini tiklash rejalashtirilmoqda
12 may 2022, 09:45

15 maydan Qozog‘istonga poyezdlar qatnovini tiklash rejalashtirilmoqda

May oyining o‘rtalaridan «Nukus — Beyneu — Nukus» va «Olmaota — Toshkent — Olmaota» temir yo‘l qatnovlari qayta tiklanmoqda. Ularning yo‘lga qo‘yilishi oldinroq rejalashtirilgandi, biroq Qozog‘istondagi karantin cheklovlari tufayli keyinga qoldirilgandi.

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga boradi
12 may 2022, 09:41

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan 12−13 may kunlari Farg‘onaga boradi. Tashrif davomida mahallalardagi bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirish, yig‘ilish o‘tkazish hamda korxonalar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

«O‘zbekneftgaz» raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
12 may 2022, 09:24

«O‘zbekneftgaz» raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasida raisning transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, qurilish va transport hamda iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimga tayinlandi.

11 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 may 2022, 22:00

11 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

1 iyundan g‘allani sotib olish va sotishda bozor narxlariga o‘tilayotgani, Surxondaryodagi seldan keyin topilgan ikki kishining jasadi, suv toshqinlaridan himoyalanishni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan prezident, noqonuniy qurilish bo‘yicha onlayn murojaat yuborish imkoni, masofaviy to‘lovlar uchun ham keshbek qaytarilishi, kasallikdan vafot etgan Angren shahar hokimi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 11 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting