2022 yil boshidan beri O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘paya boshladi. Xususan yanvar oyida 23 ta yangi kompaniya tashkil etilgan bo‘lsa, aprelning o‘zida ularning soni 103 taga oshgan, shundan 45 tasi AKT yo‘nalishidagi kompaniya hisoblanadi.
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida bir nechta fuqaro bankomat orqali qalbaki 2 ming dollarni so‘mga almashtirib olganlikda gumonlanmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
UEFA 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab yangicha ko‘rinishda o‘tkaziladigan klub musobaqalari formati va saralash sxemasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Chempionlar ligasida ishtirokchilar soni 32 tadan 36 taga oshiriladi. Shuningdek, guruh bosqichi o‘rniga 36 ta klubdan iborat yagona liga tashkil etiladi.
O‘zbekiston Karib dengizi havzasining yana bir davlati — Sent-Vinsent va Grenadin orollari bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi.
BMT Bosh Assambleyasi aprel oyida Rossiya tomonidan bo‘shatilgan Inson huquqlari kengashidagi o‘ringa Chexiyani sayladi.
Birinchi chorakda o‘zbekistonliklar xorijiy valyutadagi omonatlarga 2,2 trln so‘m ekvivalentidagi mablag‘larni yo‘naltirdi. Ularning aksariyati mart oyiga to‘g‘ri keladi. Markaziy bank xorijiy valyutadagi omonatlarga talab ortishi sabablarini tushuntirdi.
Toshkent viloyati Angren shahri hokimi Nuritdin Abdurahimov xastalikdan so‘ng 44 yoshida vafot etdi. U bu lavozimga yanvar oyida tayinlangan edi.
Angor tumanida tadbirkor 3,10 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi maydonida qurilish ishlari olib borgani aniqlandi. Bu orqali tadbirkor qishloq xo‘jaligi yeri foydalanishdan chiqishiga sabab bo‘lgani va davlat manfaatlariga 3,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aytilmoqda.
Paxtachi tumanida fuqaro boshqaruvidagi avtomobilda umumiy og‘irligi 1 kg bo‘lgan opiy giyohvand moddasi borligi aniqlandi. Fuqaro moddani Qoraqalpog‘istonga olib ketayotganini ma’lum qilgani aytilmoqda. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
DSQ endilikda masofaviy to‘lovlar uchun ham 1 foizlik keshbek to‘lanishini ma’lum qildi. To‘lov xizmatlari orqali to‘lov amalga oshirilganda QR-kodli chek hosil bo‘ladi va bu Soliq ilovasida avtomatik tarzda aks etishi kerak.
Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi.
SpaceX kompaniyasiga O‘zbekistonda vakolatxona ochish taklif etilgani, Surxondaryodagi sel oqibatlari, Toshkentda odamlarni yana soqol olishga majburlashayotgani, Uchtepa tumanida hayfsan olgan 33 nafar hokim yordamchisi, O‘zbekistonning 7 hududida ishga tushirilgan yangi fotoradar va kuzatuv kameralari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 10 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tog‘li hududga sel kelishi natijasida odamlar va chorva mollarini suv oqizib ketdi. Chorva mollari egasi tabiiy ofatdan qutilib qolgan. Qolganlari qidirilmoqda.
AKT vaziri Sherzod Shermatov SpaceX vakili Ben Mak Vilyams bilan uchrashuvda kompaniyaga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish taklifini berdi. O‘zbekkosmos agentligi bilan esa Starlink loyihasini mamlakatga olib kirish masalasi muhokama qilindi.
Izboskan tumanida sobiq bank xodimi tadbirkor bilan birga issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 ming dollar imtiyozli kreditni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 20 ming dollari undirilib, gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi respublika avtomobil yo‘llari 2022 yil birinchi choragida jami 37 ta yangi fotoradar hamda kuzatuv kameralari bilan boyiganini ma’lum qildi. Ulardan 4 tasi xavfsizlik kamari va mobil telefon bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni aniqlaydi. Fotoradar va kameralar manzili.
Afg‘onistonning Tolibon hukumati ayollardan jamoat joylarida hijob o‘rab yurishni talab qilmoqda. Mazkur tartibga bo‘ysunmagan ayollar davlat ishlaridan bo‘shatiladi. 2001 yilgacha toliblar hukmronligi davrida ham hijob majburiy edi.
UniSat ta’lim dasturining 20 nafar o‘quvchi-qizi Navoiy viloyatida o‘zi yasagan ultrazamonaviy nano sun’iy yo‘ldoshini stratosferaga uchirdi. Qizlar uning yordamida havoning ifloslanishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi.
Adliya vazirligi manfaatlar to‘qnashuvini alohida qonun bilan tartibga solish taklifini bildirdi. Unga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish va oldindan xabar berish tartibi belgilanmoqda, bunga amal qilmaganlar esa jarimaga tortiladi. Antikorrupsiya agentligiga ma’muriy bayonnoma tuzish vakolatini berish rejalashtirilmoqda.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting