Valyuta kurslari hafta davomida qanday o‘zgardi?
24 aprel 2022, 15:02

Valyuta kurslari hafta davomida qanday o‘zgardi?

Hafta davomida so‘mga nisbatan mustahkamlangan rubl, arzonlagan dollar hamda qadrsizlangan yevro — haftalik valyuta kurslari dayjestida.

Magistraturaga o‘qishga kirishda mutaxassislik fanlaridan imtihonlar bekor qilinishi mumkin
24 aprel 2022, 12:02

Magistraturaga o‘qishga kirishda mutaxassislik fanlaridan imtihonlar bekor qilinishi mumkin

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Magistraturaga o‘qishga kirishda chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati hamda bakalavr diplomining o‘rtacha bali hisobga olinishi mumkin.

OAV: Ukrainaning urushdan keyingi chegaralari Rossiya-Ukraina muzokaralarining asosiy masalasi bo‘lib qolmoqda
24 aprel 2022, 10:47

OAV: Ukrainaning urushdan keyingi chegaralari Rossiya-Ukraina muzokaralarining asosiy masalasi bo‘lib qolmoqda

Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy 22 aprel kuni Ukraina tomoni bilan «bir nechta uzoq davom etgan muzokaralar» bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. Hozirda Ukrainaning neytrallik va yadrosizlik maqomi, xavfsizlik kafolatlari hamda «madaniyatlarga nisbatan o‘zaro hurmat» masalalari yuzasidan muhokamalar davom etmoqda. Ukrainaning urushdan keyingi chegaralari muzokaralarning asosiy masalasi bo‘lib qolmoqda.

Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilinadi
23 aprel 2022, 17:33

Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilinadi

Hukumat qarori bilan 1 dekabrga qadar dasturlar ishlab chiqishda qatnashish va ularning ijrosini monitoring qilish maqsadida e-ngo.uz elektron portaliga joylashtiriladi. 1 yanvardan davlat organ va tashkilotlari ijtimoiy hamda iqtisodiy dasturlarning loyihalari, davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag‘larning sarflanish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy tartibda portalga kiritib boradi.

«Guanjou» klinikasi mahalliy dorilarni qayta qadoqlab, qimmat narxga sotayotgani aytilmoqda
23 aprel 2022, 15:53

«Guanjou» klinikasi mahalliy dorilarni qayta qadoqlab, qimmat narxga sotayotgani aytilmoqda

O‘zbekistonda Xitoyning «Guanjou» klinikasining Toshkent shahridagi va boshqa viloyatlardagi filiallarida mahalliy dorilarni qayta qadoqlab, qimmat narxga sotayotgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Klinika mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Atlas savdo majmuasidagi aksiyaga kelgan yirik olomon tufayli tirbandliklar yuzaga keldi
23 aprel 2022, 13:59

Atlas savdo majmuasidagi aksiyaga kelgan yirik olomon tufayli tirbandliklar yuzaga keldi

Chilonzor tumanidagi Atlas savdo majmuasida maishiy texnikalarga katta chegirma e’lon qilingandan so‘ng 18 mingga yaqin fuqarolar majmua oldida to‘plangan. Natijada tirbandlik va tiqilinchlar yuzaga kelgan. Tiqilinchda bir nafar ayol xushidan ketgan. Toshkent shahar IIBB do‘kon yopilganligini va sotuv bo‘lmasligini ma’lum qildi.

OTB tavsiyalari: budjet mablag‘larini samaraliroq sarflash va soliqlarni optimallashtirish
23 aprel 2022, 13:20

OTB tavsiyalari: budjet mablag‘larini samaraliroq sarflash va soliqlarni optimallashtirish

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’ati Ukrainadagi urush tufayli sezilarli darajada sekinlashadi, biroq yanada samaraliroq budjet xarajatlari va yashil moliyalashtirish kelgusida o‘sishning tezlashishiga xizmat qilishi mumkin. Osiyo taraqqiyot banki o‘z prognozlariga tayangan holda, beqarorlik va risklar davrida hukumatlarga budjet-soliq siyosati bilan bog‘liq tavsiyalar bermoqda.

Prezident hokimlarga: «Odamlarga 100 ta tovuq berib, olti oydan keyin gaplash»
23 aprel 2022, 11:58

Prezident hokimlarga: «Odamlarga 100 ta tovuq berib, olti oydan keyin gaplash»

Shavkat Mirziyoyev yangi Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda insonlar farovonligi va ertangi kunga ishonch o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gapirdi. Hokimlarga murojaat qilib: «Qo‘lingdan hech narsa kelmasa, odamlarga hech bo‘lmaganda 100 ta tovuq ber… Olti oy ichida u bilan gaplash. Ularning dunyoqarashi o‘zgaradi». Shuningdek, u hamma ham hokim bo‘la olmasligini, ularni tarbiyalash kerakligini, bu oson emasligini ta’kidladi.

Sherzod Kudbiyev Fiskal institut rektori bo‘ldi
23 aprel 2022, 11:43

Sherzod Kudbiyev Fiskal institut rektori bo‘ldi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev qo‘mita huzuridagi Fiskal institutga rektor bo‘ldi.

Qashqadaryoda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda
23 aprel 2022, 11:27

Qashqadaryoda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda

DXX Rossiya va Turkiya orqali o‘tib Suriyadagi terroristik tashkilotga qo‘shilishni rejalashtirganlikda gumonlangan qashqadaryolik fuqaroni ushladi. U ijtimoiy tarmoqlarga xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqim rahnamolarining ma’ruzalarini joylab, qishlog‘ida ham targ‘ib qilgani aytilmoqda.

Iftorlik uchun noodatiy taomlar
23 aprel 2022, 10:44

Iftorlik uchun noodatiy taomlar

Somsa-sho‘rva, tovuqli dangasa xonim, satsebeli qaylasida tayyorlangan mol go‘shti, gaz pechida pishirilgan kartoshka va go‘shtli frikadelkalar, quritilgan mevalar bilan tayyorlangan go‘shtli rulet, qiyma bilan to‘ldirilgan pomidorlar — Zira.uz iftorlik uchun noodatiy taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

«Pop-Namangan» yo‘li kengaytirilib, 11 ta chorraha va yer osti yo‘laklari quriladi
23 aprel 2022, 09:55

«Pop-Namangan» yo‘li kengaytirilib, 11 ta chorraha va yer osti yo‘laklari quriladi

Prezident Pop va Namangan yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi. Unda transportlar qayrilib olishi uchun chorraha va piyodalar uchun yer osti o‘tish joylarini qurish rejalashtirilgan. Natijada, o‘rtacha tezlik 40−60 km/s dan 90−100 km/s gacha oshishi mumkin.

Bolalar ombudsmani: Mehribonlik uyi ma’muriyati «Eng yaxshi himoya — bu hujum» tamoyilini qo‘lladi
22 aprel 2022, 21:40

Bolalar ombudsmani: Mehribonlik uyi ma’muriyati «Eng yaxshi himoya — bu hujum» tamoyilini qo‘lladi

Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova 21 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda videosi tarqalgan Toshkent shahridagi 21-mehribonlik uyida yuz bergan voqeaga izoh berdi. O‘rganishlar natijasida mehribonlik uyi ma’muriyati bolalarni psixiatriya shifoxonasiga yuborib kelganligi, ularga nisbatan qo‘rqitish va nodo‘stona munosabatda bo‘lib kelingani aniqlandi.

O‘zMTRK futbol bo‘yicha jahon chempionatini translyatsiya qilish huquqini sotib oldi
22 aprel 2022, 21:32

O‘zMTRK futbol bo‘yicha jahon chempionatini translyatsiya qilish huquqini sotib oldi

Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionati O‘zbekistonda MTRK tomonidan namoyish qilinadi. Kompaniya ushbu musobaqaning barcha 64 ta uchrashuvini o‘z telekanallarida efirga uzatish huquqini sotib olgan.

Nima uchun asosiy stavka oshganiga qaramay, biznes uchun kreditlar arzonlashdi?
22 aprel 2022, 18:19

Nima uchun asosiy stavka oshganiga qaramay, biznes uchun kreditlar arzonlashdi?

Mart oyi o‘rtalarida Markaziy bankning asosiy stavkani 17 foizga oshirganidan so‘ng kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining oshishi kutilgan edi. Ammo o‘tgan oyda tadbirkorlik subyektlari uchun ajratiladigan kreditlar 1,1 foizga arzonlashdi. Markaziy bank nima uchun bunday bo‘lganini tushuntirdi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
22 aprel 2022, 17:40

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 41,80 so‘mga arzonlab, 11 260,28 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Nikohni rasmiylashtirishdagi 1 oylik muddatni bekor qilish taklif etilmoqda
22 aprel 2022, 17:07

Nikohni rasmiylashtirishdagi 1 oylik muddatni bekor qilish taklif etilmoqda

Fuqarolarning nikohini FHDYoga ariza berilganidan bir oy o‘tib rasmiylashtirish tartibini bekor qilish taklif etilmoqda. Nikoh tibbiy ko‘rikdan so‘ng qayd etilishi mumkin.

Prezident Qashqadaryo viloyatidagi ichimlik suv, ijtimoiy soha va ishsizlik muammolariga e’tibor qaratdi
22 aprel 2022, 16:37

Prezident Qashqadaryo viloyatidagi ichimlik suv, ijtimoiy soha va ishsizlik muammolariga e’tibor qaratdi

Prezident Qashqadaryo viloyatiga safari davomida viloyatning dolzarb muammolariga e’tibor qaratdi. Joriy yilda viloyatga ijtimoiy soha va infratuzilmani yaxshilash uchun respublika budjetidan qo‘shimcha 360 mlrd so‘m ajratiladi. Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, Shahrisabz va Kitob tumanlarini suv bilan ta’minlash uchun «Ayoqchisoy» sel suv ombori quriladi. 9 mingdan ziyod aholining gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Ishsizlikni kamaytirish uchun 270 ta sanoat loyihalari dasturi shakllantiriladi. 40 ming gektardan ortiq yerlar qayta foydalanishga kiritiladi.

Dollar taqchilligi yoki katta miqdorda rublning kirib kelishi kuzatilmayapti — Markaziy bank
22 aprel 2022, 16:19

Dollar taqchilligi yoki katta miqdorda rublning kirib kelishi kuzatilmayapti — Markaziy bank

Markaziy bank mamlakatda dollar va yevro tanqisligi, shuningdek katta miqdordagi rublning kirib kelishi kuzatilmayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, xorijiy valyuta operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar ko‘rib chiqilmayotgani qayd etildi. Regulyator jurnalist va blogerlar savollariga bergan javoblarning muhim qismlari «Gazeta.uz» materialida.

Kelgusi haftada kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin, aksariyat hududlarga sel kelishi xavfi bor
22 aprel 2022, 15:36

Kelgusi haftada kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin, aksariyat hududlarga sel kelishi xavfi bor

24−25 aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda yomg‘ir kuchayishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin, shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayadi. Shuningdek, O‘zgidromet respublikaning qariyb barcha hududlarida sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting