Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan muddatidan oldin lavozimidan chetlashtirdi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi e’lon qilish taklifini bildirgan muxolifat partiya uni pandemiya fonida izdan chiqqan iqtisodiyotni tiklay olmaganlikda, Pokistonni korrupsiyadan holi qilish va’dalarini bajarmaganlikda ayblagan.
Prezidentning tadbirkorlik muhitini yaxshilash to‘g‘risidagi farmoni bilan bir qator kompaniya va tashkilotlarga berilgan eksklyuziv huquqlar bekor qilinmoqda. Jumladan, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha «Hududgazta’minot», haydovchilar va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha davlat tibbiyot muassasalarining monopoliyasiga barham berilmoqda.
«Davrbank» tomonidan kafil yoki birgalikda qarz oluvchi hisoblanmagan fuqarolarning bank kartalari ularning roziligisiz jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun biriktirilib, mablag‘lar yechib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi. Markaziy bank «Davrbank"ka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi.
«Bahor qaytmaydi» videofilmi bosh qahramoni Alimardon To‘rayev rolini ijro etgan O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev 81 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Raqobatga qarshi harakatlarni sodir etgan kompaniyalarga moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi. Yangi tahrirdagi «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunda moliyaviy jarimalarning aniq miqdorlari va ularni qo‘llash tartiblari bayon etiladi. Avval taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar qayta ko‘rib chiqilib, qisman bekor qilinadi.
Olimjon Nurmatov sog‘lig‘i sababli O‘rta Chirchiq tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Bungacha hokimning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ixtiyor Qosimov hokim v.b. bo‘ldi.
SpaceX kompaniyasining kosmik kemasi to‘rt nafar sayyohdan iborat to‘liq tijorat reysini XKSga yetkazdi. Ular Yer orbitasida taxminan 10 kun bo‘lishadi.
Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududidagi Muruntov konida 40 mln tonnadan ortiq oltinga boy ma’dan zaxirasiga ega «Balpantog‘» va «Tomdibuloq» konlari ochildi. Undan qariyb 15 yil davomida yiliga 3 mln tonnadan ortiq ruda qazib olish rejalashtirilmoqda.
Prezident 1 avgustga qadar Toshkent jamoat transportiga xususiy sektorni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi. Shunga qaramasdan, yil oxirigacha «Toshkent shahri misolida» Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqib, joriy etish rejalashtirilmoqda.
«O‘zbekneftegaz», «Issiqlik elektr stansiyalari» va Uzbekistan airways kompaniyalarini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda. Qolaversa, UzAuto Motors aksiyalarining bir qismini sotish, Toshkent va hududiy xalqaro aeroportlarni xususiy sektor boshqaruviga berish ko‘zda tutilgan. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi uning tarkibidan pudrat va ishlab chiqarish korxonalarini chiqarish orqali isloh qilinadi.
Saudiya Arabistoni so‘nggi uch yil ichida birinchi marta 1 million ziyoratchiga, shu jumladan xorijlik fuqarolarga ham Haj ziyoratini ado etishga ruxsat berdi. Safarga boruvchilardan kovidga qarshi vaksina sertifikati va 72 soat ichida olingan manfiy PZR-test ma’lumotnomasi talab etiladi.
Davlat korxonalarining kvazifiskal xarajatlari yaxshiroq nazorat qilinadi, davlat korxonalariga ularning faoliyatiga mos kelmaydigan yangi ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish va qurish taqiqlanadi. Prezidentning yangi farmoni bilan davlat korxonalari uchun boshqa taqiq va cheklovlar ham joriy etilmoqda.
2022−2023-o‘quv yilida Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 918 ta maktabda “Ona tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Matematika” fanlaridan boshlang‘ich sinflar uchun yangi darsliklar sinovdan o‘tkaziladi. Ular USAID va Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Joriy o‘quv yilida xuddi shu hududlarda ingliz tili (1−11-sinflar) va informatika (5−11-sinflar) bo‘yicha yangi darsliklar joriy etilgandi.
Prezident «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasini transformatsiya qilish, rivojlantirish va xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Tarif siyosatini takomillashtirish va tashuvlarni franshiza asosida xususiy sektorga berish ko‘zda tutilmoqda. Shavkat Mirziyoyev avgustda kompaniya rahbariga yuk tashishdagi monopoliyani bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma bergandi, biroq hozirgacha o‘zgarish bo‘lmadi.
Poytaxtda tajriba asosida namunaviy dizaynga ega 14 ta bekat rekonstruksiya qilindi, yil oxirigacha ularning soni 280 taga yetkaziladi. «Gazeta.uz» ga Toshkent shahar transport boshqarmasi aniqlik kiritishicha, bekatlarning yakuniy dizayni hanuz tasdiqlanmagan. Bu boradagi Toshkent hokimining qarori loyihasi ham urbanistlar tomonidan qayta ko‘rib chiqilmoqda. Poytaxtda 2016 yildan beri avtobus bekatlari ko‘rinishini bir necha marotaba o‘zgartirishga urinishmoqda.
1 maydan xorijliklarga O‘zbekistonda qurilayotgan ko‘chmas mulkka sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berildi, ularning ro‘yxati hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Bundan tashqari, xorij fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olish uchun Toshkent viloyati va Toshkent shahrida xarid qilish talab etiladigan ko‘chmas mulk qiymati ham kamaytirildi.
Tesla 2023-yilda Optimus robot modelini ishlab chiqarishi mumkin. Ilon Mask yaratiladigan robot “odamlar qilishni istamaydigan ishlarni bajarishga qodir” bo‘lishiga va’da berdi. Biroq, hali uning prototipi namoyish qilinmadi. Milliarder Tesla`ning o‘zi robotlarning birinchi foydalanuvchisiga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.
Hukumat qarori bilan moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanishda huquqbuzarlik sodir etgan yoki ekologiyaga zarar yetkazganlarni foto va videoga olib, yuborgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi tasdiqlandi. Huquqbuzarlik haqida birinchi bo‘lib xabar berganlarga BHMning 1 baravari — 270 ming so‘m to‘lanadi.
Ukrainadagi urush oqibatlari tufayli mart oyida jahon bozorida bug‘doy, makkajo‘xori va o‘simlik yog‘i narxlari rekord darajaga ko‘tarildi, deya ma’lum qildi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti. Shuningdek, shakar, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari indeksida sezilarli o‘sish kuzatilgan. Tashkilot 2022 yilda global miqyosda don mahsulotlari yetishtirish va iste’mol bo‘yicha prognozlarini taqdim etdi.
Shokolad va tvorogli pirog, tvorogli bulochkalar, pishiriqlar, tez tayyorlanadigan pirog — Zira.uz tvorogli pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting