Fuqarolarning yana 139 ta tashabbusiga 85,4 mlrd so‘m ajratiladi
7 aprel 2022, 23:36

Fuqarolarning yana 139 ta tashabbusiga 85,4 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident qarori bilan «Ochiq budjet» portalida tashabbuskor budjet doirasidagi 139 ta loyihani moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 85,4 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Gap har biri 2000 dan ortiq ovoz olgan (jami 480 mingdan ortiq ovoz), lekin ovoz berish jarayonida g‘olib deb topilmagan loyihalar haqida bormoqda.

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi a’zoligini to‘xtatdi
7 aprel 2022, 23:23

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi a’zoligini to‘xtatdi

BMT Bosh Assambleyasi favqulodda maxsus sessiyasida Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligini to‘xtatdi. Ukraina va 50 dan ortiq boshqa davlatlar taklif qilgan rezolyutsiyani 93 davlat qo‘llab-quvvatladi. 58 davlat betaraf qoldi, 24 delegatsiya, jumladan O‘zbekiston qarshi chiqdi.

7 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 aprel 2022, 22:00

7 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Orol dengizining koinotdan ko‘rinishi, Uzmetronom asoschisi ustidan arz qilgan Komil Allamjonov, salomatligi tufayli ishdan bo‘shatilgan energetika vaziri, Andijonda bojxona posti boshlig‘i va ikki xodimi hibsga olingani, yangi qurilayotgan sement-beton qoplamali yo‘llar sifatini nazorat qiladigan Bosh prokuratura va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 7 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

1-iyuldan 38 turdagi davlat xizmati elektron imzo o‘rniga mobil telefon orqali tasdiqlanadi
7 aprel 2022, 20:13

1-iyuldan 38 turdagi davlat xizmati elektron imzo o‘rniga mobil telefon orqali tasdiqlanadi

1-iyuldan 38 turdagi davlat xizmatini tasdiqlash elektron imzo o‘rniga mobil telefon yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, 6 turdagi litsenziya olish uchun talablar, qolaversa, kommunal tashkilotlarning 32 turdagi hujjat va ma’lumotnomalarini talab qilish bekor qilinadi.

Poytaxt hokimiyati ochilganiga 15 kun bo‘lgan firma bilan 1 mlrd so‘mlik shartnoma imzoladi
7 aprel 2022, 19:55

Poytaxt hokimiyati ochilganiga 15 kun bo‘lgan firma bilan 1 mlrd so‘mlik shartnoma imzoladi

Toshkent hokimiyati ma’muriyati tashkil etilganiga 15 kun bo‘lgan «Profi event» kompaniyasiga Navro‘z saylini o‘tkazish uchun 1 milliard so‘mlik ishlarni tendersiz topshirdi. Unda kompaniya 3 kun davomida «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida bir qator xizmatlarni ko‘rsatishi belgilangan. Kelishuvga muvofiq, asosiy konstruksiyalar qurilishi aynan shartnoma imzolangan sanada tugatilishi kerak bo‘lgan.

Bosh prokuratura yangi qurilayotgan sement-beton qoplamali yo‘llar sifatini nazorat qiladi
7 aprel 2022, 18:20

Bosh prokuratura yangi qurilayotgan sement-beton qoplamali yo‘llar sifatini nazorat qiladi

Prezident joriy yilda viloyatlarda jami 2300 km, poytaxtda 250 km sement-beton qoplamali ichki yo‘llar barpo etilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, sement ishlab chiqarish hajmi shu yili 18 mln tonnaga yetkaziladi. Bosh prokuratura mazkur yo‘llar sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi. Import qilinadigan sement-beton qoplamali yo‘l qurish texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod etiladi.

Energetika vaziri Alisher Sultanov lavozimidan ozod etildi
7 aprel 2022, 17:55

Energetika vaziri Alisher Sultanov lavozimidan ozod etildi

2019 yildan beri energetika vaziri sifatida ishlab kelayotgan Alisher Sultanov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Chinozda bank xodimi fuqarolar nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirib, mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlandi
7 aprel 2022, 16:32

Chinozda bank xodimi fuqarolar nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirib, mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlandi

Chinoz tumanida bank xodimi «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida fuqarolarga ajratilgan 2 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini turmush o‘rtog‘i va yaqinlarining nomlariga ochilgan dehqon xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazib, pullarni naqdlashtirib kelganlikda gumon qilinmoqda. U, shuningdek, 10 nafar fuqaroga ularning xabarisiz kredit ajratib, pullarni o‘zlashtirgani ma’lum qilindi.

Komil Allamjonov Uzmetronom.com asoschisi Sergey Yejkov ustidan arz qildi
7 aprel 2022, 16:21

Komil Allamjonov Uzmetronom.com asoschisi Sergey Yejkov ustidan arz qildi

Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Uzmetronom.com sayti asoschisi Sergey Yejkov ustidan huquq-tartibot organlariga arz qildi. Bunga Komil Allamjonov himoyasi ostida O‘zbekistonga 4,2 mln dollarlik tilla va brilliant taqinchoqlar noqonuniy olib kirilgani aytilgan «Brilliant bola» nomli maqola sabab bo‘ldi. Mazkur axborotning birinchi manbasi esa Eltuz resursi hisoblanadi.

Antimonopoliya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
7 aprel 2022, 13:28

Antimonopoliya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobir Karimov lavozimidan ozod etildi. U UzAuto Motors monopoliyasiga qarshi chiqqan edi va haydovchilik guvohnomasini olish uchun Yagona imtihon markazi ishga tushgandan keyin davlat imtihon markazlari yopilgani noto‘g‘ri bo‘lganini aytgan edi.

2021-yilda Ombudsman ofisiga 18,7 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi
7 aprel 2022, 13:11

2021-yilda Ombudsman ofisiga 18,7 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili ofisiga 2021-yilda 18,7 mingdan ko‘proq murojaat kelib tushdi, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichga (14,9 ming) qaraganda oshgan. Shundan 11257 tasi ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olingan. Murojaatlarning asosiy qismini mulkka bo‘lgan va mehnat huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy imtiyoz va nafaqalar olish kabi masalalar tashkil etgan.

2022 yil O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sekinlashib, 4% ni tashkil qiladi — OTB
7 aprel 2022, 12:50

2022 yil O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sekinlashib, 4% ni tashkil qiladi — OTB

OTB prognozlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi sekinlashib, 4% ni tashkil etishi kutilmoqda. O‘sish sur’atining sekinlashishi mamlakatda xususiy iste’molning qisqarishi va natijada sanoat hamda xizmatlar sohasi kengayishining cheklanishi bilan izohlangan. Bank mamlakatga «yashil o‘sish» va xususiy sektorning rivojlanishi yordam berishi mumkinligini ta’kidlagan.

Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston sudi raisi etib saylandi
7 aprel 2022, 12:24

Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston sudi raisi etib saylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston sudi raisi lavozimiga saylandi. U mazkur lavozimda Gulnara Bazarbayevaning o‘rnini egalladi.

Andijonda bojxona posti boshlig‘i va 2 nafar xodimi hibsga olindi
7 aprel 2022, 12:11

Andijonda bojxona posti boshlig‘i va 2 nafar xodimi hibsga olindi

«Andijon» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i va 2 nafar xodimi qo‘lga olindi, ular post orqali 5,5 mlrd so‘mlik yukni noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga yordam bermoqchi bo‘lgan.

OTB Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga kredit ajratdi
7 aprel 2022, 10:54

OTB Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki Surxondaryo (111 km) va Buxoro (87 km) viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun 273,8 mln dollar miqdorida qarz mablag‘larini ajratmoqda.

AQSh, Buyuk Britaniya va G7 davlatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar e’lon qildi
7 aprel 2022, 10:29

AQSh, Buyuk Britaniya va G7 davlatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar e’lon qildi

6 aprel kuni AQSh, Buyuk Britaniya hamda «Katta yettilik» mamlakatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Sberbank» va Alfa-bank aktivlari muzlatiladi, Rossiyaga investitsiya kiritish taqiqlanadi. Bundan tashqari, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin, Dmitriy Medvedev, Vladimir Putinning qizlari, Sergey Lavrovning turmush o‘rtog‘i va qizi ham sanksiyaga tushgan. Batafsil «Gazeta.uz» materialida.

Bobir Islamov bosh vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
7 aprel 2022, 10:26

Bobir Islamov bosh vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Prezident qarori bilan yangi tashkil etilgan bosh vazir maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimiga Bobir Islamov tayinlandi. U 2017 yildan beri qo‘mita raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

O‘zMU «Matematika» fani bo‘yicha dunyoning Top-500 ta universiteti reytingiga kirdi
7 aprel 2022, 09:50

O‘zMU «Matematika» fani bo‘yicha dunyoning Top-500 ta universiteti reytingiga kirdi

Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi 2022 yil uchun «Fan bo‘yicha reytingi» natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Matematika» fani sohasida erishgan natijalari bilan O‘zbekiston milliy universiteti dunyoning kuchli 500 ta universiteti qatoridan joy oldi. Shuningdek, turli yo‘nalishlar bo‘yicha dunyoning Top-5 ta universiteti e’lon qilindi.

Qozog‘iston chegaradan o‘tishdagi cheklovlarni bekor qiladi
7 aprel 2022, 09:25

Qozog‘iston chegaradan o‘tishdagi cheklovlarni bekor qiladi

11 apreldan Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi o‘tkazish punktlarida chegarani kesib o‘tish cheklovlarini bekor qiladi. Manfiy PZR testi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lish talabi saqlanib qolmoqda.

6 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 aprel 2022, 22:00

6 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston sanksiyalar tufayli Rossiyaga avtomobil sotishni to‘xtatgani, 30 aprelgacha yopilgan «G‘alaba bog‘i», deputatlik maqomi tugatilgan Murod Nazarov, fevralda eng ko‘p oltin sotgan O‘zbekiston, ITSVga tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish vakolati berilgani, dorilarni markirovkalash 1 sentabrdan boshlanishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 6 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting