Shu vaqtgacha Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli direktori lavozimida ishlab kelgan Begisbay Temirbayev Qoraqalpog‘iston madaniyat vaziri etib tayinlandi.
Qozog‘iston deputatlari yaqin atrofida maktab, bolalar bog‘chasi yoki boshqa ijtimoiy infratuzilma bo‘lmasa, ko‘p qavatli uylar qurishni taqiqlashni taklif qilishdi. Qonun loyihasi bir qancha maktablarda bolalar soni ortib ketishi holatlaridan keyin ishlab chiqilgan.
Prezident Qatar bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash bo‘yicha qarorni qabul qildi.
Piyodalar uchun xafli yo‘llar, rossiyalik deputatning SSSR davlatlari haqidagi fikriga o‘zbek faollari munosabati, sotuvi ko‘paygan elektromobillar, O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogi final bosqichida, ingliz tilini o‘rgatish uchun AQShdan kelgan o‘qituvchilar va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Toshkentda harbiy gospital yaqinidagi yer uchastkasi auksion savdosiga yetti kun qolganida ro‘yxatdan o‘tgan Smart Fast Story tomonidan sotib olindi. 1 gektar yer 48,07 mlrd so‘mga baholandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi prezidenti Masahiro Asoni qabul qildi. Ijtimoiy masalalar va xalqaro talabalar almashinuvi bilan shug‘ullanuvchi palata O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtirmoqda.
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonun”ni imzoladi. Unda Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishi belgilab qo‘yildi.
Marg‘ilonda bir yigit qizni yaqinlashib kelayotgan mashinaga o‘tirishga majburlagani, qiz esa qochib ketgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlangani va ular shahar IIBga chaqirilganini bildirdi.
Endi ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida suzishga yo‘l qo‘yiladi. Bu ichki kema yo‘llarida suzish qoidalarida belgilab qo‘yildi. Shuningdek, gorizont bo‘ylab ko‘rinish masofasi 1 kilometrdan kam bo‘lganda kemalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
2018−2022-yillarda Zarafshon shahri hokimi bo‘lgan Anvar Rajabov yer ajratish bilan bog‘liq masalada aybdor deb topilib, 3,5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi.
Avgust oyida O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi keskin oshib, 14,5 foizni tashkil etdi. Bu rasmiy yillik inflyatsiyadan 5,5 foizga yuqori. Respondentlarning aksariyati go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini his qilgan.
O‘zbekistonda piyodalar uchun belgilangan piyodalar o‘tish joyidan o‘tish belgilanmagan joydan o‘tishdan ko‘ra xavfliroq, dedi ekspert Nosirjon Zokirov. Uning fikricha, bunga piyodalar o‘tish joylari yaxshi tashkil qilinmagani sabab.
O‘zbekiston aholisining inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari 6 oylik pasayishidan so‘ng avgustda keskin oshdi. Aholi va tadbirkorlarning xavfsirashida valyuta kursining o‘sishi omili kuchaydi. So‘rovnomada qatnashganlar orasida narxlar 9−12 foizdan ko‘proq oshishini kutayotganlar soni ko‘paydi.
Butunjahon sport o‘yinlarida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jami 8 ta medal (7 ta oltin, 1 ta kumush) bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Toshkent viloyatida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlarida 15,8 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar hamda 6,3 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi. Jiddiy qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amur viloyatidagi “Vostochniy” kosmodromida Kim Chen In bilan uchrashdi. Shimoliy Koreya yetakchisi Putin va Rossiya rasmiylarining qarorlarini doimo qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Bosh prokuratura Samarqand va Toshkent viloyatlarida mahalliy fuqarolar 2 ta tarixiy yodgorlikka 288 mln so‘m zarar yetkazganini aniqladi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtning qurib qolishiga sababchi bo‘ldi. Avvalroq ekologiya boshqarmasi maydondagi 30 tup daraxtni xatlovdan o‘tkazib, ularga zarar yetkazmaslik haqida ogohlantirgandi. Tabiatga 248 mln so‘m zarar yetgan.
Shavkat Mirziyoyev 14−15-sentabr kunlari Markaziy Osiyo besh mamlakati rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda besh yil deganda o‘tkazilayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida ishtirok etish uchun Tojikistonga boradi.
O‘zbekiston prezidenti kelgusi haftada AQShga boradi. Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nuqt so‘zlaydi, qolaversa, AQSh tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “C5+1” formatidagi AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida qatnashadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting