Prezident BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Amirliklarning davlat boshqaruvi tajribasi bo‘yicha qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishilgan. Qolaversa, delegatsiya tomonidan Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha yangi loyiha taklifi bildirilgan.
Joriyning yilning besh oyi mobaynida auksion orqali boshlang‘ich narxi 422,8 mlrd so‘m bo‘lgan 11 918 ta mulk 570,6 mlrd so‘mga sotildi. Ushbu mulk egalariga 3,4 trln so‘m investitsiya kiritish majburiyati ham yuklatilgan.
Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati xodimi dehqon bozoridani yong‘inni yoritishga borgan jurnalistlarning kamerasiga tashlanib, undagi xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda. Hokimlik axborot xizmati rahbari tushunmovchilik bo‘lganini qayd etdi. Samarqand viloyati hokimligi holat AOKA vakillari va ikki tomon ishtirokida o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda qozonxonalarni modernizatsiya qilish jarayoniga Tataristonning «KER-Holding» kompaniyasi jalb qilinadi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Xidoyatovning so‘zlariga ko‘ra, 1970 yillarda qurilgan mamlakatdagi ko‘plab qozonxonalar allaqachon eskirgan. Birinchi loyiha doirasida Toshkentdagi «Vodnik» qozonxonasi 42 mln dollarga modernizatsiya qilinadi.
Chet elliklar uchun Rossiyada noqonuniy bo‘lish muddati 15 iyundan 30 sentyabrga qadar uzaytirildi. Noqonuniy migrantlar 30 sentyabrga qadar deportatsiya qilinmaydi va ularga jarima solinmaydi. Ushbu sanaga qadar ular o‘z maqomlarini qonuniylashtirishlari yoki mamlakatdan erkin chiqib ketishlari mumkin.
Dollarning rasmiy kursi 7,02 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 616,02 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Tapil Mahamadziyayev Bektemir tuman hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Toshkent hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi boshqaruv xizmati kompaniyasi paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu taklifni prezidentga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kiritdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishdagi yutuqlarga qaramasdan, pandemiya biznesga qiyinchiliklar tug‘dirdi. Tadbirkorlarning davlat oldidagi qarzi 3,4 barovarga, muddati o‘tgan kreditlar miqdori 63%ga oshdi. Respondentlarning 44% majburiy homiylik bilan shug‘ullangan.
Toshkentdagi 7-uy ishi bo‘yicha avvalgi instansiyalar sudlarining qaroriga qarshi Universal Packing Master va Jemchug House`larning murojaati qanoatlantirilmadi. Oliy sud shahar aholisi foydasiga qaror chiqardi.
Urganch shahrida al-Xorazmiyning yangi haykalini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Prezident yodgorlikning variantlari va uni o‘rnatish rejalashtirilgan joyga oid taqdimot bilan tanishdi. Ulardan biri Jaloliddin Manguberdi haykali joylashgan hudud hisoblanadi.
Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari vazifasiga Vaxobjon Rajapov tayinlandi. U bungacha Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Deputatlar Toshkent viloyatining shahar va tumanlarini chegaralarini o‘zgartirish, jumladan, viloyatning 17359,1 gektar maydonini bir xududdan boshqa xudud tarkibiga o‘tkazishga oid masalani ko‘rib chiqdi. Bu anklav hududlarni tugatish va mahalliy davlat hokimliklari organlari tomonidan hudud boshqaruvini yanada soddalashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Respublika chekka hududlarida istiqomat qiluvchi ayollar uchun go‘zallik salonlari konteynerlari yetkazib berildi. Ma’lumotga ko‘ra, har bir konteynerda 7 nafardan ayol ishlaydi va bu orqali «Ayollar daftari» dagi fuqarolarning 350 nafari ish bilan ta’minlanadi.
Prezident O‘zbekiston fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunni imzoladi. 2005 yilgacha mamlakatga kelgan, shuningdek, mamlakatda 15 yildan beri muqim istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari deb tan olinishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Qaxramon Olimov A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali direktori lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 ming 113 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 253 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Hukumat va YUNISEF ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha loyihani yo‘lga qo‘ydi. U tarqoq ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘rniga, fuqarolarning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga oladigan tizimni yaratishga yordam beradi.
AQSh va Rossiyada 2 mingdan ortiq yadroviy kallak yuqori tayyorgarlik holatida turayotgani, Germaniyaning Telegram ustidan shikoyat qilgani, G7'ning rivojlanayotgan mamlakatlarga vaksinalarning 2,3 mlrd dozasini yetkazib berishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.
Onkologik kasalliklar bo‘yicha eng ko‘p murojaatlar poytaxt va Toshkent viloyati filiallariga to‘g‘ri kelmoqda. Ularda barcha bemorlarning qariyb 37 foizi davolangani qayd etildi. Shundan kelib chiqib, Toshkent shahri va Toshkent viloyati shifoxonalarini yagona muassasa sifatida birlashtirish taklifi bildirildi. «Natijada salohiyatli mutaxassislar va yuqori texnologik uskunalar bir joyda jamlanib, davolash sifati oshadi, bemorlar sarson bo‘lishining oldi olinadi», — deya ta’kidladi prezident matbuot xizmati.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting