Tojikiston parlamentining qarori bilan 11 oktyabr mamlakatda prezident saylovlar kuni deb e’lon qilindi.
Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Botirbek Isabekov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U boshqarmaga 2019 yilning iyun oyidan rahbarlik qilib kelayotgandi.
«Milliy tiklanish» partiyasi Vazirlar Mahkamasiga avtomobillarning oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnoma va to‘lovlarni bekor qilish to‘g‘risida taklif yubordi.
Twitter Donald Trampning sahifasida COVID-19 haqida yolg‘on ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan video paydo bo‘lganidan keyin AQSH prezidentining akkaunti orqali post yozish imkoniyatini cheklashga qaror qildi. Shuningdek, Facebook ham AQSH prezidentining joylagan postini ijtimoiy tarmoqdan o‘chirib yubordi.
Rossiyadagi chet ellik talabalarga bo‘sh vaqtlarida maxsus ruxsat va patentsiz ishlashga ruxsat berildi. Ishga joylashish uchun ular faqat o‘quv yurtidan ma’lumotnoma taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Mash nashri tomonidan suratga olingan videoreportajda Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi vataniga qaytish imkoniyatini kutayotgan o‘zbekistonliklarning palatka lageridagi hayoti aks ettirilgan.
Oltin unsiyasi narxi tarixiy rekord darajaga ko‘tarilib, 2000 dollardan oshdi. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov aynan hozir oltin-valyuta zaxirasini sotib, mablag‘larni mamlakat iqtisodiyotini qutqarishga va ishsizlar soni ortishining oldini olishga yo‘naltirish mumkinligini aytmoqda.
Poytaxtda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tezkorlik bilan malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida jami 3 084 ta o‘rinli 4 ta saralash va taqsimlash markazi tashkil qilindi.
COVID-19 bemorlari soni 276 nafarga ortib, jami 28069 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 147 nafari Toshkent shahrida va 129 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.
Kun davomida aniqlangan koronavirus holatlari soni bir kun avvalgi singari 746 ta bo‘lib, jami 27793 taga yetdi.
Variety nashri Los-Anjelesdagi Gollivud tepaliklarida joylashgan umumiy qiymati 18,9 mln dollarlik uchta villaning bir vaqtda sotuvga qo‘yilgani haqida xabar qildi. Qayd etilishicha, ob’ektlar Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayevga tegishli.
Shaharlarda haroratni pasaytirish uchun tabiatning o‘zi kifoya, deb hisoblaydi BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YUNEP). Buning uchun mutaxassislar fasadlarni ko‘kalamzorlashtirish va uylarning tomlarini bog‘lar bilan o‘rash yoki ularni oq rangga bo‘yashni tavsiya qilmoqda.
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar yaqin kunlarda poyezd bilan uylariga olib kelinadi. Avvalroq muhojirlarning, shu jumladan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolarining Samara viloyatidagi nazorat punktidan o‘tishga urinayotgani haqida xabar berilgan edi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda UzAuto Motors avtomobillariga narxlarni shakllantirishda ayrim xarajatlarni oshirib kiritganligi va raqobat to‘g‘risidagi boshqa qonunbuzarlik alomatlari aniqlandi, deya xabar berdi deputat Rasul Kusherbayev.
Navqiron Temur haqidagi afsonada aytilishicha,u buyuk sarkarda bo‘lishidan oldin Qashqadaryo viloyatidagi Qal’ai Sheron darasidagi baland tog‘li g‘orda bo‘lajak janglar uchun o‘z qo‘shinini mashq qildirardi. Sayohatchi Sharof Egamberdiyev 600 yildan so‘ng Temur g‘origa ekspeditsiyani amalga oshirdi.
Sirdaryo viloyatida ko‘p qavatli uylar qurilishida deyarli 2,5 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bosh prokuratura barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Livan Respublikasi prezidenti Mishel Aunga Bayrutda yuz bergan kuchli portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
«Ufa» futbolchisi, 19 yoshli o‘zbekistonlik Oston O‘runov rasman Moskvaning «Spartak» klubiga o‘tdi. U «qizil-oqlar» bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi. Yosh futbolchi 20-raqam ostida to‘p suradi. Transfer summasi e’lon qilinmadi.
Shahardan Toshkent viloyatiga 1010 ga, viloyatdan poytaxtga 10196 ga yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Prezident poytaxt va Toshkent viloyati tumanlari hududlarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
«Biz karantinni qancha uzoq vaqt davom ettirsak, odamlarni shunchalik qiynab qo‘yamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. U zudlik bilan koronavirus bilan kasallangan barcha bemorlarni qamrab oladigan davolash tizimini yo‘lga qo‘yishni buyurdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting