Senat raisi «temir daftar»ni shakllantirish va yuritish tizimi ayrim hududlarda aholi noroziligiga olib kelayotganini aytib o‘tdi. «Temir daftar» tizimi ochiq, shaffof bo‘lishi va ajratilgan mablag‘larni taqsimlash jarayonida inson omilini maksimal darajada kisqartirishi kerakligi bildirildi. Buning uchun tizimga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish muhimligi qayd etildi.
Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan viloyatlaridagi Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari tomonidan Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasining 1 mlrd 750 mln so‘mdan ziyod mablag‘i talon-taroj qilingan, deya ma’lum qildi senat raisi Tanzila Norbayeva. U shuningdek «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi qonun ishlamayotganiga e’tibor qaratdi.
Senatorlar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Musa Yerniyazov va koronavirusdan vafot etgan boshqa fuqarolarning xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashdi.
Bosh prokuratura Namangan viloyatida bog‘chani ta’mirlash jarayonida haqiqatda bajarilmagan 173,2 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganini aniqladi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.
Chilonzor tumanida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi inspektori til biriktirib, ishsizlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan 36,2 mln so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan jinoyat ishini ko‘zg‘atdi.
Transport vaziri Elyor G‘aniyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi. U Transport vazirligini 2020 yilning yanvar oyidan boshqarib kelayotgan edi.
COVID-19 bemorlari soni 274 nafarga ortib, jami 28809 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 36 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Qoraqalpog‘istonda qayd etildi. Shu yuilan birga, ikki nafar COVID-19 bemori vafot etdi.
Yil oxiriga qadar Rossiyadagi yirik qurilish maydonchalarida 4200 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis rasman ish joyiga ega bo‘ladi.
Toshkentning Olmazor tumanida ayol kishi o‘zini voltli elektruzatish tarmog‘i ustuni tashlamoqchi bo‘ldi. IIBB va yong‘in-qutqarish qismi xodimlari uni pastga tushirishdi.
O‘zbekiston yaqin kunlarda Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yig‘ilib qolgan qariyb 2000 o‘zbekistonlik ikkita poyezd bilan qaytarilmoqda.
2020/2021 o‘quv yilida OTMlarga kirish imtihonlari Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi stadionlarda kuniga ikki marta — havo salqin vaqtlarda o‘tkazilishi belgilandi.
O‘zbekiston Jahon banki qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishga ajratgan 500 mln dollardan 87 mln dollarini agrosektorda ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish, 70 mln dollarini esa fitosanitariya va sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi agromarkazlarga yo‘naltiradi. Yana 200 mln dollar hududlar o‘rtasida taqsimlanib, kooperativlar va klasterlarni rivojlantirishga sarflanadi.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi Farg‘ona vodiysida loyihalarni amalga oshirishga $47 mln ajratadi. Ushbu loyiha hududdagi 375 mingdan ortiq aholi daromadlarining o‘sishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
12−13 avgust kunlari yoshlar huquqlarini targ‘ib qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlanadigan Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi videokonferensiya shaklida o‘tkaziladi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi taklifiga muvofiq tayyorlangan BMTning Yoshlar huquqlari bo‘yicha konvensiyasi loyihasi muhokama qilinadi.
Toshkentning Uchtepa tumani yashovchilari uchta mahallani Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga o‘tkazishga qarshi chiqdi. Tuman hokimi Farhod Abdullayev ular bilan uchrashuvda poytaxt va viloyat chegaralarining o‘zgarishi hozirda loyiha ekanini ta’kidlab, ushbu masalani shahar hokimi bilan muhokama qilishga va’da berdi.
UzAuto Motors deputat Rasul Kusherbayevning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan olib borilgan tekshiruvlar haqidagi bergan xabarlariga «populistik fikr-mulohazalar» deb baho berdi hamda «qo‘mita tezislari ochiq-oydin buzilgan» deya munosabat bildirdi.
Poytaxtning Sergeli, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridan bir qismini Toshkent viloyatiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Mirzo-Ulug‘bek tumani tarkibidagi Ulug‘bek shaharchasini viloyat hududiga o‘tkazish va Qibray tumanining ma’muriy markaziga aylantirish mo‘ljallangan.
Ayubxon Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori etib tayinlandi.
Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Markaziy bank Finlit.uz axborot-ta’lim veb-saytini ishga tushirdi. Unda iqtisod, bank va moliya sohasiga tegishli maqolalar, o‘quv materiallari e’lon qilinadi, interaktiv xizmatlar va loyihalar doimiy ravishda yangilanib, takomillashtirib boriladi.
Samsung yangi Galaxy Note20 va Note20 Ultra smartfonlari, Tab S7 va S7+ planshetlari, Galaxy Watch3 «aqlli» soati, Galaxy Buds Live simsiz quloqchinlari va Galaxy Z Fold 2 bukiluvchan ekranli smartfonlarini taqdim etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting