O‘zbekistonning ikkita eng yirik shakar zavodi «Angren shakar» va «Xorazm shakar» xom ashyo yetishmovchiligi sababli ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi. Korxonalarning omborlarida kuniga ming tonnadan realizatsiya qilinadigan 47 ming tonnadan ortiq shakar zaxirasi mavjud, shuning uchun tanqislik kuzatilmaydi. «Gazeta.uz» ning aniqlashicha, mahalliy ishlab chiqaruvchilar import qiluvchilar bilan raqobat sababli qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.
O‘zbekiston Harbiy sudi sobiq mudofaa xodimi A. Yarbabayev va uning rafiqasi Ye. Yarbabayevani davlatga xoinlik qilganlikda aybdor deb topdi. A. Yarbabayevga 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Uning turmush o‘rtog‘i esa 3 yilga sinov muddati belgilangan holda shartli ravishda jazodan ozod etildi.
Namangan viloyati Chust tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Bahodir Oxunov o‘z lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga Bekzod Hamdamov hokim etib tayinlandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sanjar Abduqodirov 40 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga issiq va quruq havo oqimi kira boshlaydi. Kunduzi harorat +42 darajagacha ko‘tarilib, yoz o‘rtasidagi me’yoriy ob-havodan 4−6 daraja yuqori bo‘ladi.
SSP umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi tayyorlanganini xabar qildi. Soliq imtiyozlarini uzaytirish, kafe va restoranlarga yozgi teraslarini joylashtirish tartibini joriy etish hamda muassasalarga kunu tun ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi 40 ta SO‘V va 200 ta SIPAP apparatlarini xarid qilishdi. Tez tibbiy yordam va SEOMlar uchun 50 dona Damas rusumli avtomobillar sotib olingan.
Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan tibbiyot doktori, professor Amrillo Inoyatov prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuhratjon Mo‘minov Farg‘ona tumani hokimi etib tayinlandi. U hozirgi paytga qadar Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Hindiston koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1 milliondan oshgan uchinchi davlatga aylanib, AQSH (3,5 mln dan ortiq) va Braziliya (2 mln dan ortiq) mamlakatlaridan keyingi o‘rinda ketmoqda.
Koronavirus kasalligidan uyida davolanayotgan bemorlarga kerakli dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni belgilangan me’yorda, bepul yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.
Koronavirus bemorlari soni 283 nafarga ortib, jami 15349 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida (93), Toshkent shahrida (144), Samarqand viloyatida (25) va Surxondaryo viloyatida (21) qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekiston bozorida 20 yildan beri faoliyat olib borayotgan KASHLUX kompaniyasi o‘z mijozlariga keng tanlovli mahsulotlarni taklif etadi. Xususan, quvurlar, qozonlar, boylerlar va boshqa isitish, ventilyatsiya, shamollatish, sanitariya-texnik uskunalar. Ushbu mahsulotlarni kompaniyaning Toshkentdagi 5 ta savdo do‘konlaridan xarid qilsa bo‘ladi.
O‘zbekistonda kun davomida 485 ta koronavirus holati qayd etilib, umumiy ko‘rsatkich 15 mingdan oshdi. 349 kishi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda infeksiyani yuqtirib olgan. 39 ta holat esa aholi orasida aniqlandi.
Koronavirus pandemiyasining tashqi bozorlarga ta’siri sababli, O‘zbekistonda olinadigan tabiiy gazning Xitoyga eksporti 3 baravarga qisqardi, Rossiyaga eksport to‘xtatildi.
Koronavirus bilan og‘rigan bemorlar endi xususiy tibbiyot muassasalarida davolanishlari mumkin. Import qilinadigan kislorod konsentratlari bojxona bojidan ozod etiladi.
O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorga 5 metr masofada yaqin kelgan barcha foydalanuvchilarga PUSH-xabarnoma ko‘rinishida kasal bilan aloqada bo‘lganlik ehtimoli to‘g‘risida va keyingi xatti-harakatlar bo‘yicha tavsiyalar beradigan mobil ilova ishlab chiqildi.
Davlat moliyaviy nazorat departamenti 6 oyda 81,7 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari noqonuniy sarflanganini aniqladi. Eng ko‘p qonunbuzilish holatlari ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida, hududlar kesimida Andijon, Qashqadaryo, Toshkent, Jizzax, Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda qayd etildi. 57,4 mlrd so‘m byudjetga qaytarildi.
Amerikaning Honeywell kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga «Yevro-5» standartidagi benzin ishlab chiqarish texnologiyasini taqdim etdi. Kompaniya bilan texnologik uskunalar hujjatlari paketini ishlab chiqish bo‘yicha bitim va litsenziya shartnomasi ham imzolandi.
Turkmanistonda masjidlar, cherkovlar va boshqa ibodat muassasalari hamda ziyoratgohlar profilaktika maqsadida vaqtinchalik yopildi. Shuningdek, mamlakatga tashrif buyurgan JSST rasmiy delegatsiyasi Turkmanistonda COVID-19 bilan bog‘liq holatlar qayd etilmaganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting