Uzbekistan Airways’ning Toshkent-Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi parvozi vaqtida chet el fuqarolari tomonidan o‘g‘rilik sodir etildi. Samolyot Malayziyaga qo‘ngach chaqirilgan politsiya xizmati yordamida barcha buyumlar topildi, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga ko‘ra, “O‘zbekkino” (Kinematografiya agentligi) kino ishlab chiqarishni to‘xtatsa, sohada siljish bo‘ladi. “„O‘zbekkino“ faqat buyurtmachi bo‘lib, xususiy shirkatlarni rivojlantirishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak”, — degan vazir agentlik faoliyati ichidan o‘rganilayotganini aytdi.
18−19-avgust kunlari yettita viloyatning tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin. O‘zgidromet fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirdi.
Qozog‘iston G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga o‘z manfaatlariga zarar keltirish orqali “ko‘r-ko‘rona ergashmaydi”, dedi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston ikkinchi darajali sanksiyalar ostida “qolmaslik” uchun qoidalarga amal qilishda davom etadi.
Yil boshidan buyon O‘zbekiston 843,6 ming tonna mazut import qildi, bu o‘tgan yilning yanvar-iyul oylaridagi hajmdan ikki baravar ko‘p. Iyunda import 22 baravar (2023-yil iyuniga nisbatan), iyulda esa 19,6 baravar oshdi.
Samarqandda 26−30-avgust kunlari “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali yangi lokatsiya — “Boqiy shahar” majmuasida o‘tkazilishi aytilgandi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov festivalning asl brendi Registon maydoni ekanini ta’kidlab, shu hududda o‘tkazish fikriga qaytilganini ma’lum qildi.
Beshta kinopremyera, “Toshkent suvenirlari” yarmarkasi, Tohir Sodiqov va Yulduz Usmonova konsertlari, hokkey o‘yinlari, ko‘rgazmalar, mahorat darslari hamda boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi etib qayta saylandi.
Dam olish kunlari salqin havo O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Harorat kunduz kunlari +27…+36, kechalari +17…+22 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Uzinfocom kompaniyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalarni onlayn xarid qilish xizmatini taqdim etdi.
Senat ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
Termiz shahrida 26 yoshli yigit Telegram’da guruh ochib, 37 kishiga noqonuniy diniy saboq berib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
O‘zbekistonda 2024−2025-yillarda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. OTM, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.
Uchtepa tumanida yong‘in bo‘layotgan uydan 5 va 7 yoshli bola qutqarib qolindi. Xonadon egalari ularni yolg‘iz qoldirib, eshikni qulflab ketgan. FVBga ko‘ra, bolalarning ahvoli yaxshi.
Aziz Voitov va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ochiq sudda ko‘rib chiqish 5-sentabrda boshlanadi. Ular JKning o‘zlashtirish, firibgarlik, vakolatni suiiste’mol qilish, pora va boshqa moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. Sudlanuvchilarning 29 nafari qamoqqa olingan.
O‘zbekiston Senati huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni ma’qullamadi. Qonun loyihasini takomillashtirish va yakunlash uchun Senat va Qonunchilik palatasining kelishuv komissiyasi tuziladi.
“Ayrim ota-onalar farzandi 6 yoshga to‘lishi bilan uni maktabga berishni xohlaydi, biroq bola har qancha aqlli bo‘lmasin, fikrlash qobiliyati to‘liq shakllanib ulgurmaydi”, — deydi SSV. Vazirlik ularni nega 7 yoshga yetgach maktabga yuborish kerakligi haqida tushuntirish berdi.
O‘zbekistonda norasmiy ishlab kelgan yarim milliondan ortiq fuqaro (576,1 ming) yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Yil boshidan beri daromadi 100 mln so‘mdan oshgan haydovchilarning soni 171 nafarga yetgan.
“Gazeta.uz” ilk hujjatli filmini suratga olishni davom ettirmoqda — u futbolchilarning Parijdagi Olimpiadadagi ishtirokiga bag‘ishlanadi. “Umid qilamizki, film bizni Parijga olib kelgan yo‘lni unutmaslikka yordam beradi”, — dedi Gazeta News direktori Davlat Umarov.
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 8 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlaridan to‘plangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting