O‘zbekiston futbolchilari Olimpiadada Misrga mag‘lub bo‘ldi
28 iyul 2024, 10:05

O‘zbekiston futbolchilari Olimpiadada Misrga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik futbolchilar Olimpiadadagi ikkinchi o‘yinni ham boy berib, guruhda qolib ketdi. Misrliklarning 11-daqiqada urgan goli evaziga hisob 0:1 bilan tugadi. Terma jamoa 30-iyul kuni Dominikan Respublikasiga qarshi o‘yinga tushadi.

O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi — Energetika vazirligi
27 iyul 2024, 17:26

O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi — Energetika vazirligi

O‘zbekistonda 25-iyulda soat 15:47 da energotizimida iste’mol quvvati 11 822 MVtni tashkil qilib, rekord o‘rnatdi. Bu avvalgi rekorddan 343 MVt ko‘p. 26-iyul kun esa elektr energiyasi iste’moli avvalgi rekordni 0,9 mln kVt/soatga yangilab, 253,3 mln kVt/soatni tashkil etdi.

Sud aholining Do‘stlik bog‘ini investorga berish haqidagi hokimiyat qarorlarini bekor qilish bo‘yicha da’vosini rad etdi
27 iyul 2024, 15:34

Sud aholining Do‘stlik bog‘ini investorga berish haqidagi hokimiyat qarorlarini bekor qilish bo‘yicha da’vosini rad etdi

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar tumanlararo sudi hukumat va poytaxt hokimligining Do‘stlik (Bobur) bog‘ini investorga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi aholining da’vosini qanoatlantirmadi. Sud da’vogarlardan davlat foydasiga 476 ming so‘m davlat boji undirilishini belgiladi.

Qamchiq dovonida Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
27 iyul 2024, 14:52

Qamchiq dovonida Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Qamchiq dovonida CAMC rusumli yuk avtomobili o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan Isuzu hamda Howo yuk avtomobillari bilan to‘qnashgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib Mercedes-Benz Sprinter avtomobiliga borib urilgan. Hodisa oqibatida 2 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Fuqarolarni AQShga jo‘natishni va’da qilgan bir necha kishi qo‘lga olindi
27 iyul 2024, 12:43

Fuqarolarni AQShga jo‘natishni va’da qilgan bir necha kishi qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarni Toshkentda 334 mln so‘m, Chinozda 42 ming dollar, Samarqand viloyatida esa 19 ming dollar evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi.

Toshkent viloyatida yonib ketgan uy ichidan 5 kishining jasadi topildi
27 iyul 2024, 12:12

Toshkent viloyatida yonib ketgan uy ichidan 5 kishining jasadi topildi

Yangiyo‘l tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 5 kishi, jumladan, 3 nafar bolaning jasadi tan jarohatlari bilan topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
27 iyul 2024, 11:44

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

O‘zbekistonda davlat OTMlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 10-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari kerak. Mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Abituriyentlarning 46,9 foizi o‘tish ballini to‘plolmadi
27 iyul 2024, 11:06

Abituriyentlarning 46,9 foizi o‘tish ballini to‘plolmadi

O‘zbekiston OTMlariga 2024-yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlarning 46,9 foizi, ya’ni 345 ming 869 nafari o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmadi.

Yunusabad Residence va Bosch`dan aksiya davom etmoqda
27 iyul 2024, 11:00

Yunusabad Residence va Bosch`dan aksiya davom etmoqda

Yunusabad Residence TJMdan xonadon xarid qilganda, Bosch brendining oshxona jihozlari sovg‘a tariqasida beriladi.

Operatsiya va reanimatsiya xonalaridagi videoyozuvlarni 1 yil saqlash talabi joriy etiladi
27 iyul 2024, 10:00

Operatsiya va reanimatsiya xonalaridagi videoyozuvlarni 1 yil saqlash talabi joriy etiladi

O‘zbekistonda 1-yanvardan operatsiya va jonlantirish (reanimatsiya) xonalariga ovoz va video yozib olish imkoniyati mavjud kameralar o‘rnatilgan bo‘lishi, mazkur yozuvlar kamida bir yil davomida litsenziatda saqlanishi talab etiladi.

Parij-2024: 27-iyul kuni o‘zbekistonliklarni qaysi musobaqalar kutmoqda?
27 iyul 2024, 09:19

Parij-2024: 27-iyul kuni o‘zbekistonliklarni qaysi musobaqalar kutmoqda?

Shanba kuni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonliklar 4 ta sport turi bo‘yicha bahslarga kirishadi. Dzyudochilar Doston Ruziyev va Xalimajon Qurbonova, velosportchi Olga Zabelinskaya, bokschi Nigina O‘ktamova ilk ishtirokini boshlaydi. O‘zbekistonlik futbolchilar esa Misrga qarshi o‘ynaydi.

So‘nggi Chevrolet Lacetti UzAuto Motors konveyeridan chiqdi (+video)
26 iyul 2024, 23:40

So‘nggi Chevrolet Lacetti UzAuto Motors konveyeridan chiqdi (+video)

UzAuto Motors zavodida so‘nggi Chevrolet Lacetti avtomobili ishlab chiqarildi. U 2013-yilda yangilangan versiya (Gentra) taqdim etilgandan beri zavoddan chiqqan 487104-shunday mashinaga aylandi. Birinchi model 2008-yilda yig‘ila boshlagandi.

Kosonsoy obodonlashtirish boshqarmasining 2,3 mlrd so‘mlik tenderlarida qonun buzilishi aniqlandi
26 iyul 2024, 23:16

Kosonsoy obodonlashtirish boshqarmasining 2,3 mlrd so‘mlik tenderlarida qonun buzilishi aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Kosonsoy tumani obodonlashtirish boshqarmasining jami boshlang‘ich narxi 2,3 mlrd so‘mlik 28 ta tender savdosida qonun buzilishi holatlarini aniqladi. Xarid komissiyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi, javobgar mansabdor jazolandi.

Farg‘onada Cobalt va Jiguli to‘qnashuvida 74 yoshli haydovchi halok bo‘ldi
26 iyul 2024, 21:55

Farg‘onada Cobalt va Jiguli to‘qnashuvida 74 yoshli haydovchi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida VAZ-2106 ning 74 yoshli haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga qayrilayotganda Cobalt`ga yo‘l bermagani uchun ikki avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisi shifoxonada vafot etdi.

Xorazmdagi bog‘chada 3 yoshli qiz kaltaklangani aniqlandi
26 iyul 2024, 21:12

Xorazmdagi bog‘chada 3 yoshli qiz kaltaklangani aniqlandi

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyalanuvchi 3 yoshli qiz kaltaklandi. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi, deb yozdi bolalar ombudsmani.

Ekologiya vazirligiga ovchilik faoliyatiga doir qo‘shimcha vakolatlar berildi
26 iyul 2024, 20:35

Ekologiya vazirligiga ovchilik faoliyatiga doir qo‘shimcha vakolatlar berildi

Prezident farmoni bilan, ov qilish va ovchilik xo‘jaligini tashkil etishning yangicha tartibi o‘rnatildi. Endi ov faqat xo‘jalik hududida amalga oshiriladi, ov yerlari auksionda 49 yilga beriladi, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytiradiganlar soliq imtiyozlari oladi. Ekologiya vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar yuklandi.

Andijonda 17 yoshli bola Katta Farg‘ona kanalida oqib ketib, halok bo‘ldi
26 iyul 2024, 19:52

Andijonda 17 yoshli bola Katta Farg‘ona kanalida oqib ketib, halok bo‘ldi

Katta Farg‘ona kanalining Marhamat tumanidan o‘tgan qismida cho‘milayotib, ehtiyotsizlik oqibatida oqib ketgan 17 yoshli bola halok bo‘ldi. Prokuratura tekshiruv ishlarini boshladi.

O‘zbekistonda real oylik ish haqi ikkinchi chorakda deyarli o‘smadi
26 iyul 2024, 19:46

O‘zbekistonda real oylik ish haqi ikkinchi chorakda deyarli o‘smadi

O‘zbekistonda joriy yilning ikkinchi choragida nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi 3,5 foizga, real ish haqi (inflyatsiyani hisobga olgan holda) esa atigi 0,2 foizga oshdi. Deyarli barcha tarmoqlarda o‘sish sur’atlari sekinlashdi, qurilishda pasayish kuzatildi.

Fransiyada Olimpiadaning ochilish kuni temiryo‘lda sabotaj yuz berdi
26 iyul 2024, 19:01

Fransiyada Olimpiadaning ochilish kuni temiryo‘lda sabotaj yuz berdi

Parij Olimpiadasi ochilishi kuni Fransiya temiryo‘l tarmog‘ida sabotaj uyushtirildi. Vandallar bir necha muhim yo‘nalishlardagi signal qutilariga o‘t qo‘ydi, bu esa tezyurar poyezdlarning harakatiga jiddiy ziyon keltirdi.

Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida rejalashtirilgan lenta shou bekor qilindi
26 iyul 2024, 17:25

Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida rejalashtirilgan lenta shou bekor qilindi

Tarmoqlarda “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida osmondan lentalar yog‘dirilishi aytilgan video tarqaldi. Poytaxt Ekologiya boshqarmasi bunday harakatlarning tabiatga zararini tushuntirdi. Tashkilotchilar animatorlar lentalarni aylantirib, tomosha ko‘rsatishi reja qilinganini ma’lum qildi, shunga qaramay shou bekor qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting