O‘zbekiston gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishni qisqartirishda davom etmoqda. Noyabr oyida bu hajm 3,79 mlrd kub metrni tashkil etdi (2022-yil noyabriga nisbatan 10,2 foizga kam), yil boshidan buyon esa pasayish 4,5 mlrd kub metrdan oshdi. O‘tgan oyda benzin ishlab chiqarish ham kamaygan.
Yunusobod tumanida Tracker haydovchisi 8 va 10 yoshli ikki bolani urib yubordi. YTH oqibatida bolalar jarohatlandi.
Elektr hisoblagichlar xarid qilishni tadbirkorlik subyektlari va aholi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish taklif qilinmoqda. Bunga moliyaviy imkoniyatlar yetishmayotgani sabab qilib ko‘rsatildi. 2024-yildan biznes uchun gaz va elektrga 100 foiz oldindan to‘lov tizimini qaytarish ham reja qilinmoqda.
UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiyani 22-dekabr kuni soat 12:00 da ochadi. Shartnoma faqat onlayn tarzda rasmiylashtiriladi va shu kunlarda barcha dilerlik markazlari savdo tizimidan o‘chirilib, avtosalonlarning barchasi yopiq bo‘ladi.
Kelasi yil oxirigacha Moldova MDHdan chiqish jarayonini yakunlashni rejalashtirmoqda. Mamlakat allaqachon tashkilot doirasidagi o‘nlab kelishuvlarni denonsatsiya qilgan. Kishinyov Yevropa Ittifoqiga kirishga hozirlik ko‘rmoqda.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan viloyatlardagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin mahsulotlarining nazorat xaridlari o‘tkazildi. Natijada benzin sifati talabga javob bermagan 20 dan ortiq holat aniqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, iste’molchilarga 300 mln so‘mga yaqin zarar yetkazilgan.
Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepinning O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish bo‘yicha taklifiga munosabat bildirib, suverenitetni hurmat qilish o‘zaro majburiyat ekanini ta’kidladi. Uning taklifi Rossiyaning rasmiy pozitsiyasidan ancha uzoqda, dedi Zaxarova.
Mudofaa vazirligi Konstitutsiyaning 153-moddasidan iqtibos keltirib, O‘zbekiston o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli Qurolli Kuchlarga ega ekanini eslatdi. Bu rossiyalik siyosatchi O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish haqidagi bayonotidan so‘ng TIV Rossiya elchisini vazirlikka taklif etgani fonida yuz berdi.
Rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepinning O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish haqidagi bayonotidan so‘ng Rossiya elchisi Oleg Malginov O‘zbekiston TIVga taklif etildi. Unga bu kabi chiqishlar provokatsion bo‘lib, ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bildirildi.
AQShning Kolorado shtati sudi 2021-yilda Kapitoliyga bostirib kirganlikda ayblab sobiq prezident Donald Trampga bo‘lajak saylovlarning ushbu shtatdagi jarayonlarida qatnashishni taqiqladi. Bu shu turdagi ilk sud qarori bo‘lib, saylovoldi poygasiga ta’sir qilishi mumkin, deydi OAV va tahlilchilar.
2023-yilning 11 oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd dollarga (+26,2 foiz) yetdi. Import eksportdan qariyb 11 mlrd dollarga oshdi. Oltin eksporti 2,3 baravar ko‘payib, rekord daraja — 8,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Samolyotlar, avtomobillar, neft va boshqa resurslar importi yuqoriladi.
Rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepin SSSRga tegishli bo‘lgan barcha hududlarni tiklash taklifi bilan chiqdi. U misol sifatida O‘zbekistonni qo‘shib olib, u yerda rus tilini o‘rgatish kerakligini aytdi. Jamoatchilik taklifni mustaqillikka tajovuz sifatida baholab, TIV rasmiy nota yuborishi kerakligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisini saylovdagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi. 10−12-dekabr kunlari o‘tkazilgan saylovlarda 89,6 foiz ovoz yig‘gan as-Sisi ketma-ket uchinchi muddatga Misr prezidenti etib saylandi.
2024-yilgi davlat budjetidan har bir yetim bolaga sotib olinadigan bir xonali kvartira uchun 137,5 mln so‘m ajratilishi belgilangan. Senator bu pulga hatto chekka hududlarda ham kvartira topish qiyinligini aytdi. Vazir Jamshid Qo‘shqorov bu masala ko‘rib chiqilib, o‘zgartirish kiritilishini ta’kidladi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov nega O‘zbekiston oktabr oyida Rossiyadan ham gaz import qilishni boshlaganiga izoh berdi. “Asosiy sabab — ortib borayotgan talab, o‘sib borayotgan iste’mol”, — dedi energetika vaziri. U, shuningdek, Rossiyadan gaz olib kelish uchun tayyor infrastruktura bo‘lganini qayd etdi.
Bojxona qo‘mitasi xodimi sug‘urta kompaniyasi bilan til biriktirib, 145 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumonlanib ushlandi. Qo‘mita raisining o‘rinbosari u oylab kuzatilgani va noyabr oxirida ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Jinoiy guruhning bir necha a’zolari chet elga qochib ketgani aytilmoqda.
Senatning 48-yalpi majlisida Elza Shamsutdinova va Baxodir Ergashev 10 yil muddatga, Anvar Elmuradov esa muddatsiz davrga Oliy sud sudyasi etib saylandi. 8 nafar sudya lavozimidan ozod etildi.
Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, daraxtlarni noqonuniy kesgan fuqarolar 8,5 million so‘mdan 25,5 million so‘mgacha, mansabdorlar esa 17 million so‘mdan 34 million so‘mgacha jarima yoki 15 sutkalik qamoq jazosi bilan jazolanadi. 1 tup daraxt kesgan shaxs uning o‘rniga 100 tup daraxt ekishi belgilanmoqda.
O‘zbekistondagi birinchi xususiy oliy o‘quv yurti bo‘lgan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori Janpolat Kudaybergenov 45 yoshida vafot etdi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov YouTube`dagi “O‘zi nima gap?” loyihasiga bergan intervyusida 2024-yildan energoresurslarga bo‘lgan ichki ehtiyojni 100 foiz qoplash vazifasi qo‘yilganini bildirdi. “Agar buni bajarolmasak, nafaqat men, balki tizimdagi barcha mas’ullar ishlashga noloyiqmiz”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting