11-oktabrda O‘zbekistonga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kela boshlaydi. Harorat kechalari +6…+11, shimolda +2…+7, kunduzi +12…+17 darajagacha pasayadi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Bu ushbu mavsumda birinchi haqiqiy kuzgi sovuq bo‘ladi, deydi O‘zgidromet.
Jami to‘rtta 16 qavatli uydan iborat Bobur Residence turar-joy majmuasi shaharning markaziy qismlaridan birida joylashgan bo‘lib, mijozlarga qulay shartlardagi muddatli to‘lovlarni taklif qilmoqda.
Surxondaryodagi “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligida Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi noqonuniy kesib olindi. Yil boshidan buyon ayni shu o‘rmon xo‘jaligida 11,5 ming tup tojik kavragi kesilib, tabiatga 5,7 mlrd so‘m zarar yetgan.
Avstriyaning Diks shahri yaqinida bortida ikki nafar o‘zbekistonlik talaba bo‘lgan o‘quv samolyoti halokatga uchradi. O‘zbekiston elchixonasi ularning salomatligi xavf ostida emasligini bildirdi va vaziyatni nazoratga oldi.
Shanba kuni Afg‘onistonning g‘arbiy hududlarida sodir bo‘lgan 6,3 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni ikki mingdan oshdi. O‘zbekiston TIV zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida neft yetkazib berish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, neft mahsulotlarini temir yo‘l orqali yetkazib to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza — jami 71 ta medal bilan beshinchi o‘rinda yakunladi.
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti etib tasdiqlandi.
O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan fuqarolardan barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfsiz joylarda bo‘lish va rasmiy xabar berilmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qildi.
Toshkent aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash, jumladan, sun’iy qoplamani mustahkamlash ishlari boshlandi. Uzbekistan Airports jarayon parvozlarga ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda dastlabki sakkiz oyda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga yoki 3,26 mlrd kub metrga kamaygan. Avgustda ishlab chiqarish 3,92 mlrd kub metrni tashkil etdi (o‘tgan yilning avgustiga nisbatan -9 foiz). Elektr energiyasi ishlab chiqarish 5,7 foizga, ko‘mir — 10,4 foizga o‘sdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytish oldidan Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Gonkongni mag‘lub etib, 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari medalini qo‘lga kiritdi (video, foto).
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Qosim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin bilan birgalikda Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazib berishni boshlab berdi. Ikki yillik shartnoma yiliga 2,8 mlrd kub metr gaz yetkazishni nazarda tutadi.
Falastinning HAMAS guruhi Isroilga qarshi minglab raketalarni uchirdi. Kamida 40 kishi halok bo‘ldi, 700 dan ortiq kishi yaralandi, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Isroil bosh vaziri bo‘layotgan voqealarni urush deb atadi. Isroil ham G‘azoga zarbalar berishni boshladi. Asosiy ma’lumotlar.
2019-yil sentabr oyidan buyon Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Anvar Sayfutdinov Mirobod tumaniga hokim etib tayinlandi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent botanika bog‘i poytaxt hokimligiga berilishini nazarda tutuvchi qaror loyihasidan chiqarilganini ma’lum qildi. Loyihadan hokimliklar nazoratiga o‘tishi mumkin bo‘lgan yana 261 ta bog‘ o‘rin olgan.
Apellyatsiya sudi avvalroq 7 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.
Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ini Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini “nihoyatda salbiy ruhda qabul qildi”. Tashkilot hujjatni ishlab chiquvchiga o‘z e’tirozlarini yubordi va Botanika bog‘ini ro‘yxatdan chiqarib tashlashni talab qildi.
Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi vaqtida ko‘krak qafasiga koptok tegib, hushini yo‘qotdi. O‘quvchi shifoxonaga olib borilganiga qaramay, vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting