Ipakchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov Kun.uz va jurnalist Shokir Sharipovga nisbatan sudga bergan arizasini qaytarib oldi. U o‘ziga nisbatan olib borilgan tergov bo‘yicha raddiya e’lon qilishni, uzr so‘rash va 1 mlrd so‘m tovon puli to‘lashni talab qilgandi.
Toshkentdagi yana 32 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi.
Markaziy bank O‘zbekiston xalqaro zaxiralari bo‘yicha tarqalayotgan xabarlarga bergan munosabatida zaxiralar 11,3 oylik importni qoplashga yetishini bildirdi. Bu minimal talabdan qariyb 4 barobarga ko‘p. Ko‘rsatkich yil boshidan buyon 2 mlrd dollarga kamaygan.
O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitini asrash, suv taqchilligining oldini olish dolzarb vazifa bo‘lib qoladi, dedi prezident. U, shuningdek, O‘zbekiston faqat dehqonchilik bilan kun ko‘radigan mamlakat bo‘lib qolmasligi kerakligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya nutqida “hamma tizim o‘zgaradi”, deya va’da berdi. Qonunlar, odamlarni mensimaydigan, ularga qo‘pol munosabatda bo‘ladiganlar o‘rnini yoshlar egallashini bildirdi. Prezident korrupsiya bo‘lmasa, “barcha ishlar xalqqa va’da berilganidek bo‘ladi”, deya ta’kidladi.
Dilshod Azimov “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. etib tayinlandi. Avvalgi rahbar Sohib Saifnazarov prezident topshirig‘i bilan ishdan bo‘shatilgandi.
Davaktiv “Biokimyo” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va “Andijon biokimyo zavodi” AJdagi 76 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Korxonalarning ustav fondi 9,6 mlrd va 24 mlrd so‘m, ikkala zavodning ham ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,83 mln dekalitrni tashkil etadi.
Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimidagi nutqida O‘zbekistonda haqiqiy safarbarlik endi boshlanishini ta’kidladi. “Kimki „Saylov o‘tdi — safarbarlik tugadi“, deb o‘ylasa, xato qiladi”, — dedi 3-muddatga saylangan prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonda konstruktiv muxolifat faoliyati, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatish huquqlari kafolatlanishini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston prezidenti sifatida qasamyod qildi.
Zufar Narzullayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Prezident sobiq rahbar Husnutdin Xosilovni faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olgandi.
Juma kuni O‘zbekiston bo‘ylab Kavkazdan kirib kelayotgan havo harakatini davom ettiradi va barcha joylarda issiq zaiflasha boshlaydi. Dam olish kunlari harorat +33…+38 daraja, faqat ayrim joylarda 39…+40 darajagacha issiq bo‘ladi.
Hukumat ish haqini natura shaklida to‘lash tartibi bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan o‘zi yoki oilasi iste’moli uchun oziq-ovqat mahsulotlari berish, uy xizmatchilari bilan esa oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta’minlash shaklida hisob-kitob qilish mumkin bo‘ladi.
Bosh prokuratura o‘rganishi davomida Toshkent shahrida joylashgan 18 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan Bo‘zsuv kanaliga yuqori konsentratsiyada ifloslangan kimyoviy moddalar oqizilgani aniqlandi va korxonalar ogohlantirildi.
Kanokpan Lao-Araya Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bo‘ldi. Bungacha u bankning Qirg‘izistondagi vakolatxonasini boshqargan.
Tailandda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida 22 yoshli Farida Soliyeva yugurish bahslarida 2-o‘rinni, balandlikka sakrash sektorida Svetlana Radzivil 3-o‘rinni oldi. Avvalroq bosqon uloqtirish bahsida Suhrob Xodjayev kumush medalga ega chiqqandi.
Tijorat banklari 14-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 525−11 590 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 630−11 640 so‘m.
Yevroparlament deputatlari ko‘pchilik ovoz bilan Qirg‘izistonda so‘z erkinligiga bosim to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatda mamlakat rasmiylari bir qator munozarali qonun loyihalarini qaytarib olishga va qator jurnalistlarga nisbatan ayblovlarni olib tashlashga chaqirilgan.
Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va Avtoyo‘l rahbari o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Jamshid Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi bo‘ldi. U avvalroq ishdan bo‘shatilgan, sohaga 20 yildan ortiq rahbarlik qilgan Abdurahmon Abduvaliyevning o‘rnini egalladi.
G‘azalkentda qotillikda gumonlangan shaxslar ushlangani, Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi, O‘zbekiston avtomobil bozoridagi pasayish, Namanganda nashida sabab aka-singilga sud hukmi o‘qilgani, Asakadagi zavodni to‘liq qayta ishga tushiradigan UzAuto Motors va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting