Ekologiya vazirligi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilganini aniqladi. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.
Bandlik vazirligi O‘zbekistondagi 10 ta eng ko‘p ish beruvchi kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi. Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egalladi.
AQSh Senati 2040-yil oxirigacha Rossiyadan boyitilgan uranni olib kirishni taqiqlashni ma’qulladi. Rossiya hozirda Amerika AESlarida yonilg‘i sifatida ishlatiladigan uranning deyarli to‘rtdan bir qismini yetkazib beradi.
Toshkentda Mutolaa loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi — bepul mobil ilova o‘zbek tilidagi 1000 dan ortiq kitoblarni o‘z ichiga olgan, ularning yarmidan ko‘pi audio versiyasiga ega. Matnlar professional dublyaj aktyorlari tomonidan o‘qilgan.
Samarqand shahrida Сobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 15 yoshli o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida qiz shifoxonaga yotqizildi.
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosariga nisbatan firibgarlik va pora moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U sud yurituvidagi ish yuzasidan aybdor shaxsga nisbatan jazoni yengillatib berish evaziga 2000 dollar olishda gumon qilinmoqda.
Hokkey bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi finalda Tailandni mag‘lub etib, U-18 Osiyo va Okeaniya kubogida ketma-ket ikkinchi bor chempionga aylandi.
O‘zbekistonda 3−6-may kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga to‘qqizta viloyatning tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon ham kuzatiladi.
Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillar, jumladan BYD, Dongfeng, Hongqi va boshqalarni o‘z ichiga olgan taksi tarifini ishga tushiradi. Kompaniya uning joriy etilishini mijozlarning elektromobillardan foydalanish bo‘yicha barqaror talabi bilan izohladi.
Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 34−54 kilometrlari oralig‘ida 3-maygacha transport harakati cheklandi. Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchilarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.
Turkmanistonning issiqxona pomidorlari Tojikiston bozoridagi o‘zbek pomidorini butunlay chiqarib yubordi, deb yozmoqda EastFruit. Moldova va Tojikistonda pomidor narxi O‘zbekistondagiga qaraganda arzonroq, Polshada esa deyarli teng. Portal O‘zbekistonning issiqxona xo‘jaligidagi muammolariga ham to‘xtaldi.
Yangi Namangan tumanida 68 yoshli erkak ko‘chada o‘ynayotgan 7 yoshli qizni mashinasiga chiqarib, unga nisbatan uyatsiz harakatlar qilishda gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmani erkakning ichki ishlar tizimiga aloqasi yo‘qligi, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va tergov ketayotganini bildirdi.
DSQ va Savdo-sanoat palatasi muhokamalarga sabab bo‘lgan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish choralari bo‘yicha qaror loyihasi hukumatga kiritilishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishini ma’lum qildi. Loyiha to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi va biznesga salbiy ta’sir talablari bartaraf etiladi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda iste’mol narxlari oshishi 2,59 foizni tashkil etdi. Aprel oyida iste’mol narxlari 0,93 foizga oshdi.
Sardoba tumaniga hokimlik qilib kelgan Akmal Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. O‘tkirbek Ma’murov Andijonning Marhamat tumaniga, Furqatbek Bo‘taxonov esa Buloqboshi tumaniga hokim etib tayinlandi.
Buxoroda “Ark” majmuasi, “Xo‘ja kalon” masjidi, “Xusayni” va “Nodir devonbegi” madrasalari restavratsiyasi uchun ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi. Holatlar bo‘yicha Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdorlari va boshqalarga jinoiy ish ochildi.
O‘zgidromet 1−8-may kunlari Toshkent viloyatidagi Chotqol tizmasi tog‘lari hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
Qurbon Tursunov Ibragimovich Buxoro shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U bungacha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan. Shaharning avvalgi hokimi sog‘ligi yomonlashgani sabab ishdan ketgani aytildi.
AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi sud hujjatlarida birinchi marta COVID-19`ga qarshi vaksinasining tromboz shakllanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kam uchrovchi aks ta’sirini tan oldi.
Markaziy bank va Soliq qo‘mitasi p2p o‘tkazmalari miqdori ma’lum chegaradan oshib ketsa, ma’lumot almashishni boshlashi mumkin. Fuqarolar kartadan kartaga pul o‘tkazganda 100 million so‘mlik, tadbirkorlar esa 500 million so‘mlik yillik limitdan oshib ketgan taqdirda, soliq organlari ma’lumot oladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting