21 noyabr kuni Toshkentda 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda. Bo‘ron ta’siri soat 11:00 ga borib 4 ballga, 17:00 ga borib esa 3 ballgacha pasayadi.
Ekzit-poll natijalariga ko‘ra, 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovida Qosim-Jomart Toqayev g‘alaba qozondi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot chog‘ida uni saylovdagi “ishonchli g‘alaba” bilan tabrikladi.
Tijorat banklarida 21 noyabr kuni dollar 11 130 — 11 250 so‘m oralig‘ida sotib olinmoqda, sotish esa 11 240 — 11 270 so‘mni tashkil etadi.
2022 yil oxirigacha Stroymart kompaniyasi Ibn Sino Savdo Markazi hududidagi tijorat ko‘chmas mulklarini xarid qilish orqali 1 mlrd so‘m yutib olish imkoniyatini taqdim etadi.
Uzoq yillar avval Vladimir Jonibekov o‘zi bilan koinotga paxta chigitini olib chiqqan edi. Faqat hozir, parvozdan qariyb 40 yil o‘tgachgina, bu urug‘lardan yangi nav yaratildi va unga patent olindi. Bu haqda olim Shodmon Namozov «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Rossiya terma jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida durang o‘ynadi. O‘yin gollarsiz yakunlandi.
Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasida tashkil etilgan uchastkada 621 nafar saylovchidan 591 nafari ovoz berdi. Saylovda qatnashganlarning taxminiy ko‘rsatkichi 69 foizdan ko‘proqni tashkil qildi, eng yuqori — Jetisu viloyatida, eng kami esa — Olmaotada — 28,7%. Ostonada esa 48,6% saylovchi ishtirok etdi.
Andijon shahar 3-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni bartaraf etish uchun 12 ta ekipaj va 3 ta avtonarvon jalb etildi. Voqea joyiga viloyat hokimi bordi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilmoqda.
Samarqandda Xitoy fuqarosi bog‘langan itni temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirdi. Viloyat IIB unga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilganin ma’lum qildi. Avvalroq senatorlar hayvonlarga shafqatsiz munosabat uchun jinoiy javobgarlik belgilashni ma’qullagandi.
Angren shahri hokimi Alisher Raimov hududda qurilayotgan Prezident maktabi ta’minotchilari bilan muloqot chog‘ida haqoratli so‘zlar ishlatgan. Toshkent viloyati hokimligining Odob-axloq komissiyasi viloyat hokimidan Raimovga chora ko‘rishni so‘radi. Uning o‘zi qilgan ishidan «ming pushaymon»ligini bildirdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Parijda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda faqat fransuz kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasini ajratish, ularga imtiyozlar berish va mahsulotlarni xarid qilishni kafolatlashga tayyorligini ma’lum qildi. U hamkorlikning beshta yo‘nalishini sanab o‘tdi, jumladan, avtomobilsozlik.
Sirdaryo viloyatida Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi tomonidan qurilgan quvvati 220 MVt gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi. IES 20 noyabrdan elektr tarmoqlariga energiya yetkazib berishni boshladi. U yiliga 1,7 mlrd kVt/soat energi ishlab chiqarish mumkin.
Qiziriqda yerlari klasterga olib berilgan 14 nafar fermer va IIO xodimlari o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. IIV voqea ishtirokchilari o‘zlarini traktor ostiga tashlash, bir-biriga shikast yetkazishga urinmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi. Deputat Kusherbayev fermerlar Oliy sudda g‘alaba qozonganini aytdi. Munosabatlar.
Germaniyada tadbirkor Alisher Usmonov ustidan olib borilayotgan tergov Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni keskinlashtirdi, deya xabar qildi Spiegel jurnali.
Toshkentning Yashnobod tumanida qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesib tashlanishi oqibatida o‘simlik dunyosiga zarar yetkazilgandi. Deputat Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, quruvchi tashkilotdan 3,5 mlrd so‘m mablag‘ undirildi, 200 tup daraxt ham ektirilmoqda.
O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosat tamoyillari, qulay sarmoyaviy muhiti, tabiiy resurslarning ko‘pligi, «imtiyozli paketlar» va boshqa afzalliklari tufayli fransuz sarmoyasi uchun maqbul manzilga aylanishi mumkin, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Parijda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda.
Navoiy viloyati soliq boshqarmasining ikki xodimi pora bilan ushlangani xabar qilindi. Ular soliq tekshiruvi natijasini tadbirkor foydasiga ijobiy hal qilish uchun 10 ming dollar talab qilgan. Xodimlarga «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lining Qatortol ko‘chasi bilan kesishmasidan Farhod ko‘chasi bilan chorrahasigacha bo‘lgan oralig‘i 20−22 noyabr kunlari qisman yopiladi. Bu vaqtda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Veolia Energy Tashkent bosh direktori Aleksandr Xasti oilaviy sabablarga egallab turgan lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Alisher Xaytmetov korxona boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.
Shahidlar xotirasi xiyobonida 19 noyabr kuni 20 yoshli ayol o‘zini Bo‘zsuv kanaliga tashladi. Uni ikki nafar Milliy gvardiya xodimi suvdan olib chiqib, qutqargan. Hozirda ayol hushiga kelgan, ahvoli barqaror.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting