Toshkent ko‘chalaridagi yoritkichlar tunda o‘chirilishi ortidan elektr sarfi 25 foizga kamaydi
22 noyabr 2022, 14:33

Toshkent ko‘chalaridagi yoritkichlar tunda o‘chirilishi ortidan elektr sarfi 25 foizga kamaydi

Toshkent ko‘chalarini salkam 140 mingta chiroq yoritadi, bir oyda 29,5 mln kVt soat yoki 13 mlrd 279 mln so‘mlik elektr energiyasi sarflanadi. Tungi vaqtlarda chiroqlarni o‘chirib qo‘yish orqali 25% elektr energiyasi tejalmoqda, deya qayd etdi «Toshshaharnur» DUK. Bu 4400 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.

O‘zbekistonda 704,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi
22 noyabr 2022, 14:12

O‘zbekistonda 704,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi

O‘tgan 9 oy davomida 704,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi. Xususan, xalq ta’limi tizimida 47 mlrd so‘m, sog‘liqni saqlashda 30 mlrd so‘mga yaqin qonun buzilishi holatlari aniqlandi. «Bunday holatlar yildan-yilga oshib bormoqda», — deyiladi quyi palata xabarida.

Jizzaxda mast er xotinini urib o‘ldirgani aytilmoqda
22 noyabr 2022, 12:51

Jizzaxda mast er xotinini urib o‘ldirgani aytilmoqda

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida mast erkak shar’iy nikohida bo‘lgan xotinini «nega meni haqorat qilasan», deya kaltakladi. Oqibatda ayol olgan tan jarohati bilan voqea joyida vafot etdi.

Noqulay ob-havo sabab Urganch aeroporti uchta aviareysni qabul qila olmadi
22 noyabr 2022, 11:54

Noqulay ob-havo sabab Urganch aeroporti uchta aviareysni qabul qila olmadi

Urganch xalqaro aeroporti quyuq tuman va ko‘rish masofasi 300 metrdan kam bo‘lganligi sababli 3 ta aviareysni qabul qila olmadi. Moskva — Urganch yo‘lovchi reyslari Navoiy va Buxorodagi muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi.

Namanganda Malibu bilan to‘qnashgan VAZ 2101 haydovchisi vafot etdi
22 noyabr 2022, 11:47

Namanganda Malibu bilan to‘qnashgan VAZ 2101 haydovchisi vafot etdi

Namangan viloyatida Malibu va VAZ 2101 mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda VAZ 2101 haydovchisi shifoxonada vafot etdi.

Indoneziyada kuchli zilzila sabab 160 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi
22 noyabr 2022, 11:17

Indoneziyada kuchli zilzila sabab 160 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi

Indoneziyaning Yava orolida bo‘lgan 5,6 magnitudali zilzila sabab Cianjur shahrida 162 kishi halok bo‘ldi, 300 nafardan ortiq odam jarohatlandi. Uylari zarar ko‘rgan 13 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bino va maktablar vayron bo‘ldi. Qutqaruvchilar hozir vayronalar ostida qolib ketganlarni qidirmoqda.

Samarqandda qimorxona ochgani aytilgan mahalla raisi ishdan olindi
22 noyabr 2022, 11:15

Samarqandda qimorxona ochgani aytilgan mahalla raisi ishdan olindi

Tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi mahalla raisi qimorxona ochgani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi rais vakolati muddatidan oldin tugatilganini ma’lum qildi.

Tijorat banklari dollar kursi bo‘yicha takliflarni pasaytirdi
22 noyabr 2022, 10:18

Tijorat banklari dollar kursi bo‘yicha takliflarni pasaytirdi

22 noyabr kuni banklarda dollar 11 260 so‘mdan sotilmoqda, sotib olish kursi esa 11 240 — 11 175 so‘m oralig‘ida.

Germaniyadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
22 noyabr 2022, 10:11

Germaniyadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Germaniya turistik assotsiatsiyasi prezidenti Norbert Fiyebig bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Germaniyadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi.

FTA O‘zbekistondagi 1 mlrd yevrolik loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi
22 noyabr 2022, 09:43

FTA O‘zbekistondagi 1 mlrd yevrolik loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida 2025 yilgacha bo‘lgan strategik hamkorlik dasturi imzolandi. U 1 milliard yevrodan ortiq loyihalarni birgalikda amalga oshirishni nazarda tutadi.

Toshkent viloyatida qizlar yigit talashib janjallashgani aytilmoqda
22 noyabr 2022, 09:28

Toshkent viloyatida qizlar yigit talashib janjallashgani aytilmoqda

Parkent tumanida qizlar yigit talashib janjallashgani aytilmoqda. Toshkent viloyati IIBB holat yozda sodir bo‘lgani va ariza kelib tushmaganini ma’lum qildi. Videoda huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgani tufayli ma’muriy bayonnoma tuzilib, qonuniy chora ko‘rish maqsadida JIB Parkent tumani sudiga yuborildi.

AQSh va Uels JCH-2022 dagi ilk durangni taqdim etishdi
22 noyabr 2022, 02:58

AQSh va Uels JCH-2022 dagi ilk durangni taqdim etishdi

B guruhidagi ikkinchi qarama-qarshilik: AQSh — Uels uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. 1-taymda Liberiya prezidenti,1995 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Jorj Veaning o‘g‘li Timoti Vea AQShni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 2-taymda Garet Beyl penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

JCH-2022 ning uchinchi o‘yini ham sensatsiyalarsiz o‘tdi: Niderlandiya Senegal ustidan g‘alabaga erishdi
22 noyabr 2022, 00:04

JCH-2022 ning uchinchi o‘yini ham sensatsiyalarsiz o‘tdi: Niderlandiya Senegal ustidan g‘alabaga erishdi

A guruhidan joy olgan Senegal va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik niderlandlarning 0:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning asosiy qismi pozitsion hujumlar bilan o‘tdi va Niderlandiya faqat o‘yinning oxiriga kelibgina hisobda oldinga chiqib olishdi.

Rosatom korxonasi Yadro fizikasi institutining ayrim obyektlarini ekspluatatsiyadan chiqarishda qatnashadi
21 noyabr 2022, 22:47

Rosatom korxonasi Yadro fizikasi institutining ayrim obyektlarini ekspluatatsiyadan chiqarishda qatnashadi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti va Rosatomning «TVEL» kompaniyasi o‘rtasida institut hududida joylashgan binolardan biri va past aktivli chiqindilarni saqlash omborxonasini ni ekspluatatsiyadan chiqarishda hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

21 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 noyabr 2022, 22:00

21 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Fransiyaga kelgan Shavkat Mirziyoyev, o‘zi va 3 bolasini suvga tashlaganiga qamoqqa olingan ayol, Qozog‘istonning yangi prezidentini «ishonchli g‘alaba» bilan tabriklagan Mirziyoyev, Surxondaryodagi yo‘lto‘sarlar, «Ayollar daftari»dagi boshpanasizlarga ijtimoiy uy berilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

«Uglerod chiqarishni hozirdanoq qisqartirishimiz kerak — ammo bu masalaga yechim topilmadi» — COP27 yakunlari
21 noyabr 2022, 21:34

«Uglerod chiqarishni hozirdanoq qisqartirishimiz kerak — ammo bu masalaga yechim topilmadi» — COP27 yakunlari

BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 27-konferensiyasida iqlim ofatlaridan jabr ko‘rgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish jamg‘armasini tashkil etishga qaror qilindi. Shu bilan birga, qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechish va global isishni Selsiy bo‘yicha 1,5 daraja oralig‘ida ushlab turish zarurati masalalari ochiq qoldi.

Birinchi yarim yillikda O‘zbekiston tashqi qarzi $0,3 mlrdga kamaydi
21 noyabr 2022, 20:53

Birinchi yarim yillikda O‘zbekiston tashqi qarzi $0,3 mlrdga kamaydi

Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, yanvar-iyun holatiga davlat qarzi 26 mlrd dollarni (YAIMga nisbatan 35,1%) tashkil etdi. Yanvar-iyun oylarida davlat tashqi qarzi portfeli tarkibidagi valyuta kurslarining o‘zgarishi (yapon iyenasi, SDR va yevro) qarz qoldig‘ining kamayishiga olib keldi.

JCH-2022: Angliya — Eron uchrashuvida sakkizta gol kiritildi
21 noyabr 2022, 20:48

JCH-2022: Angliya — Eron uchrashuvida sakkizta gol kiritildi

Dohada JCH-2022 B guruhidagi ilk uchrashuv 6:2 hisobida yakunlandi. O‘yinga hakam jami 24 daqiqa (14+10) qo‘shib berdi. Angliya terma jamoasi Eronni yirik hisobda mag‘lub etib, hozircha guruhda peshqadamga aylandi.

O‘zbekiston prezidenti Fransiyaga keldi
21 noyabr 2022, 19:16

O‘zbekiston prezidenti Fransiyaga keldi

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. U Emmanuel Makron bilan uchrashib, Luvr va Arab dunyosi institutida O‘zbekistonning qadimiy madaniyati ko‘rgazmalarining ochilishida ishtirok etadi. Tashrif doirasida 14 ta hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

To‘rtta holatda 7 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi
21 noyabr 2022, 16:26

To‘rtta holatda 7 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 4 ta holatda jami 7,2 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslarni qo‘lga oldi. Kreditlarning asosiy qismi chorvachilik, parrandachilik bilan shug‘ullanish uchun olingan. Hozirda gumondorlarga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting