Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketini qabul qildi. U Rossiyadan zargarlik buyumlari olmoslarini olib kirishni, shuningdek, o‘ta nozik tovarlar va texnologiyalarni reeksport qilishni taqiqlashdan iborat.
Poytaxtning Yashnobod tumanidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ayol hamda uning 8 va 5 yoshli ikki qizi halok bo‘ldi.
Misrning amaldagi rahbari Abdulfattoh as-Sisi 10−12-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida 89,6 foiz ovoz to‘pladi. Bu Sisining uchinchi prezidentlik muddati hisoblanadi.
19-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimida qatnashish uchun Qatar amiri Toshkentga keladi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar ham bo‘ladi.
Oliy sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bosh prokuror o‘rinbosari iltimosnomasidan so‘ng hibsga olingani haqida xabar berdi. U o‘zlashtirish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda.
Toshkent shahrida firibgarlik va tovlamachilikda gumonlanib olti nafar shaxs qo‘lga olindi. Poytaxt IIBB ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan fuqarolar tegishli joylarga murojaat qilishini so‘radi.
Kompyuter elektronikasining jahondagi yetakchi brendlaridan biri ASUS 31-oktabr kuni e’lon qilingan “Men kelajak dunyosini qanday ko‘raman” nomli bolalar rasmlari tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hozirgi tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Vazirlikning viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi. Ularning vazifalari hamda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalari Savdo-sanoat palatasiga o‘tkaziladi.
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olindi, deb xabar berdi “Gazeta.uz” manbasi. U iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.
Umida Omonova shaxmatning blits yo‘nalishida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik shaxmatchilar boshqa yo‘nalishlarda ham medallarga sazovor bo‘ldi.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha tana massasi indeksi 1 kvadrat metrga 26,5 kg ni tashkil qilmoqda. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2060-yilga borib semizlik oqibatida iqtisodiyotga yetadigan zarar 21,6 mlrd dollargacha oshishi kutilmoqda, bu — YAIMning 4,7 foiziga teng.
Namangan shahriga Anvarjon Otaxodjayev yangi hokim bo‘ldi. Shuningdek, viloyat hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi.
2023-yil 31-dekabr kuni O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomalari va 2015-yildan keyin berilgan “texpasport”larni almashtirish yakunlanadi. 1-yanvardan eski hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Noyabr oyida Toshkentda uy ijarasining o‘rtacha narxi 2,1 foizga pasayib, kvadrat metri uchun 9,3 dollarni tashkil etdi, deya ma’lum qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Poytaxtning 10 ta tumanida ijara narxi tushgan, bunda eng arzon hududlar Sergeli va Bektemir bo‘lib turibdi.
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Darslarga 11-yanvardan qaytiladi.
Tarmoqlarda Buxoro shahrida qurilishi taxmin qilingan turizm markazi kompleksi surati tarqaldi. Shahar hokimligi surat e’lon qilingan xabar “hech qanday qonuniy asosga ega” emasligini ta’kidladi. Hokimlik, shu bilan birga, shunday sayyohlik kompleksi qurilishi rejalashtirilganini tasdiqladi.
Yangi Namangan tumanida er-xotin hamda ularning 19 va 14 yoshli qizlari pechkadan tabiiy gaz isi chiqishi oqibatida zaharlanib vafot etdi.
Seshanbadan nisbatan sovuq havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqalib, aksariyat hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi. 19−21-dekabr kunlari harorat kechasi −0…−10 darajagacha, kunduzi −2…−7 darajagacha pasayadi. Jumadan havo +9 darajagacha isiydi.
O‘zbekistonda noyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etib, oktabrga nisbatan 0,7 foizga pasaydi. Eng yuqori daraja pensionerlar va ta’lim sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmati narxlari Toshkentda aholi uchun 7500 so‘m etib belgilandi. Tariflar, shuningdek, Buxoro va Namangan viloyatlarida ham oshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting