Hukumat qarori bilan gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi bo‘yicha texnik reglament tasdiqlandi. Hujjat bilan gaz yoqilg‘isida ishlovchi apparatlarning ro‘yxati tasdiqlanmoqda.
Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Toshkent avtobuslarida yo‘l haqi endi faqat karta va QR-kodli chiptalar bilan to‘lanadi. Bir martalik QR-kodli chiptani Paynet, MultiPay yoki Oson infokiosklaridan sotib olish mumkin. “Gazeta.uz” avtobus bekatida chipta olish amaliyotini sinab ko‘rdi. Bu vaqtda tizimdagi ayrim kamchiliklar ham yuzaga chiqdi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1-iyuldan boshlab elektron tijorat operatorlari sifatida faqat O‘zbekiston rezidentlari — davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslar faoliyat yuritishi mumkin.
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning pornoaktrisaga qilgan to‘lovlarini yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani bo‘yicha sud hukmi 10-yanvar kuni — uning inauguratsiyasidan 10 kun oldin e’lon qilinadi. Sudya siyosatchiga nisbatan qamoq yoki jarima tayinlash niyati yo‘qligidan ogohlantirdi.
Hukumat qarori bilan maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Unga ko‘ra, xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomati, oziq-ovqat xarajatlari “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi orqali hisobga olib boriladi.
Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning vazifalari belgilandi. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tahliliy hujjatlarni hamda ichki va tashqi siyosatga oid takliflarni muntazam ravishda prezidentga kiritib borish shular jumlasidan.
Haydovchi Toshkentda BMW sport mototsiklida soatiga 310 km tezlikda harakatlanib, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda video joylashtirdi. U tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortildi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab bino yoki avtomobilni ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun eng kam ijara stavkalari oshirildi. Xalq deputatlari kengashlari ijara stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashlari mumkin bo‘ladi.
“Bedana” qo‘shig‘i bilan xalqqa tanilgan xonanda Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etdi.
Nukus shahridagi FVVga qarashli harbiy qismda bir yillik xizmatni o‘tayotgan 19 yoshli askar 5 kishini pichoqladi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi, qolganlariga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ish Harbiy prokuratura yurituviga olindi.
3-yanvar kuni Yugur.uz platformasida Men G‘olib Run ommaviy yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi. Har yillik sport tadbiri Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligini nishonlashga bag‘ishlanadi.
Shokolad va yalpizli tort, medovik, “Graf vayronalari”, “Napoleon” va boshqa tort retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari Yevropa Ittifoqi nomidan Suriyaga borib, muzokaralar o‘tkazdi. Ular Suriya xalqiga hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishda yordam berish, huquqlar kafolatlari, Rossiyaning u yerdagi harbiy bazalarini yopish kabi masalalarni muhokama qildi.
Prezident 2025-yilda Turkiston jadidlik harakati asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Mutafakkir hayotiga oid ijodiy uchrashuv, ilmiy konferensiya va tanlovlar o‘tkazilib, Qarshidagi ko‘chaga uning nomi beriladi.
Toshkent shahrida 5-yanvar kuni Qurolli Kuchlar 33 yilligi munosabati bilan Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari o‘tkaziladi. Parad “G‘alaba bog‘i”dan boshlanib, Magic City’gacha davom etadi. Soat 11:00 dan 13:00 gacha bir qator ko‘chalar yopiladi.
2025-yilda “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida to‘xtab o‘tishni boshlaydi. Shuningdek, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on o‘rtasida elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Samarqand hokimligi prezident qaroriga (jamoatchilik uchun ochiq emas) tayanib ma’lum qildi.
Sud apellyatsion instansiyasi metan-zapravka yopilgani haqidagi keskin nutqidan so‘ng 15 sutkaga qamalgan haydovchi G‘ayrat Do‘stovning hibs muddatini 8 sutkaga qisqartirdi va ozod qildi. Sudyaning qilgan ishidan pushaymonligi va holat janjalga arzishi haqidagi savoliga u “yo‘q, arzimaydi”, deb javob berdi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda ikkinchi va uchinchi AES qurilishini istisno qilmadi. “Men Qozog‘iston atom energetikasi rivojlangan davlatga aylanishi kerak, deb hisoblayman. Uning kelajagi porloq”, — dedi u.
Prezident 2025-yil uchun davlat budjeti ijrosini ta’minlashga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Mahalliy budjetlar daromadini va mustaqilligini oshirish, xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolish rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi, dedi Mirziyoyev.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting