Qoraqalpog‘istonda kadrlar o‘zgarishi davom etmoqda. Bungacha Qo‘ng‘irot tumani ichki ishlar bo‘limiga rahbarlik qilgan Baxtiyar Torebekov respublika ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi.
Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun buzilishi haqidagi xabarini rad etdi. Huquqbuzarliklar Mudofaa vazirligi budjet mablag‘lariga aloqasi bo‘lmagan «Xarbiy savdo» korxonalarining 5 yillik faoliyati davomida sodir etilgan, deyiladi xabarda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni IT-mutaxassislar bilan uchrashib, mas’ul rahbarlarga internet qamrovi va sifatini keskin oshirish, Astrum namunasida hududlarda IT-akademiyalar tashkil etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va raqamlashtirishni birinchi galdagi vazifalar qatoriga olib chiqishni buyurdi.
Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida mamlakatlarning eng muhim mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha birlashgan pozitsiyalarini aks ettiruvchi deklaratsiya imzolanishi rejalashtirilmoqda — Vladimir Norov SHHT sammitida qanday masalalar ko‘rilishi haqida ma’lum qildi.
RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi yakunida Rossiya O‘zbekiston bilan Afg‘onistondagi mavjud voqelikni tan olish va hozirgi rahbariyat bilan shu haqiqatlarga asoslanib ishlash kerakligi borasida juda yaqin pozitsiyaga egaligini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev va Sergey Lavrov Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal etish va iqtisodiy tiklanishiga ko‘makni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan Samarqandda o‘tkaziladigan SHHT sammiti kun tartibini, shuningdek, kambag‘allikka qarshi kurashish, innovatsiyalar, muqobil energetika, bulutli texnologiyalar va IT sohasida Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
AQSh Senati Amerikaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodini tasdiqladi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Deniyel Rozenblyum esa mamlakatning Qozog‘istondagi elchisi bo‘ldi.
O‘zbekiston va Isroil hukumatlari o‘rtasida o‘zbekistonlik ishchilarni Isroil mehnat bozorining maxsus sektorlarida vaqtincha ish bilan ta’minlash to‘g‘risida bitim imzolandi.
Anomal issiq paxtachilik uchun favqulodda vaziyat, lekin barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, hosilni saqlab qolish zarur, dedi prezident. Shavkat Mirziyoyev barcha hududlarda g‘o‘zani parvarishlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni amalga oshirish uchun «dolzarb 30 kunlik» e’lon qildi.
Prezident Administratsiyasi rahbarining yangi o‘rinbosari Komil Allamjonov Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi lavozimini tark etishi hamda barcha bizneslarini boshqa egalariga topshirishini ma’lum qildi. “Chunki men manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiman”, — dedi u.
Komil Allamjonov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Amanbay Orinbayev lavozimidan ozod qilindi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanda Rossiya maxsus vakili muvaqqat hukumatning xorijda muzlatilgan 7 mlrd dollarni qaytarish bo‘yicha talablarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. «Fuqarosi kuniga 1 dollardan kam daromad oladigan davlatning 7 mlrd dollarini o‘g‘irlash jinoyat hisoblanadi», — dedi u.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati TIV rahbari Amirxon Muttaqiy mamlakat barcha va’dalarini bajarayotganini aytib, AQShni «so‘zsiz va hech qanday shartlarsiz» afg‘on aktivlarini qaytarishga chaqirdi. U barchani Afg‘onistonga mintaqada xavfsizlik va barqarorlikka xizmat qiladigan sarmoyalar kiritishga ham chorladi.
O‘zbekiston prezidenti Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalarni uzishga chaqirdi. Bu haqda u Afg‘oniston TIV rahbari v.b. Amirxon Muttaqiy ishtirok etayotgan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ta’kidladi.
Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Afg‘onistonning xorijdagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash mamlakatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishning asosiy omillaridan biri ekanligini ta’kidladi. Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev ham xalqaro hamjamiyatga aktivlarni qaytarishni taklif qilgandi.
Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov xalqaro konferensiyada Afg‘oniston hukumati oldida turgan muhim vazifalarni sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «inklyuziv hukumat tuzilishi, xotin-qizlar huquqlari ta’minlanishi, afg‘onlar maktab ta’limiga qabul qilinishi — afg‘on xalqi uchun tinch kelajak kafolatidir».
Vazirlar Mahkamasi bitta qarori bilan o‘zining 422 ta qarorini bekor qildi. Bunda «tartibga soluvchi gilotina» usulidan foydalanildi.
24 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan qo‘shni davlatlar rahbarlari, shuningdek, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya va Turkiya rahbarlari tabrikladi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov unga ikkita ot sovg‘a qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting