Siyosat

O‘zbekiston harbiy prokurori endi prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi
31 oktabr 2023, 11:54

O‘zbekiston harbiy prokurori endi prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi

“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi O‘zbekiston harbiy prokurori bosh prokuror taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
31 oktabr 2023, 09:59

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Azim Nazarov qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Akmal Qosimov va Bunyod Oxunov vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Prezident bosh vazir o‘rinbosarlariga maktablar qurilishiga ajratilayotgan pullarning maqsadli sarflanishini nazorat qilishni topshirdi
30 oktabr 2023, 22:31

Prezident bosh vazir o‘rinbosarlariga maktablar qurilishiga ajratilayotgan pullarning maqsadli sarflanishini nazorat qilishni topshirdi

Prezident Qarshi tumanidagi ta’mirdan chiqqan 12-maktabga tashrifidan so‘ng amalga oshirilgan ishlardan norozi bo‘lib, bosh vazir o‘rinbosalari Achilbay Ramatov va Jamshid Qo‘chqorovga maktablarni qurish va ta’mirlash jarayonlari hamda mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha topshirib berdi.

Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
30 oktabr 2023, 18:10

Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga Asilbek Xudayarov birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Shuningdek, Gayane Umerova departament rahbari o‘rinbosari lavozimiga kirishdi. Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i bo‘lgan Jobir Azimov esa prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Latviya poytaxtida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi
30 oktabr 2023, 12:09

Latviya poytaxtida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi

Riga shahrida O‘zbekistonning Boltiqbo‘yidagi birinchi faxriy konsulligi ochildi. Unga shahardagi O‘zbekiston cavdo uyi rahbari Vladimir Galperin konsul etib tayinlandi.

O‘zbekistonda shaxslarni qo‘lga olish vaqtida Miranda qoidasi tushuntirilyaptimi?
30 oktabr 2023, 11:33

O‘zbekistonda shaxslarni qo‘lga olish vaqtida Miranda qoidasi tushuntirilyaptimi?

O‘zbekistonda shaxslar jinoyatda gumonlanib, qo‘lga olinayotganda ularning huquqlari tushuntirilyaptimi? Bloger Olimjon Haydorovga ham Miranda qoidasi o‘qib eshittirildimi? “Gazeta.uz” yangi Konstitutsiya bilan kuchga kirgan ushbu qoida amalda qanchalik ishlayotgani haqida huquq-tartibot idoralariga so‘rov yubordi.

O‘zbekiston harbiylari Koreyadagi xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi
30 oktabr 2023, 10:15

O‘zbekiston harbiylari Koreyadagi xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari Koreyada NATO standartlari asosida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin esa AQSh va Koreya jamoalariga nasib etdi.

O‘zbekiston prezidenti maktab qurilishi standartlarini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi
30 oktabr 2023, 10:00

O‘zbekiston prezidenti maktab qurilishi standartlarini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi

O‘zbekiston prezidenti Qashqadaryoga tashrifi davomida Qarshi tumanidagi 12-maktabning kamchiliklariga e’tibor qaratdi va maktab qurilishi standartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Mirziyoyev Erdog‘anni Turkiya Respublikasining 100 yilligi bilan tabrikladi
29 oktabr 2023, 13:13

Mirziyoyev Erdog‘anni Turkiya Respublikasining 100 yilligi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning milliy bayrami — Respublika e’lon qilingan kunning 100 yilligi munosabati bilan Rejep Tayyip Erdog‘anga tabrik yo‘lladi.

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevga hamdardlik bildirdi
28 oktabr 2023, 19:12

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot davomida Qarag‘anda viloyatidagi konda ro‘y bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi. O‘zbekiston zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi ma’lum qilindi.

Surayyo Rahmonova bolalar ombudsmani etib saylandi
28 oktabr 2023, 13:31

Surayyo Rahmonova bolalar ombudsmani etib saylandi

Senatorlar Surayyo Rahmonovani O‘zbekiston bolalar ombudsmani lavozimiga sayladi. Uning nomzodi prezident tomonidan ko‘rsatilgan va Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlagandi.

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan elchixonaga kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘raldi
28 oktabr 2023, 09:27

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan elchixonaga kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘raldi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolardan raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslik va elchixonaga konsullik xizmatlarini olish uchun kelishni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘radi.

Yana bir bor tomonlarni qurolli mojaroni to‘xtatishga chaqiramiz — O‘zbekiston TIV Isroil-Falastin urushi bo‘yicha
27 oktabr 2023, 17:25

Yana bir bor tomonlarni qurolli mojaroni to‘xtatishga chaqiramiz — O‘zbekiston TIV Isroil-Falastin urushi bo‘yicha

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Falastin, Isroil va yana 7 ta mamlakatning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilinib, G‘azo sektoridagi vaziyat haqida gaplashildi. Bolalar qurbon bo‘layotgan mojaroni to‘xtatishga yana bir bor chaqiramiz, deydi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov.

Sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi
27 oktabr 2023, 16:25

Sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi

Senat ma’qullagan qonunlarga ko‘ra, sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi. Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda.

O‘zbekiston MDH mamlakatlari energiya tizimi yaxlit ishlashi uchun sharoitlar yaratishni taklif qildi
27 oktabr 2023, 15:55

O‘zbekiston MDH mamlakatlari energiya tizimi yaxlit ishlashi uchun sharoitlar yaratishni taklif qildi

Bosh vazir Abdulla Aripov MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi majlisida hamdo‘stlik mamlakatlari energetika tizimlarining yaxlit ishlashi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, MDHning yagona elektron tijorat platformasini yaratishni taklif etdi.

O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi ish boshladi
27 oktabr 2023, 14:53

O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi ish boshladi

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi etib tayinlangan Baxtiyor Ibragimov Vena shahriga yetib bordi. Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Nyu-Yorkda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.

Abdulla Azizov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori bo‘ldi
27 oktabr 2023, 10:58

Abdulla Azizov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori bo‘ldi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori etib Abdulla Azizov tayinlandi. U bunga qadar “OKMK” boshqaruvi raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi o‘z vazifasini bajarishga kirishdi
26 oktabr 2023, 22:59

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi o‘z vazifasini bajarishga kirishdi

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi Nodir G‘aniyev o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Elchixona 2022-yilda ochilgan edi.

Qashqadaryoning ikki tumaniga yangi hokimlar tasdiqlandi
26 oktabr 2023, 22:42

Qashqadaryoning ikki tumaniga yangi hokimlar tasdiqlandi

O‘zbekiston prezidenti tashrifidan so‘ng Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Dehqonobod tumanlarida hokimlar almashtirildi.

O‘zbekiston SHHTning yangi iqtisodiy muloqot dasturini qabul qilishni taklif etmoqda
26 oktabr 2023, 20:51

O‘zbekiston SHHTning yangi iqtisodiy muloqot dasturini qabul qilishni taklif etmoqda

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida yuqori texnologiyalarni rivojlantirish va tashkilot hududida soddalashtirilgan oziq-ovqat harakatini ta’minlash bo‘yicha yangi iqtisodiy muloqot dasturini qabul qilishni taklif etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting