Siyosat

«O‘zbekistonda iyerarxiya juda vertikal bo‘lib qolmoqda» — Germaniya elchisi
11 may 2022, 18:08

«O‘zbekistonda iyerarxiya juda vertikal bo‘lib qolmoqda» — Germaniya elchisi

O‘zbekistonda davlat hokimiyati iyerarxiyasi «juda vertikal» bo‘lib qolmoqda, bu «fuqarolar, fuqarolik jamiyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlariga rivojlanish va jalb qilinishiga yetarli imkoniyatlar bermayapti», deya ta’kidladi Germaniya elchisi Tilo Klinner.

Bundan buyon turli vajlar bilan fermerdan g‘allasini olib qo‘yish taqiqlanadi — prezident
11 may 2022, 17:51

Bundan buyon turli vajlar bilan fermerdan g‘allasini olib qo‘yish taqiqlanadi — prezident

Bundan keyin tumanda reja bajarilmayapti, chorva, parranda yoki baliqchilikka ozuqa-yem kerak, degan vajlar bilan fermerlar g‘allasini olib qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi. Bundan tashqari, birja orqali sotilgan bug‘doyga hududlararo cheklov qo‘yilmaydi. Prezident bosh prokuror, viloyat, tuman va shahar prokurorlari buni shaxsan nazoratiga olib, fermerni norozi qilgan rahbarlarga qat’iy chora ko‘rishni buyurdi.

Prezident: «Narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li — bozorda taklifni ko‘paytirish»
11 may 2022, 16:35

Prezident: «Narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li — bozorda taklifni ko‘paytirish»

Shavkat Mirziyoyev jahon bozorida oziq-ovqat narxi kun sayin ortib borayotgani, jumladan, bug‘doy narxi yil boshidan beri 30 foizga qimmatlashganini aytdi. «Narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li bu — bozorda taklifni ko‘paytirish hisoblanadi», — dedi u. Qolaversa, «O‘zdonmahsulot» tarkibidagi 43 ta don korxonasi xarajatlari yuqoriligi, biroq rentabelligi 2 baravar pastligi tanqid qilindi.

O‘zbekiston 140-mamlakat bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi
11 may 2022, 11:41

O‘zbekiston 140-mamlakat bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi

O‘zbekiston Karib dengizi havzasining yana bir davlati — Sent-Vinsent va Grenadin orollari bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi.

Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish taklif etilmoqda
10 may 2022, 16:54

Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish taklif etilmoqda

Adliya vazirligi manfaatlar to‘qnashuvini alohida qonun bilan tartibga solish taklifini bildirdi. Unga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish va oldindan xabar berish tartibi belgilanmoqda, bunga amal qilmaganlar esa jarimaga tortiladi. Antikorrupsiya agentligiga ma’muriy bayonnoma tuzish vakolatini berish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyatni diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi
10 may 2022, 10:07

O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyatni diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi

O‘zbekiston TIV Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotirdaligini bildirib, tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqirdi. Aprel o‘rtalaridan beri Falastin va Isroil o‘rtasidagi keskinlik yana kuchaygandi.

Shavkat Mirziyoyev: «Bugun dunyo tahlikali bo‘lib borayapti»
9 may 2022, 13:47

Shavkat Mirziyoyev: «Bugun dunyo tahlikali bo‘lib borayapti»

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi. U urush faxriylarini bayram bilan tabriklab, dunyoda har daqiqa sinovli bo‘layotganligini ta’kidladi. «Xalqimiz hayotiga shu ta’sirni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘ryapmiz», — dedi prezident.

«Oson bo‘lmaydi». Adliya vaziri — davlat organlari apparatini optimallashtirish to‘g‘risida
8 may 2022, 12:58

«Oson bo‘lmaydi». Adliya vaziri — davlat organlari apparatini optimallashtirish to‘g‘risida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Adliya vazirligi tuzilmasini optimallashtirish va boshqaruv apparatini qisqartirish budjetga kamida 100 mlrd so‘mni tejash imkonini berganini ta’kidladi. Boshqa vazirliklarda ham shunday o‘zgarishlar kutilmoqda, biroq bu oson bo‘lmaydi, chunki davlat idoralari ularning funksiya va vakolatlarini qisqartirishdan manfaatdor emas, dedi u. Adliya vazirligi rahbari O‘zbekiston xalqaro reytinglarda o‘z o‘rnini yaxshilash borasida qanday ishlar olib borilayotganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Klasterlar, qayta ishlash, R&D markazlari. Elektrotexnika ishlab chiqarish va uni eksport qilishni qanday oshirish mumkin?
7 may 2022, 11:33

Klasterlar, qayta ishlash, R&D markazlari. Elektrotexnika ishlab chiqarish va uni eksport qilishni qanday oshirish mumkin?

Prezident 2023 yilda elektrotexnika mahsulotlari eksportini 1 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Hududlarda umumiy qiymati 100 million dollardan kam bo‘lmagan elektrotexnika loyihalarini ishga tushirish, Toshkent shahridagi «Texnopark» kabi klasterlar tashkil etish, misni qayta ishlashni ko‘paytirish, «Elektroapparat», «Texnopark», Artel va Uzkabel kabi qo‘shma korxonalarda tajriba-konstruktorlik va R&D markazlarini tashkil etish va boshqa chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

O‘zbekiston TIV Aleksandr Lukashenkoning OAVda tarqalgan so‘zlariga munosabat bildirdi
6 may 2022, 22:56

O‘zbekiston TIV Aleksandr Lukashenkoning OAVda tarqalgan so‘zlariga munosabat bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Sputnik`ning mamlakat Rossiya va Belarusdan iborat Ittifoq davlatiga qo‘shilishi mumkinligi haqidagi xabariga javob berdi. Prezident Aleksandr Lukashenko sobiq SSSR respublikalari ittifoqqa qo‘shilishiga ishonch bildirgan.

Kreditlar, Afg‘oniston, Ukraina. Yaponiya TIV rahbarining O‘zbekistonga tashrifining asosiy mavzulari
6 may 2022, 20:08

Kreditlar, Afg‘oniston, Ukraina. Yaponiya TIV rahbarining O‘zbekistonga tashrifining asosiy mavzulari

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi Toshkentga tashrifi chog‘ida 200 mln dollargacha kredit ajratilishini ma’lum qildi, O‘zbekiston bilan Afg‘onistonda inklyuziv siyosiy tizimni yaratish va qizlar ta’limini tezroq tiklash, Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha hamkorlik qilish istagini bildirdi. O‘zbekiston Yaponiya sun’iy yo‘ldoshlari va texnologiyalari yordamida iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari chegaradagi hodisani muhokama qildi
6 may 2022, 18:57

O‘zbekiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari chegaradagi hodisani muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov va Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev telefon orqali muloqotda chegaradagi otishmani muhokama qildi.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida o‘q uzilgan 3 qirg‘izistonlik noqonuniy tovar olib o‘tgani ma’lum bo‘ldi
6 may 2022, 15:27

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida o‘q uzilgan 3 qirg‘izistonlik noqonuniy tovar olib o‘tgani ma’lum bo‘ldi

DXX o‘zbek chegarachilari 3 nafar qirg‘izistonlikka o‘q uzgani haqidagi xabarlar yuzasidan bayonot berib, ularning chegaradan ko‘p miqdordagi yuklarni noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi. Qoidabuzarlarning bir guruhi harbiy xizmatchilarga qarshilik ko‘rsatib, kuch ishlatgan.

Mir-Akbar Rahmankulov prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi
6 may 2022, 10:36

Mir-Akbar Rahmankulov prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari Mir-Akbar Rahmankulov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tez yordam xizmatining uchta «xo‘jayini» bor, yagona boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilmagan — prezident
5 may 2022, 18:28

Tez yordam xizmatining uchta «xo‘jayini» bor, yagona boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilmagan — prezident

Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning o‘zida viloyatlardan tez tibbiy yordam brigadasi kechikib kelishi bo‘yicha 50 mingdan ortiq shikoyat kelib tushganini tanqid qildi. «Sababi, sohada yagona boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilmagan, ya’ni tez tibbiy xizmatning uchta „xo‘jayini“ bor», — dedi prezident. Eng katta muammo — shoshilinch yordam bemorga yaqin shifoxonada emas, bakli faqatgina biriktirilgan shifoxonada ko‘rsatilishida ekanligi aytildi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mintaqadagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi
5 may 2022, 11:27

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mintaqadagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari telefon orqali muloqoti davomida bir-birini Ramazon hayiti bilan tabriklab, ikki tomonlama hamkorlik va Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. Qolaversa, Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni O‘zbekistonga taklif qildi.

TIV O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida otishma bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi
4 may 2022, 12:45

TIV O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida otishma bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi

O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida o‘zbek chegarachilarining o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan otishma haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya xabar bermoqda TIV. «Chegaradagi vaziyat tinchligicha qolmoqda, janubiy chegaralarni himoya qilish odatdagi rejimda olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida ko‘tarildi, biroq vaziyat «murakkab”ligicha qolmoqda
3 may 2022, 15:50

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida ko‘tarildi, biroq vaziyat «murakkab"ligicha qolmoqda

O‘zbekiston «Chegarasiz reportyorlar» tashkilotining matbuot erkinligi reytingida 24 pog‘onaga ko‘tarilib, 133-o‘rinni egalladi. Bunday keskin o‘zgarish reyting metodologiyasining yangilangani bilan bog‘liq. Mamlakatda so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat oldingidek «murakkab» deya baholanmoqda.

Prezident Ramazon hayiti bilan tabrikladi
1 may 2022, 22:10

Prezident Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Prezident o‘zining bayram tabrigida Ramazon hayiti dunyo ahlini o‘zaro do‘st va birodar bo‘lib, totuvlik va hamkorlikda yashashga da’vat etishini ta’kidladi. «Yurtimizda barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, qadimiy va o‘lmas qadriyatlarga tayangan holda taraqqiyot sari jadal odimlash — davr talabidir», — dedi u.

O‘zbekiston harbiy texnikalarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti
1 may 2022, 18:55

O‘zbekiston harbiy texnikalarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti

O‘zbekiston o‘tgan yil avgustida mamlakatga uchib kelgan harbiy samolyot va vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti, chunki ular AQSh mulki hisoblanadi va bu masala rasmiy Vashington tomonidan hal qilinishi kerak. Bu haqda «Amerika Ovozi»ga bergan intervyusida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting