Tursinxan Xudaybergenov mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. U 2018 yilning aprelidan beri FVVga rahbarlik qilib kelayotgandi. Qolaversa, Tursinxan Xudaybergenov prezident maslahatchisi lavozimini ham saqlab qoldi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Ukrainadagi voqealarga munosabat bildirib, Rossiya va Ukraina muzokaralar stolida o‘zaro til topishib olishi kerakligini aytdi. «Biz har ikkila davlatni ham muzokaralar stolida til topishishga chaqiramiz. Xayrli janjaldan ko‘ra zaif tinchlik yaxshiroq», — dedi u.
28 fevral kuni soat 23:00da Toshkent aeroportiga Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning birinchi reysi qo‘ndi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida turli davlatlar o‘z havo hududini Rossiya fuqaro aviatsiyasi uchun yopishni boshladi. Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqining barcha 27 ta a’zo-davlati rus samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopgan. Shuningdek, Kanada Yevropa hududidan tashqarida joylashgan davlatlar orasida parvozlarni cheklagan ilk mamlakat bo‘ldi.
Rossiya 22-fevral kuni DXR hamda LXR mustaqilligini rasman tan olganligini e’lon qildi. Jahon hamjamiyati mazkur hududlarni Ukraina hududining bir qismi deb hisoblaydi. “Gazeta.uz” dunyodagi boshqa shu kabi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan, biroq jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan yoki qisman tan olingan hududlar to‘g‘risida hikoya qiladi.
Shavkat Mirziyoyev turkiyalik hamkasbi Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti davomida uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Qolaversa, prezidentlar Toshkentda o‘tadigan Strategik hamkorlik bo‘yicha oliy darajadagi kengashning navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ham muhokama qildi.
O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov Ukrainaning sharqiy va markaziy viloyatlaridagi o‘zbekistonliklar Polsha bilan chegaradosh Lvov shahriga xavfsiz yetkazishni vaqtincha iloji bo‘lmayotganini ma’lum qildi. Bunga shaharlar o‘rtasida avtomobil va temir yo‘l aloqalari to‘xtatilgani sabab bo‘lmoqda. Ta’kidlanishicha, talabalar masalalari elchixona va Ukrainadagi diaspora vakillari hamkorligida hal etilmoqda.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Rossiyaning Ukrainada amalga oshirayotgan harbiy harakatlari bo‘yicha O‘zbekistonning pozitsiyasi qanday ekanligiga oydinlik kiritdi. «O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada. Biz keng mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot bo‘lishidan manfaatdormiz. Barcha bahs va kelishmovchiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi lozim», — deya ta’kidladi u.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston hamda Pokiston hukumatlari o‘rtasida tranzit savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Mazkur hujjat 2021 yilning 15 iyulida Pokiston bosh vaziri Imron Xonning Toshkentga tashrifi doirasida imzolangandi.
O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari telefonda muloqot qilib, «Ukrainadagi demilitarizatsiya va denatsifikatsiya» vaziyatini muhokama qilishdi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori lavozimiga tayinlangan Roli Astxanani qabul qildi.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarni Polsha orqali evakuatsiya qilishini xabar qildi. Lvovga kelgan o‘zbekistonliklardan diaspora vakili Maruf Saliyevga murojaat qilish so‘ralgan. Evakuatsiya vaqtida qariyalar, bolalik ayollar, talabalar va bolalar ustunlikka ega bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi e’lon qilingan sanadan bir kun oldin yakunladi. Safar uch kunga rejalashtirilgan edi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hujumlari natijasida 137 nafar harbiy halok bo‘lgani, 316 nafari jarohatlanganini ta’kidladi. U Kiyevda «xalqi bilan yakka o‘zi qolganini» ma’lum qilgan. «Biz vatanimiz himoyasi masalasida yolg‘iz qoldik, hech kim biz bilan birgalikda jang qilishni xohlamayapti», degan davlat rahbari.
Ukrainada ayni paytda 4300 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib turibdi, ular ro‘yxati yanada aniqlashtirilmoqda, deya xabar qildi TIV. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RF prezidenti Ukraina rahbari bilan uchrashishi mumkinligini istisno qilmayapti. Peskovga ko‘ra, Ukraina Rossiya tomonidan qo‘yilgan muhim masalalar, ya’ni, o‘zining neytrallik maqomi, qurollarni o‘z hududida joylashtirmaslik singari mavzularda gaplashishga tayyor bo‘lsa, u holda prezidentlar uchrashishi mumkin.
Turli davlatlar rahbarlari Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin vaziyatga o‘z munosabatlarini bildirishmoqda. Davlat rahbarlarining aksariyati o‘z chiqishlarida RFning harakatlarini qoralab, Ukrainaga yordam berish zarurligini ta’kidlashgan.
Bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbekistonlik olimlar koronavirusga qarshi to‘rtta vaksina yaratish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. «Dunyodagi hech qaysi vaksinadan nusxa olinmagan, alohida o‘zining strukturasi belgilangan vaksina turlari ishlab chiqilyapti», — dedi u.
NATOga a’zo davlatlar vakillar payshanba kuni ertalab Ukraina atrofidagi vaziyatning keskinlashuvi tufayli shoshilinch yig‘ilish chaqirish qarorini qabul qildi. Sal avval NATO rahbari Yens Stoltenberg RFning Ukrainadagi harakatlarini qoralashi haqida bayonot bilan chiqqan edi.
24 fevralga o‘tar kechasi BMT xavfsizlik kengashi Ukraina atrofidagi mojarolarga bag‘ishlangan yig‘ilishni chaqirdi. BMT bosh kotibi o‘z chiqishida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga bostirib kirishni to‘xtatishni, «tinchlikka imkon berishini» so‘ragan va tinchlik o‘rnatishga chaqirgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting