Siyosat

Korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari davlat himoyasida bo‘ladi
19 noyabr 2021, 10:47

Korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari davlat himoyasida bo‘ladi

Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, endilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi. Ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan.

«Afg‘oniston muammolarini qo‘shni davlatlar zimmasiga yuklamaslik kerak» — TIV rahbari
19 noyabr 2021, 10:10

«Afg‘oniston muammolarini qo‘shni davlatlar zimmasiga yuklamaslik kerak» — TIV rahbari

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov belgiyalik jurnalistning O‘zbekiston Afg‘oniston hukumatini shakllantirishda «Tolibon»ga ta’sir o‘tkazishga urinyaptimi yoki bu harakat bilan munosabatlarni qanday ko‘zda tutayotgani haqidagi savollariga javob berdi. «Biz afg‘on muammosi yukini mintaqa davlatlarining yelkasiga yuklamaslik kerak», — dedi vazir va ayrim davlatlar pul taklif qilayotgani va buning evaziga minglab afg‘on qochqinlarini qabul qilishni so‘rayotganini qo‘shimcha qildi. «Biz buni tushunmayapmiz», — dedi Abdulaziz Kamilov.

Abdulaziz Kamilov Sergey Lavrov bilan uchrashdi
19 noyabr 2021, 10:04

Abdulaziz Kamilov Sergey Lavrov bilan uchrashdi

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Vazirlar xalqaro axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni, biologik xavfsizlik bo‘yicha hukumatlararo anglashuv memorandumini, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston TIVlari o‘rtasidagi 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar.

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi
19 noyabr 2021, 08:44

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi.

18 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 noyabr 2021, 21:30

18 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi amalga oshirilgan tayinlovlar, haydovchilik guvohnomasi va “texpasport” ni almashtirish muddati uzaytirilishi, gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti jadvali e’lon qilinishi — “Gazeta.uz"ning 18 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

2022 yilda O‘zbekiston prezidentining Bryusselga tashrifi chog‘ida YeI bilan yangi bitim imzolanadi
18 noyabr 2021, 20:55

2022 yilda O‘zbekiston prezidentining Bryusselga tashrifi chog‘ida YeI bilan yangi bitim imzolanadi

Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqish yaqin orada yakunlanadi. Hujjatni O‘zbekiston prezidentining kelasi yil Bryusselga qilinadigan tashrifi chog‘ida imzolash rejalashtirilmoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi
18 noyabr 2021, 19:24

Davlat bojxona qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Akmalxo‘ja Mavlonov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Avvalroq sobiq rais Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tayinlangandi.

Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi
18 noyabr 2021, 16:56

Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi

Toshkent viloyati sobiq hokimi Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi.

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi
18 noyabr 2021, 16:42

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Qashqadaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18 noyabr 2021, 15:30

Qashqadaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Ulug‘bek Uzoqov Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi
18 noyabr 2021, 15:06

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi

Sobiq Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi. Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan faollar yig‘ilishida yangi hokim rasman e’lon qilinadi.

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi
18 noyabr 2021, 11:40

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi

Zoyir Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Murotjon Azimov viloyat hokimi v.b. etib tayinlandi. Zoyir Mirzayev boshqa viloyatiga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimi ishdan olinishi kutilmoqda
18 noyabr 2021, 11:07

Qashqadaryo viloyati hokimi ishdan olinishi kutilmoqda

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishdan olinishi kutilmoqda. Uning o‘rniga Bojxona qo‘mitasi raisi Murot Azimov viloyat hokimi etib tayinlanishi mumkin.

Baxtiyor Saidov xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi
18 noyabr 2021, 10:41

Baxtiyor Saidov xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi

Prezident farmoniga asosan, Baxtiyor Saidov xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi. U 2017 yildan beri O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sherzod Shermatov AKT vaziri lavozimiga tayinlandi
18 noyabr 2021, 10:24

Sherzod Shermatov AKT vaziri lavozimiga tayinlandi

Prezident farmoniga asosan, Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi. U 2017−2018 yillarda ushbu vazirlikni boshqargan. Shermatov oxirgi uch yil xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan.

17 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 noyabr 2021, 22:04

17 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda yog‘gan birinchi qor, yangi amalga oshirilgan tayinlovlar, gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti bo‘yicha cheklov joriy etilishi — “Gazeta.uz"ning 17 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Oliy sud raisining xizmat mashinasi YTHga uchragan. Haydovchi davolanmoqda
17 noyabr 2021, 20:50

Oliy sud raisining xizmat mashinasi YTHga uchragan. Haydovchi davolanmoqda

Toshkentda Oliy sud raisi Kozim Komilovga tegishli Malibu rusumli xizmat mashinasi YTHga uchradi. Hodisa yuz berganda rais mashinada bo‘lmagan. Avtomobil haydovchisi hozirda davolanmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 19-noyabrda Rossiyaga tashrif buyuradi
17 noyabr 2021, 18:21

Shavkat Mirziyoyev 19-noyabrda Rossiyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylanganidan keyingi ilk ikki tomonlama tashrifi 19-noyabr kuni Rossiyaga bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi
17 noyabr 2021, 15:46

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yil oxirigacha Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Qozog‘iston davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqotda kelishuvga erishildi.

«Hech kimni majburlashga haqqi yo‘q». Adliya vaziri — hokim yordamchisi lavozimiga majburiy tayinlovlar haqida
17 noyabr 2021, 14:34

«Hech kimni majburlashga haqqi yo‘q». Adliya vaziri — hokim yordamchisi lavozimiga majburiy tayinlovlar haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov respublikadagi barcha mahallada hokim yordamchisi lavozimiga moliya-iqtisodiyot sektori xodimlari majburan o‘tkazilayotganiga izoh berar ekan, «bu noqonuniy», deya ta’kidladi. «Hech kimni majbur qilishga haqqi yo‘q… Tazyiqlar bo‘ladigan bo‘lsa murojaat qilishi mumkin», — dedi u. Vazir shuningdek, kasbni erkin tanlash konstitutsiyaviy huquq ekanligini eslatib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting