DSQ Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Jaxongir Abdiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimi etib tayinlandi.
Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan O‘ktam To‘rayev qurilish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shoazim Minovarov prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori hisoblanadi.
Prezident ishtirok etgan yig‘ilishda o‘z faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Qahramon Olimov lavozimidan ozod etildi. Vazirning boshqa o‘rinbosarlari hamda vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari boshliqlari o‘z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta mamlakat maktablari bitiruvchilariga tabriknoma yo‘lladi. Bu yili qariyb 438 ming nafar o‘quvchi yoshlar yetuklik shahodatnomalarini qo‘lga olishadi.
Mukofotlangan bosh vazir, Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlanishi, Toshkentdagi kuchli yomg‘ir oqibatlari, Qashqadaryodagi majburiy mehnat, Shavkat Mirziyoyevning ushbu haftadagi ish grafigi — «Gazeta.uz»ning 24 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish maqsadida YeXHTning maxsus missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Missiya bo‘lajak prezident saylovini DIIHB tomonidan kuzatishga zarurat bor yoki yo‘qligini o‘rganadi. «Agar bunga zarurat bo‘lsa, bo‘lajak kuzgi saylovlarda missiyani aynan qaysi formatda joylashtirish kerakligi haqida hulosa beramiz», — dedi missiya vakili Aleksey Gromov.
Prezident shu hafta «O‘zagrohimoya» AJ tizimini isloh qilish, hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish va barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi. Davlat rahbari 30 may kuni Janubiy Koreyadagi xalqaro sammitda nutq so‘zlaydi.
Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib Iqboljon Ergashev tayinlandi. Viloyat hokimining yana bir o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Holiqov bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, bosh vazir Abdulla Aripov ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda 60 yoshga to‘lgani munosabati bilan «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.
Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba, iste’fo bergan Andijon shahar prokurori, poradan bosh tortib, 15 mln so‘m bilan mukofotlangan IIB xodimi hamda Olimpiadaga chiqqan o‘zbekistonlik taekvondochilar — “Gazeta.uz"ning 22-maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Isroil va HAMASning kelishuvi, Toshkentdagi ikki bankning xususiylashirilishi, avariyalar borasidagi statistikalar, Yangi O‘zbekiston universiteti ochilishi — “Gazeta.uz"ning 21 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
«O‘zbekiston uchun kuzatuvchi sifatida YeOII bilan o‘zaro aloqalarning aniq, sezilarli natijalariga erishishni ta’minlash muhim», — deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev OEIK majlisida. U «o‘zaro muvofiqlashgan yondashuvlarni talab etuvchi» vazifalarni sanab o‘tdi va ittifoq davlatlari o‘rtasida muntazam avia va temir yo‘l yo‘lovchi qatnovlarini qayta tiklashni taklif qildi.
Ukrainada oligarxiyani yo‘q qilish bo‘yicha qonunning qabul qilinishi, Isroil-Falastin mojarosi paytida G‘azoda 65 bolaning halok bo‘lgani, Yaponiyaning mudofaa xarajatlarini cheklashdan voz kechayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Ayollarni reabilitatsiya qilish respublika markazlari tashkil etilishi, qulupnay dalasining buzilishi, OTMlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari ochilishi, «Paxtakor»dan tashqari yana 12 ta futbol klubining ulushlari hokimliklar va davlat kompaniyalariga o‘tkazilgani — «Gazeta.uz»ning 20 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
To‘rt oy ichida offshor hududlarga pul o‘tkazish orqali O‘zbekiston korxonalari 103 mln dollarlik mahsulotni import qildilar. Mablag‘ning asosiy qismi Toshkentga to‘g‘ri keladi — 33 mln dollar. Kompaniyalar Gonkong, Kipr, Marshall va Bagama orollariga to‘lovlarni amalga oshirib, dori-darmonlarni, maxsus jihozlarni, uskunalarni, neft mahsulotlari va boshqa tovarlarni olib kirishgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sharqiy Quddusdagi musulmonlar uchun tabarruk mintaqada notinchliklar davom etayotganidan jiddiy tashvishda ekanligini ma’lum qildi. Idora «noo‘rin bahs-munozaralar, ixtilof va tushunmovchiliklar keltirib chiqarishga, noto‘g‘ri xatti-harakatlarga da’vat qilayotgan fitnalardan ehtiyot bo‘lishga» chaqirdi.
Umid Abidxadjayev Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori etib tayinlandi. U bunga qadar prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari bo‘lgan.
Bosh prokuratura dahlsizlik huquqidan mahrum qilingan andijonlik deputat Shuhratbek Karimovning kompaniyasi harakatlari oqibatida bir nechta fuqarolarning yerdan foydalanish huquqlari buzilganini aytmoqda. Adliya vazirligi «deputatni tintuv qilish va o‘z vakolatlarini amalga oshirishga monelik qilish noqonuniy» ekanligini ta’kidladi. Vazirlik deputatlar daxlsizligini buzganlarga chora ko‘rish kerakligini ta’kidladi.
Paralimpiya qo‘mitasi tashkil etilgani, ID kartasi bor haydovchilarning YPX xodimlariga ayrim hujjatlarni taqdim etmasligi, O‘zbekistonga keltirilgan 500 ming doza vaksina, yangi tez yordam mashinalari va SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali — «Gazeta.uz»ning 19 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting