Siyosat

Ilhomjon Ne’matov MDH Ijrochi kotibining o‘rinbosari bo‘ldi
19 dekabr 2020, 13:50

Ilhomjon Ne’matov MDH Ijrochi kotibining o‘rinbosari bo‘ldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibining o‘rinbosari bo‘ldi.

Senat 2021 yil Davlat byudjetini ma’qulladi
18 dekabr 2020, 15:03

Senat 2021 yil Davlat byudjetini ma’qulladi

Senat tomonidan ma’qullangan Davlat byudjetining 2021 yilgi xarajatlari 165,8 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Shuningdek, 2021 yilda Davlat byudjeti daromadlari 147,2 trln so‘m miqdorida yoki joriy yilga nisbatan 13 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqilmaydi — Tanzila Norboyeva
18 dekabr 2020, 14:41

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqilmaydi — Tanzila Norboyeva

Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘ninchi yalpida Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqilmasligini va kun tartibidan o‘rin olmaganini aytdi. 11-dekabr kuni o‘tgan Senat Kengashi majlisida esa bu bo‘yicha qonun kun tartibidan o‘rin olgani va ko‘rib chiqilishi ma’lum qilingan edi.

Toshkentda mustaqillikning 30 yilligiga «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi
17 dekabr 2020, 23:05

Toshkentda mustaqillikning 30 yilligiga «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi

Toshkentda mustaqillikning 30 yilligiga «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi. Shuningdek, poytaxtda qurilayotgan yer usti metro halqa yo‘li «O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi» deb nomlanadi.

Xonqa tumaniga yangi hokim tayinlandi
17 dekabr 2020, 22:09

Xonqa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Moliya vazirligida bosh boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Muradbek Davlatov Xorazm viloyati Xonqa tumaniga xokim etib tayinlandi.

Xivaga hokim tayinlandi
17 dekabr 2020, 16:17

Xivaga hokim tayinlandi

Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Temur Davletov Xiva hokimi etib tayinlandi.

Imo-ishora tilini rivojlantirish to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi
13 dekabr 2020, 13:47

Imo-ishora tilini rivojlantirish to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Vazirlar mahkamasining imo-ishora tilini rivojlantirish bo‘yicha qarori loyihasi jamoat muhokamasidan o‘tmoqda. Unga ko‘ra, o‘zbek imo-ishora tilining huquqiy maqomi belgilanishi va imo-ishora tarjimasi xizmatlari muhtojlarga taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

Davlat idoralari xodimlari moddiy manfaatdorligi odamlarning roziligidan kelib chiqib belgilanadi — prezident
12 dekabr 2020, 22:49

Davlat idoralari xodimlari moddiy manfaatdorligi odamlarning roziligidan kelib chiqib belgilanadi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Yangiariq tumanidagi «Yantex Invest» MCHJ faoliyati bilan ham tanishdi. Shu yerda mahallabay ishlash bo‘yicha yangi tizimni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. «Endi davlat idoralari xodimlarining moddiy manfaatdorligi odamlarning roziligidan kelib chiqib belgilanadigan tizim qilamiz», — dedi prezident.

Prezident Xorazmga tashrifini Xonqadagi innovatsion issiqxonadan boshladi
12 dekabr 2020, 22:22

Prezident Xorazmga tashrifini Xonqadagi innovatsion issiqxonadan boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Xonqa tumanidagi yil davomida hosil olish imkoniyatiga ega innovatsion issiqxona faoliyati bilan tanishdi. “Xorazm qishloq xo‘jaligining kelajagi shu”, — dedi davlat rahbari va qo‘shimcha sifatida har bir issiqxonaning laboratoriyasi, o‘z brendi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga jo‘nab ketdi
12 dekabr 2020, 11:15

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarning mahallabay tizimda yo‘lga qo‘yilgani va ularning odamlar hayotidagi ifodasini ko‘rish uchun Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.

Prezident Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida ishtirok etadi
10 dekabr 2020, 22:50

Prezident Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida qatnashadi. O‘zbekistonga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berilishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi videoanjumanda uchrashadi
10 dekabr 2020, 17:48

Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi videoanjumanda uchrashadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadi. Unda turli sohalarda o‘zaro hamkorlik masalalari, qolaversa, jahon va Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashish kutilmoqda. Ikki davlat yetakchilari koronavirusga qarshi kurashishga ham ham e’tibor qaratishadi.

Turizm sohasiga berilgan imtiyozlar 2021-yil oxiriga qadar uzaytiriladi
10 dekabr 2020, 14:28

Turizm sohasiga berilgan imtiyozlar 2021-yil oxiriga qadar uzaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev pandemiya sababli turizm sohasi uchun 2020-yil oxirigacha berilgan imtiyoz va preferensiyalarni 2021-yil oxiriga qadar uzaytirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, aholining bor-yo‘g‘i 19 foizi jismoniy tarbiya va sport bilan qamrab olingani aytildi. Cport infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident Uzbekistan Airways chiptalari narxi balandligini tanqid qildi va uni arzonlashtirish vazifasini qo‘ydi
9 dekabr 2020, 21:57

Prezident Uzbekistan Airways chiptalari narxi balandligini tanqid qildi va uni arzonlashtirish vazifasini qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev 2021-yildan Yevropa mamlakatlari, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Yaponiya bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash, yangi reyslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Prezident Uzbekistan Airways chiptalari narxi balandligi tanqid qildi va uni arzonlashtirish vazifasini qo‘ydi.

Xususiy sektor davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etadi
9 dekabr 2020, 15:39

Xususiy sektor davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etadi

2021 yil 1 martdan tadbirkorlarga ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishga ruxsat beriladi. Xizmatlarni ko‘rsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi.

Sudyalarni lavozimga tayinlash imtihonlari ilk bor onlayn yoritiladi
9 dekabr 2020, 14:32 1

Sudyalarni lavozimga tayinlash imtihonlari ilk bor onlayn yoritiladi

2021 yil 1 fevraldan sudyalarni lavozimga tayinlashda imtihonlar onlayn tarzda yoritib borish yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, sudyalarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumonlanuvchi sifatida so‘roq qilish uchun chiqarishga tegishli malaka hay’atlari ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.

Tadbirkorlarga yo‘llarda foto va video registratorlar o‘rnatishga ruxsat berildi — prezident qarori
9 dekabr 2020, 13:16

Tadbirkorlarga yo‘llarda foto va video registratorlar o‘rnatishga ruxsat berildi — prezident qarori

Tadbirkorlarga 2021 yil 1 martdan boshlab avtomobil yo‘llarida foto va video fiksatsiya vositalarini o‘rnatishga ruxsat beriladi. 2021−2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3356 ta intellektual videokameralar va 763 ta statsionar radarlar, jumladan, Toshkent shahrida jami 2574 ta foto va video registratorlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektor jalb qilinadi
9 dekabr 2020, 12:00

Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektor jalb qilinadi

Davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish ko‘zlanmoqda. Jumladan, 2021 yil 1 apreldan kadastr yig‘majildlarini tayyorlash bilan tadbirkorlar ham shug‘ullanishi mumkin.

Xususiy pudratchilardan kvartira sotib olish uchun kreditlarning cheklangan miqdori belgilandi
8 dekabr 2020, 19:02

Xususiy pudratchilardan kvartira sotib olish uchun kreditlarning cheklangan miqdori belgilandi

Xususiy pudratchilardan kvartira sotib olish uchun taqdim etiladigan kreditlarining cheklangan miqdori belgilandi. Fuqarolarga xonadon sotib olish uchun 240 mln so‘mdan 352 mln so‘mgacha miqdorda kredit ajratiladi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodidagi texnologik jarayon bilan tanishdi
4 dekabr 2020, 20:56

Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodidagi texnologik jarayon bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodi faoliyati bilan tanishdi. Majmuada 27 ta mamlakatdan asbob-uskunalar keltirib, o‘rnatilgan. «Hududlarda yana yuzlab korxonalarning barpo etilishi uchun juda katta zamin bo‘ladi», — deya ta’kidladi prezident.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting