Siyosat

Bishkekda Xitoy − Qirg‘iziston − O‘zbekiston temiryo‘lini qurish kompaniyasi ta’sis etildi
1 oktabr 2024, 17:34

Bishkekda Xitoy − Qirg‘iziston − O‘zbekiston temiryo‘lini qurish kompaniyasi ta’sis etildi

Xitoy − Qirg‘iziston − O‘zbekiston temiryo‘lini qurish kompaniyasi ofisi Bishkekda tashkil etildi. Qirg‘iziston bosh vaziri Aqilbek Japarov loyihani “asr qurilishi” deb atadi.

Komil Allamjonov Prezident administratsiyasidagi ishidan ketdi
30 sentabr 2024, 18:48

Komil Allamjonov Prezident administratsiyasidagi ishidan ketdi

Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekistonda dastlabki saylovoldi debatlar bo‘lib o‘tdi. Partiya rahbarlari nimalar haqida gapirdi?
28 sentabr 2024, 18:07

O‘zbekistonda dastlabki saylovoldi debatlar bo‘lib o‘tdi. Partiya rahbarlari nimalar haqida gapirdi?

O‘zbekistonda parlament saylovlari oldidan dastlabki debatlar bo‘lib o‘tdi. Ularda ilk bor partiya rahbarlari ishtirok etib, o‘z dasturlari haqida so‘zladi, deputatlar esa o‘z raqiblarining tashabbuslarida kamchiliklarni topishga harakat qildi. Debatlar qanday o‘tgani haqida ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.

Nyu-Yorkda “C5+1” formatidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
28 sentabr 2024, 10:52

Nyu-Yorkda “C5+1” formatidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

AQShda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh davlat kotibi o‘rtasida “C5+1” formatidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va BAA mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin
27 sentabr 2024, 20:09

O‘zbekiston va BAA mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Prezident BAA mudofaa vaziri bilan uchrashuvda iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish, mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, strategik tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilish masalalarini muhokama qildi.

Senatning navbatdagi majlisi 30-sentabr kuni chaqiriladi
27 sentabr 2024, 17:47

Senatning navbatdagi majlisi 30-sentabr kuni chaqiriladi

Senatning 58-yalpi majlisi dushanba kuni chaqiriladi. Unda qishloq xo‘jaligi kooperativi, temiryo‘l transporti, xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish kabi qonunlar muhokama qilinadi.

O‘zbekiston Liberiya va Togo mamlakatlari bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi
27 sentabr 2024, 15:57

O‘zbekiston Liberiya va Togo mamlakatlari bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

O‘zbekiston G‘arbiy Afrikaning ikki mamlakati — Liberiya hamda Togo Respublikasi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi.

“Toshshaharnur”ning sobiq rahbari yana lavozimiga qaytdi
27 sentabr 2024, 12:09

“Toshshaharnur”ning sobiq rahbari yana lavozimiga qaytdi

Umidbek Rajabov 2023-yilda “Toshshaharnur” DUK rahbari lavozimidan ozod etilgandi. 8 oydan so‘ng u yana o‘sha ishga qaytib, rahbar vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O‘zbekiston TIV rahbari Rossiya bilan munosabatlarda bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik muhimligini ta’kidladi
27 sentabr 2024, 11:12

O‘zbekiston TIV rahbari Rossiya bilan munosabatlarda bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik muhimligini ta’kidladi

O‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhim, dedi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuv yakunida.

O‘zbekiston Afrikaning yana bir davlati — Botsvana bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi
27 sentabr 2024, 10:34

O‘zbekiston Afrikaning yana bir davlati — Botsvana bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

O‘zbekiston Afrikaning yana bir davlati — Botsvana bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Avvalgi kunlarda Burundi, Kabo-Verde va Seyshel orollari bilan ham bu borada hujjatlar imzolangandi.

“Muammolarga to‘la o‘z ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lardi” — Alisher Qodirov RF TIVning Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini urganiga munosabati haqida
26 sentabr 2024, 12:23

“Muammolarga to‘la o‘z ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lardi” — Alisher Qodirov RF TIVning Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini urganiga munosabati haqida

Alisher Qodirov Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini urgani bo‘yicha Rossiya TIV O‘zbekistondan “rasmiy tushuntirish” so‘raganiga munosabat bildirdi. “Bizning ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lar edi”, — deydi Milliy tiklanish partiyasi raisi.

Uchtepa tumaniga yangi hokim tayinlandi
26 sentabr 2024, 11:48

Uchtepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bunyod Mamadjanov Toshkent shahri Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha “Asakabank” raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Toshkentdagi maktabda bolani urgan o‘qituvchi voqeasiga Rossiya TIV munosabat bildirdi
26 sentabr 2024, 11:28

Toshkentdagi maktabda bolani urgan o‘qituvchi voqeasiga Rossiya TIV munosabat bildirdi

Chilonzordagi maktabda sinov muddatidagi rus tili o‘qituvchisi 6-sinf o‘quvchisini urgani ortidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistondan “rasmiy tushuntirish” so‘radi. Ular, shuningdek, o‘qituvchiga nisbatan “chora ko‘rishga” chaqirgan. Avvalroq IIB holat bo‘yicha surishtiruv ketayotgani haqida xabar bergandi.

TIV rahbari BMTdagi nutqida iqlim o‘zgarishi, dunyodagi mojarolar va Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib o‘tdi
26 sentabr 2024, 10:27

TIV rahbari BMTdagi nutqida iqlim o‘zgarishi, dunyodagi mojarolar va Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib o‘tdi

Baxtiyor Saidov BMTdagi chiqishida barcha davlatlarni iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik va texnologik tengsizlik muammolarini hal etishda global hamkorlikka chaqirdi. U O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlari sifatida barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqlik va MOda tinchlik va barqarorlikka ko‘maklashishni ta’kidladi.

Alisher Qurbonov Muzrabot tumani hokimi bo‘ldi
26 sentabr 2024, 01:34

Alisher Qurbonov Muzrabot tumani hokimi bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumaniga Alisher Qurbonov hokim etib tayinlandi. U bungacha fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lgan.

O‘zbekiston Burundi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi
26 sentabr 2024, 00:53

O‘zbekiston Burundi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

O‘zbekiston va Burundi tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzoladi.

DIIHB O‘zbekistondagi parlament saylovlarini kuzatish missiyasini boshladi
26 sentabr 2024, 00:43

DIIHB O‘zbekistondagi parlament saylovlarini kuzatish missiyasini boshladi

YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistondagi parlament saylovlarini kuzatish bo‘yicha missiyasini boshladi.

Sho‘rchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
25 sentabr 2024, 22:39

Sho‘rchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Akbarali Ishmurzoyev Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha Denov hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Avvalgi hokim boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimidan olingandi.

Prezident Samarqandda Xitoy, Hindiston va Qatar moliya vazirlari bilan uchrashdi
25 sentabr 2024, 19:57

Prezident Samarqandda Xitoy, Hindiston va Qatar moliya vazirlari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi OIIB yig‘ilishi doirasida Xitoy, Hindiston va Qatar moliya vazirlari bilan uchrashdi. Ularda strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari va qo‘shma biznes forumlari o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

“Tabiat uchun birlashaylik”. Ekologik partiyaning saylovoldi dasturi
25 sentabr 2024, 19:22

“Tabiat uchun birlashaylik”. Ekologik partiyaning saylovoldi dasturi

Ekologik partiyaning saylovoldi dasturidan avtomobil yo‘li qatnov qismida skuter va velosipedlar uchun alohida yo‘lak tashkil etish, tamaki mahsulotlariga qo‘shimcha soliq solish, Qizil kitobdagi o‘simliklardan foydalanish va yovvoyi hayvonlarni ovlashga muddatsiz moratoriy e’lon qilish va boshqalar o‘rin olgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting