Siyosat

Prezident Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari bilan maxsus xizmatlar hamkorligi masalasini muhokama qildi
17 oktabr 2024, 19:32

Prezident Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari bilan maxsus xizmatlar hamkorligi masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi. Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik va boshqa xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” rahbari “O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi bo‘ldi
17 oktabr 2024, 12:03

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” rahbari “O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi bo‘ldi

Shu vaqtgacha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” tashkiloti bosh direktori bo‘lgan Sharafiddin Kadirov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.

Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
17 oktabr 2024, 10:43

Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Otabek Tursunov Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu lavozimda ishlab kelgan Erkin Muhitdinov prezident majlisida ishdan olingandi.

Foto: Xorijiy saylov uchastkalarida boshlangan deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari
17 oktabr 2024, 10:04

Foto: Xorijiy saylov uchastkalarida boshlangan deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari

O‘zbekiston va xorijdagi saylov uchastkalarida deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreyadagi ayrim uchastkalardan fotoreportaj.

Nikaragua va Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchilari tayinlandi
17 oktabr 2024, 00:52

Nikaragua va Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nikaragua va Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Parlamentlar ilm-fan va innovatsiyalarga budjet xarajatlarining o‘sishiga ko‘maklashishi kerak — O‘zbekiston Senati raisi
16 oktabr 2024, 17:43

Parlamentlar ilm-fan va innovatsiyalarga budjet xarajatlarining o‘sishiga ko‘maklashishi kerak — O‘zbekiston Senati raisi

Oliy ta’limni jadal kengaytirish va STEM-ta’limni rivojlantirish — O‘zbekistonning ulkan inson kapitalidan samarali foydalanish zaruriyati, dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoq Assambleyasi doirasidagi debatlarda.

“Xorijdagi o‘zbekistonliklar 1500−2000 dollardan kam maosh olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, adolatli tizim bo‘ladi” — prezident
16 oktabr 2024, 16:28

“Xorijdagi o‘zbekistonliklar 1500−2000 dollardan kam maosh olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, adolatli tizim bo‘ladi” — prezident

Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklar haqida gapirdi. “Agar ular 1500−2000 dollar olsa, bu nur ustiga a’lo nur, biz ularga ko‘makchi bo‘lamiz. Lekin undan kam oylik olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, o‘ylaymanki, adolatli tizim bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rossiya armiyasiga yollanadigan O‘zbekiston fuqarolari jinoiy javobgarlikka tortiladi
16 oktabr 2024, 13:21

Rossiya armiyasiga yollanadigan O‘zbekiston fuqarolari jinoiy javobgarlikka tortiladi

O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi.

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi tayinlandi
16 oktabr 2024, 08:56

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi bo‘ldi.

Toshkent viloyati hokimining ikki o‘rinbosari ishdan olindi
15 oktabr 2024, 18:11

Toshkent viloyati hokimining ikki o‘rinbosari ishdan olindi

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosarlari Botir Alimbekov va Erkin Muhiddinov lavozimidan ozod etildi. Bunga ularning xizmatdagi qator kamchiliklari sabab bo‘lgan.

Afg‘oniston tomonidan «Termiz» chegaraoldi savdo markazidagi konsertlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday so‘rov olinmagan — TIV
15 oktabr 2024, 12:42

Afg‘oniston tomonidan «Termiz» chegaraoldi savdo markazidagi konsertlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday so‘rov olinmagan — TIV

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston muvaqqat hukumatidan chegara yaqinidagi «Termiz» xalqaro savdo markazida konsertlar va musiqa jo‘rligidagi tadbirlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday murojaat olmaganini ma’lum qildi.

Oybek Elmuratov Farmatsevtika agentligi direktori o‘rinbosari bo‘ldi
15 oktabr 2024, 10:54

Oybek Elmuratov Farmatsevtika agentligi direktori o‘rinbosari bo‘ldi

Shu vaqtgacha Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori v.b. lavozimida ishlagan Oybek Elmuratov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi.

Jizzax SSBga yangi rahbar tayinlandi
14 oktabr 2024, 20:52

Jizzax SSBga yangi rahbar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan Jizzax viloyati SSBga yangi boshliq tayinlandi. Maxmarasul Umarov bungacha SES viloyat boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlagan.

Toshkentdagi ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berish sinovdan o‘tkaziladi
14 oktabr 2024, 14:40

Toshkentdagi ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berish sinovdan o‘tkaziladi

Markaziy saylov komissiyasi deputatlar saylovi kuni Toshkentdagi 10 ta saylov uchastkasida elektron ovoz berishni sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Saylovchilar an’anaviy yoki elektron ovoz berishni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Toshkent viloyati YHXBga yangi boshliq tayinlandi
14 oktabr 2024, 11:52

Toshkent viloyati YHXBga yangi boshliq tayinlandi

Polkovnik Aziz Sadirov ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi
14 oktabr 2024, 11:24

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi

Prezident dushanba kuni Toshkent viloyatiga tashrif buyurib, u yerda sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi, yangi loyihalar qurilishiga start beriladi.

O‘zbekiston Xalqaro kosmos shartnomasiga qo‘shildi
14 oktabr 2024, 11:15

O‘zbekiston Xalqaro kosmos shartnomasiga qo‘shildi

O‘zbekiston Kosmosni, shu jumladan, Oy va boshqa osmon jismlarini tadqiq qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlar faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi. Bu kosmosni o‘rganish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish, resurslar va bilimlar almashinuvi uchun imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti bilan uchrashdi
11 oktabr 2024, 18:41

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti bilan uchrashdi

Ashxobod forumi doirasida O‘zbekiston va Eron prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Imtiyozli savdo bitimi mahsulotlari ro‘yxatini kengaytirish, kooperatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

Mirziyoyev Berdimuhamedovga Maxtumqulining o‘zbek tilidagi asarlari to‘plamini sovg‘a qildi
11 oktabr 2024, 17:33

Mirziyoyev Berdimuhamedovga Maxtumqulining o‘zbek tilidagi asarlari to‘plamini sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Unga Maxtumqulining o‘zbek tilidagi asarlari to‘plamini sovg‘a qildi.

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Maxtumquli tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan forumda nutq so‘zladi
11 oktabr 2024, 17:03

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Maxtumquli tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan forumda nutq so‘zladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi. U turkman shoiri merosi sharq she’riyati va jahon adabiyotini boyitganini ta’kidladi. “Maxtumquli o‘zbek xalqi uchun ham g‘oyat ardoqli va suyukli siymo”, — dedi davlat rahbari.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting