Siyosat

Senatorlar davlat sirlarini himoya qilish bo‘yicha yangi qonunni ma’qulladi
24 oktabr 2024, 11:19

Senatorlar davlat sirlarini himoya qilish bo‘yicha yangi qonunni ma’qulladi

Senat 1993-yildan beri amalda bo‘lgan “Davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ma’qulladi. Hujjatda davlat sirlarining alohida toifalari, ularni himoya qilish sohasidagi organlarning vakolatlari, maxfiylik darajasi va ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati belgilanmoqda.

Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
24 oktabr 2024, 10:42

Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

2020-yildan beri Bosh prokuraturaning boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan Murodullo Abduhakimov Andijon viloyati prokurori lavozimida ish boshladi.

Shavkat Mirziyoyev Tatariston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
24 oktabr 2024, 10:23

Shavkat Mirziyoyev Tatariston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Qozon shahriga tashrif doirasida prezident Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti — “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
23 oktabr 2024, 21:48

O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi bo‘ldi, u mart oyidan buyon mamlakatning Vengriyadagi elchisi lavozimida ham ishlab kelmoqda.

BRIKS sammiti doirasida Mirziyoyev va Erdog‘an uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
23 oktabr 2024, 21:19

BRIKS sammiti doirasida Mirziyoyev va Erdog‘an uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida BRIKS sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Sog‘liqni saqlash, ta’lim, mashinasozlik sohalariga alohida e’tibor qaratildi.

“O‘zbekiston va Qozog‘iston hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega” — Abdulla Aripov
23 oktabr 2024, 20:58

“O‘zbekiston va Qozog‘iston hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega” — Abdulla Aripov

Samarqandda o‘tkazilgan Hududlararo hamkorlik forumi va biznes forumi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 352 mln dollarlik 76 hujjat imzolandi. Abdulla Aripov mamlakatlarda hali foydalanilmagan ulkan salohiyat borligini aytdi. Qozog‘iston eksport ta’minotini 550 mln dollarga oshirishga tayyor.

Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri bilan uchrashdi
23 oktabr 2024, 19:53

Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri bilan uchrashdi

BRIKS sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga borgan O‘zbekiston prezidenti Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muloqot o‘tkazdi. Ular texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika kabi sohalarda hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.

2025-yilda daraxt ekish uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi, daraxt parvarishlash xarajatlari investitsiya dasturiga kiritiladi
23 oktabr 2024, 03:05

2025-yilda daraxt ekish uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi, daraxt parvarishlash xarajatlari investitsiya dasturiga kiritiladi

2025-yilda “Yashil makon” ko‘chat ekish loyihasini amalga oshirish uchun qo‘shimcha 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, dedi prezident. Endi daraxtlarni 3 yil parvarishlash xarajatlari investitsiya dasturiga kiritiladi va 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qo‘mitasiga o‘tkaziladi.

TIV rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi
23 oktabr 2024, 00:29

TIV rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan, Olimjon Abdullayev tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekistonning Germaniyadagi konsullaridan biri bo‘lib ishlagan.

Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammitida ishtirok etadi
22 oktabr 2024, 20:38

Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti 23−24-oktabr kunlari Qozon shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi va u yerda BRIKS sammitida ishtirok etadi.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 23-oktabr kuni chaqiriladi
21 oktabr 2024, 21:29

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 23-oktabr kuni chaqiriladi

Senatning 59-yalpi majlisi chorshanba kuni chaqiriladi. Unda telekommunikatsiya, ipakchilik, Qurolli kuchlar, soliq, bojxona sohalariga doir kodeks va qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish masalalari muhokama qilinadi.

TIV rahbari Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi
21 oktabr 2024, 19:36

TIV rahbari Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi

Tamer Fathi Abdussalam Hammad Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.

Rossiyalik deputat O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan viza rejimi joriy etishni taklif qildi
21 oktabr 2024, 13:23

Rossiyalik deputat O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan viza rejimi joriy etishni taklif qildi

RF davlat dumasining “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov O‘zbekistondan keladiganlar uchun viza rejimi joriy etish kerakligini aytdi. Deputatning bunday fikrga kelishiga bosh konsulxonaning o‘zbekistonliklarni Rossiya armiyasi safiga qo‘shilmaslikka targ‘ib qilgani sabab bo‘lgan.

Chexiya TIV rahbari maqolasi: “Hamkorligimizdan maksimal darajada foydalanish uchun bizda hamma narsa bor”
21 oktabr 2024, 11:44

Chexiya TIV rahbari maqolasi: “Hamkorligimizdan maksimal darajada foydalanish uchun bizda hamma narsa bor”

Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy Toshkentga tashrifi munosabati bilan, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish borasidagi qarashlarini o‘rtoqlashdi. U Chexiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi azaliy tarixiy aloqalar, xususan, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

Prezident hokimlarga mahalliy kengashlarga rahbarlik qilishni taqiqlaydigan qonunni imzoladi
20 oktabr 2024, 14:29

Prezident hokimlarga mahalliy kengashlarga rahbarlik qilishni taqiqlaydigan qonunni imzoladi

Prezident hokim va mahalliy kengash raisi lavozimlarini taqsimlovchi qonunni imzoladi. Kengashning vakolatlari kengaytirilib, unga so‘rovlar yuborish va tekshiruvlar olib borish huquqi berilmoqda. Hokim kengash qarorini bekor qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.

Prezident Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvonini berdi
19 oktabr 2024, 13:49

Prezident Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvonini berdi

Prezident farmoni bilan bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni berildi.

Akmal Saidov: O‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga qo‘shilmaydi
18 oktabr 2024, 18:08

Akmal Saidov: O‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga qo‘shilmaydi

Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov O‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga qo‘shilmasligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi davlat sifatida qolishini ma’lum qildi.

Usmon Sharifxodjayev Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi
18 oktabr 2024, 15:31

Usmon Sharifxodjayev Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi

Usmon Sharifxodjayev Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi. U 2020-yildan buyon maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Prezident Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari bilan maxsus xizmatlar hamkorligi masalasini muhokama qildi
17 oktabr 2024, 19:32

Prezident Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari bilan maxsus xizmatlar hamkorligi masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi. Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik va boshqa xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” rahbari “O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi bo‘ldi
17 oktabr 2024, 12:03

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” rahbari “O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi bo‘ldi

Shu vaqtgacha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” tashkiloti bosh direktori bo‘lgan Sharafiddin Kadirov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting