Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tor doiradagi muzokaralarni o‘tkazishga yo‘l olishdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ustav kapitali $50 mlnlik qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etadi. Kelgusida uning ustavi 200 mln dollarga yetkazilishi ham reja qilingan. «Yangi tashkil etiladigan jamg‘arma o‘zaro hamkorligimiz rivojlanishining katalizatoriga aylanadi», — dedi bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakov.
O‘zbekiston prezidenti va Germaniya kansleri 12 mart kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadi. Unda konstruktiv siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikka doir qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov OTMlarda tarbiya masalasi jaryondan uzilishi kerakligini ta’kidlamoqda. «Oliy ta’lim tarbiya maskani emas. Talaba oliygohga faqat bilim olishi uchun kelishi lozim», — dedi u.
Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Nazarov Azimjon suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Suv xo‘jaligi vazirligi Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Qarshiyev suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qoraqalpog‘istonda qiymati 887 mln dollardan ortiq bo‘lgan 711 ta loyiha amalga oshiriladi. Prezident ushbu loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Ular qatoridan Mo‘ynoqdagi keramika va qamishdan plita ishlab chiqarish korxonasi, To‘rtko‘ldagi oyna zavodi hamda qizilmiya ildizini chuqur qayta ishlash kabi loyihalar o‘rin olgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri turkiyalik hamkasbi bilan uchrashdi. Unda Turkiya prezidenti shu yili, o‘ziga ma’qul sanada O‘zbekistonga kelishi aytildi. Turkiya tomoni imtiyozli savdo va erkin savdo bitimlarini tezroq imzolash niyatida ekanligini bildirdi. Bundan tashqari, Mevlut Chavusho‘g‘lu Abdulaziz Kamilovga Turkiya sobiq prezidenti, marhum Sulaymon Demirel maktubining nusxasini topshirdi (foto).
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Kun tartibidan — konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo, sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollashtirish masalalari o‘rin olgan.
O‘zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi va vazirliklar o‘rtasida 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi va Tarjima xizmatlari sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Prezidentga o‘zbek tilida minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston madhiyasini aytib bergan Xitoy elchisi, farzandlari mehnati uchun mukofot olgan ona, sabrsiz Gulsanem, 3 oylik chaqalog‘i bilan prezidentdan duo olgani kelgan ayol, «Shuhrat» olgan Yulduz Rajabova va Aziza Qurbonova. 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan bayram tadbiridan — niqobsiz reportaj (foto, video).
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Saxovat» hamda «Muruvvat» internat-uylarida sharoitni yaxshilash, xodimlarning oylik ish haqlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Nuroniylarning holidan xabar olib turish uchun yaqin atrofdagi shifoxonalar, maktablar biriktirilishi mumkin. SSV huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligini Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda 2021 yilda ham ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes yuritishi va boshqa kasblar bo‘yicha o‘qishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ishlari davom etishini aytdi. Prezident «bironta ham ayol davlat va jamiyat e’tiborisiz qolmaydi» deb ta’kidladi.
Oleg Malginov Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2009 yildan beri faoliyat yuritib kelgan Vladimir Tyurdenevning o‘rnini egalladi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Olgan Bekarni qabul qildi.
Takroran Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan elchi Sharlotta Adrian Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etib, unda 8 ta taklifni bildirdi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar karantin davrida o‘rnatgan cheklovni bekor qilish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, davlatlar o‘rtasida mablag‘lar, tovarlar va xizmatlar erkin aylanishini ta’minlash shular jumlasidan.
«Markaziy Osiyo davlatlarida integratsiyaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lmish umumiy tamoyillar, qadriyatlar va uyg‘un mexanizmlar mavjud emas», — deya hisoblaydi Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. U delimitatsiya va demarkatsiya jarayonlari tugamasdan, O‘zbekistonda mustaqil davlat shakllanishining yakunlanishi haqida gapirishga erta ekanligini ham ta’kidladi.
Sodiq Safoyev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida YeOII yetarlicha o‘rganilmaganligi, shuning uchun avval kuzatuvchi bo‘lishga qaror qilinganligini aytdi. U shuningdek, xalqaro hamjamiyatga har qanday tarzda integratsiya qilish shaxsiy suverenitetni cheklashni anglatishini ta’kidladi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu 6 — 9 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Turk delegatsiyasi Samarqandda mamlakat Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11−12 mart kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting