Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bir jinsli munosabatlarga qarshi yoshlarning Toshkent markazida ruxsatsiz norozilik aksiyasi o‘tkazgani hamda LGBT targ‘ibotini qoralab o‘z munosabatlarini bildirib o‘tishdi.
Toshkentda O‘zbekiston va Vengriya mamlakatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya hamda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yana 9 ta hujjat imzolandi. Mamlakatlar bandlik, atom energetikasi, qishloq va suv xo‘jaliklari sohalarida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot o‘tkazdi. Tomonlar o‘zaro munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Prezident Administratsiyasida faoliyat yuritib kelgan Abdusamat Muminov transport vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.
Prezident qarori bilan Shaxrux Sharaxmetov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Dushanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoati tarmog‘ida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Hozirda «O‘zkimyosanoat» tomonidan 1,355 mlrd dollarlik 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, 2,6 mlrd dollardan ziyod 18 ta loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.
Martning so‘nggi kunlarida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Oliy maqomdagi uchrashuvlar chog‘ida iqtisodiyot, energetika, ta’lim va kadrlar tayyorlash, madaniyat, hududlararo hamkorlik, bandlik va mehnat munosabatlari sohalarida 10 dan ortiq kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Qolaversa, prezident Shavkat Mirziyoyev 31 mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) videoanjuman shaklida o‘tadigan norasmiy sammitida qatnashadi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Oliy martabali mehmon Mustaqillik maydoniga tashrif buyurda hamda Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Shundan keyin Vengriya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Prezident «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Barcha shahar va tumanlarda «Ma’naviyat va ma’rifat maskani» yaratiladi, universitetlarda «Ma’naviyatshunoslik», «Kasbiy ma’naviyat» fanlari joriy etiladi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov prezidentga nisbatan ko‘p marotaba «muhtaram» so‘zini ishlatishiga to‘xtalib o‘tdi. «Prezident yurtning otasi… faqat men emas, hamma shunaqa bo‘lishi kerak», deya ta’kidladi u.
Siyosiy partiyalar rahbarlari 2020 yilda partiya faoliyatining moliyalashtirilishi va uning manbalari to‘g‘risida hisobot berishdi. O‘zLiDeP partiyasiga 35,3 mlrd so‘m kelib tushgan, bu partiyalarga o‘tkazilgan eng ko‘p mablag‘ hisoblanadi. Milliy tiklanish va O‘zLiDeP partiyalarining asosiy moliyalashtirish manbalari davlat byudjeti bo‘lgan. XDP xarajatlarining 48 foizi o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 30 mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif davomida mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va koronaivrus pandemiyasining oqibatlariga qarshi global kurash masalalari muhokama qilinadi.
Qirg‘iz-o‘zbek chegaralaridagi barcha bahsli hududlar hal qilindi, deya ta’kidladi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev. Uning aytishicha, ikki mamlakat delegatsiyalari Toshkentda bu to‘g‘risida kelishuvga erishgan. Tomonlarning qanday shartlar asosida kelishuvga erishgani ham ma’lum qilindi.
Prezident farmoni bilan «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshirilmoqda. Bundan tashqari, «Saxovat» va «Muruvvat» uylari rahbar xodimlarining oylik maoshlari 1,2 baravardan 2 baravargacha oshiriladi.
Prezident farmoni bilan SSV huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari va pansionatlar agentlik tizimiga o‘tkaziladi. Muassasalar rekonstruksiyasiga 428 mlrd so‘m ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashicha, elektr energiya va gaz sohasi «korrupsiya qilish uchun isloh qilinmagan». U 2021 yilda 5377 mahallada (60%) 15 ming km elektr uzatish tarmoqlari va 4000 ta transformatorlarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Energetika vaziri o‘tgan 25 yillik davrga qaraganda so‘nggi 4 yilda 2,5 baravarga ko‘proq elektr tarmoqlari qurilganini ma’lum qildi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov majburiy mexnat bo‘yicha xalq ta’limi xodimlariga topshiriq berganlarga ham chora ko‘rish kerakligini ta’kidladi. Senat raisi Tanzila Narbayeva esa majburiy mehnatga jalb qilish zanjirining ortida hokimlar turganiga ishora qildi.
Shavkat Mirziyoyev byudjet mablag‘larining manzilli va samarali sarflanishini prokuratura tizimi nazorat qilib borishini ma’lum qildi. 2020 yilda «manzilli dastur"larga yo‘naltirilgan byudjet mablag‘larining 8 foizi talon-taroj qilingan. «Nimaga biz peshona terimiz bilan topayotganimizni ular talon-taroj qilayapti?», — dedi prezident.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipov Toshkent viloyati hokimining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.
Qirg‘iziston Bosh vaziri Ulugbek Maripov Toshkentga ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishiga tashrif buyurdi. Aeroportda uni O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov kutib oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting