Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etib, unda 8 ta taklifni bildirdi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar karantin davrida o‘rnatgan cheklovni bekor qilish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, davlatlar o‘rtasida mablag‘lar, tovarlar va xizmatlar erkin aylanishini ta’minlash shular jumlasidan.
«Markaziy Osiyo davlatlarida integratsiyaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lmish umumiy tamoyillar, qadriyatlar va uyg‘un mexanizmlar mavjud emas», — deya hisoblaydi Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. U delimitatsiya va demarkatsiya jarayonlari tugamasdan, O‘zbekistonda mustaqil davlat shakllanishining yakunlanishi haqida gapirishga erta ekanligini ham ta’kidladi.
Sodiq Safoyev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida YeOII yetarlicha o‘rganilmaganligi, shuning uchun avval kuzatuvchi bo‘lishga qaror qilinganligini aytdi. U shuningdek, xalqaro hamjamiyatga har qanday tarzda integratsiya qilish shaxsiy suverenitetni cheklashni anglatishini ta’kidladi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu 6 — 9 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Turk delegatsiyasi Samarqandda mamlakat Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11−12 mart kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 2021 yilgi prezident saylovlari oldingi yillarda o‘tkazilgan islohotlarga baho beruvchi referendum bo‘lishini aytdi. U davlat rahbari lavozimiga Shavkat Mirziyoyevdan boshqa loyiq nomzodni ko‘rmayotganligini ta’kidladi. O‘z o‘rnida, senator alternativ dastur va nomzodlarsiz «saylovlar to‘laqonli, adolatli va haqqoniy deb baholanmasligini» bildirdi.
Prezident O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida mehnat faoliyati va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Hujjat 2019 yil aprel oyida imzolangan.
O‘zbekiston prezidenti Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining COVID-19 dan keyin mintaqada amaliy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.
Prezident boshchiligida o‘tayotgan videoselektorda muhtoj oilalar uy olish uchun dastlabki badalning faqat 5 foizini to‘lashi aytildi. Bundan tashqari, kredit olgan aholi uchun foiz to‘lovlarining Toshkent shahrida 12 foizi, boshqa hududlarda 10 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi.
Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektorda muhim masalalardan biri — uy-joylarning narxini adolatli shakllantirishga e’tibor qaratildi. «Hokimlar bir kvadrat metr uy narxini 4 mln so‘mdan oshirmaslik choralarini ko‘rishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev.
Qurbon Tursunov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi. Bundan avval, u «Buxoro viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi» boshlig‘i bo‘lgan.
Navoiy viloyati va Andijon viloyati IIBga yangi boshliqlar tayinlandi.
Kogon shahar hokimi etib Hayot Davlatov tayinlandi. Bundan tashqari, shahar prokurori, IIB va DSI rahbarlari ham tasdiqlandi.
«Oldimizda tashvish bor — 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari. Agar ungacha tashkillashtirishga ulgurmasak, unda prezident saylovlaridan keyin darhol birinchi tashrifni Rossiya Federatsiyasiga uyushtirish taklifi bor», — dedi TIV rahbari Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston prezidentining Moskvaga tayyorlanayotgan tashrifi haqida.
O‘zbekiston Rossiya bilan muntazam parvozlarni tiklash uchun Rossiya Federatsiyasining maxsus komissiyasiga murojaat xati yubordi. Parvozlar aprel-may oylarida tiklanishi kutilmoqda.
Farg‘ona viloyati prokurori lavozimiga Baxtiyor Ismoilov tayinlandi. Bundan avval u Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Prezident Sirdaryo viloyatida amalga oshirish ko‘zlangan 25,5 trln so‘mlik 737 ta loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Loyihalar natijasida yiliga 11 trillion so‘mlik ishlab chiqarish quvvati, qariyb 36 ming ish o‘rni yaratish maqsad qilingan. Bundan tashqari, Mirzaobod tumanida Gujarat sanoat zonasini tashkil etish ham reja qilingan.
Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonning «Tolibon» guruhi bilan o‘zaro munosabatlarda qo‘ygan shartlariga to‘xtalib o‘tdi.
Xalq ta’limi vaziri deputat Rasul Kusherbayevning o‘quvchisi OTMga kirolmagan maktab direktorlarini ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi fikrlarini populizm deb ta’riflagan edi. Deputat bunga javob berib, u faqat qonun ustuvorligi tarafdori ekanligini aytdi. «Agar demokratik davlatlar qatori qonun ustuvorligini ta’minlash va muammoni sud orqali hal qilish populizm bo‘lsa unda men emas, avvalo qonunlar va Mehnat kodeksi bosh populist bo‘lib qolmaydimi?», — dedi Kusherbayev.
Sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi. 2021−2025 yillarda O‘zbekistonda 31 ta sudning yangi binosi qurilsa, mavjud 107 tasi rekonstruksiya qilinadi. Loyihalarning dastlabki qiymati — qariyb 644 mlrd etib belgilangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting