Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida bosh prokuror o‘rinbosari 2020 yilda O‘zbekistonda manzilli dasturlarga yo‘naltirilgan 10 trln so‘mning 845 mlrd so‘mi talon-toroj qilinganiga e’tibor qaratdi.
Joriy yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari hamda ipoteka dasturlarini moliyalashtirishga 3 mlrd dollardan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi. Prezident ushbu mablag‘lar tashqi qarz ko‘paymagan holda ajratilishini ma’lum qildi.
Prezident respublikada eng og‘ir ahvolga tushib qolgan 796 ta qishloq va 188 ta shahar mahallalari mavjudligini aytdi. 4 mingdan ziyod mahallaning elektr ta’minoti qoniqarsiz ahvolda.
Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Sherzod Asadov prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi etib tayinlandi.
Prezident «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish niyatida. Jumladan, qariyb 3 ming km ichki yo‘llarni ta’mirlash, 60 foiz mahallalarda elektr ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilmoqda.
Bosh prokuratura Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining kafolatlarini ta’minlashga oid prezident qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda qasddan odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikka tortish yoshini 13 yoshdan 14 yoshgacha uzaytirish taklif etilyapti. Bundan tashqari, Jinoyat kodeksiga samosud jinoyatiga oid normani kiritish, 128-, 129-moddalari sanksiyalarini oshirish maqsad qilingan.
Prezident Xorazm viloyatida amalga oshirilishi reja qilingan 1,3 mlrd dollarlik 812 ta investitsiya loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Ularning 273 tasi sanoat, 277 tasi xizmat ko‘rsatish, 262 tasi qishloq xo‘jaligiga oid. Ularni hayotga tadbiq etish natijasida 23 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari etib Shuxrat Xolmuhammedov tayinlandi. Unga prezident farmoni bilan general-mayor harbiy unvoni berildi. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlari akademiyasiga boshliq ham tayinlandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etildi. Moskvada ITSV vakolatxonasi ochiladi.
«Xalqimizning fidokorona mehnati, qat’iy siyosiy irodamiz bilan keng ko‘lamli islohotlarimizni bundan keyin ham jadal davom ettiramiz», — dedi prezident o‘zining bayram tabrigida. Shavkat Mirziyoyev xalq sayillarida ham ishtirok etdi.
Zira.uz barchani yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklaydi va bayram dasturxoni uchun bir nechta o‘ziga xos taomlarni tayyorlab qo‘ygan.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ekin yerlarini sug‘orish uchun Chorvoq suv omboridan suv ta’minoti cheklanishini ta’kidladi. “Sizlarga faqat Chorvoqni ochib bersa. Kanal suvga to‘lsa, keyin 24 soat suv oqadi. Siz hattoki ikki soat ham suvni nazorat qilmaysiz”, — deya prezident hokimlarga yuzlandi. Davlat rahbari chinozlik tadbirkordan o‘rnak olish zarurligini aytdi.
Prezident Toshkent viloyatini ikkiga bo‘lishni o‘ylayotganini ma’lum qildi. «Ikkita ixchamgina viloyat bo‘ladi», — deya ta’kidladi u Nuravshonda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.
Nurafshonda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda prezident hokimlar saylovi haqida gapirar ekan, «Biz bitta mahalla raisini ham adolatli saylay olmaymiz-ku» — deya ta’kidladi. «Jamiyat tayyor bo‘lmagan muhitga saylovlarni qo‘yish xiyonat emasmi?», — bu xiyonat dedi davlat rahbari.
Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Shavkat Mirziyoyev viloyat yangi rahbarining «harakatchanligi, bilimi va o‘z ustida ishlashini» ta’kidlab o‘tdi. «Bunday kadrlardan har bir viloyatda 4−5 tadan bo‘lganida edi, yana ancha rivojlanib ketardik. Ming afsuski yo‘q», — dedi u.
Prezident raisligida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari viloyatning sobiq hokimi Rustam Xolmatovning ishdan ketish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. «Rustam Xolmatov o‘zi ariza yozdi, hech kim unga ket degani yo‘q», — dedi u. Bundan tashqari, prezident hozirga qadar hech kim shahar yoki tuman hokimi o‘zi ariza yozmaganini qayd etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Shovvozsoy» dam olish maskani O‘zbekiston rahbari uchun qurilgani haqida tahminlar paydo bo‘lgan edi. 18 mart kuni Prezidentning Quyi Chirchiq tumanidagi klasterga tashrifi mobaynida jurnalistlar undan shu haqida so‘radi. «U davlatning joyi. Prezidentning nima aloqasi bor unga?», — deya munosabat bildirdi davlat rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiqning Iftixor mahallasi aholisi bilan uchrashuvdan Chirchiqqacha «elektrichka» qo‘yilishi, agar u ma’qul kelmasa yerusti metrosi qurilishini ma’lum qildi. «Chirchiq ancha charchab qoldi. Ya’ni, suv quvurlari, elektr energiya ta’minoti charchagan», — dedi davlat rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi ayrim ishlab chiqarish korxonalarini Chirchiqqa ko‘chirish hamda yangi loyihalarni joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Davlat rahbari shaharda qurilgan 4 ta 16 qavatli uyni ham ko‘zdan kechirdi.
Prezident Quyi Chirchiqdagi klasterni borib ko‘rdi. Klasterda 8 ming 750 nafar, sholini qayta ishlash korxonasida 365 nafar aholi mehnat qilmoqda. Davlat rahbari asosiy e’tibor va harakat aholini ish bilan ta’minlashga qaratilganini aytdi. «Toshkent viloyatini ishsizlik minimal darajada bo‘lgan hududga aylantirmoqchimiz», — dedi prezident.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting