Siyosat

Shavkat Mirziyoyev yangi elchilarni qabul qildi
20 sentabr 2024, 16:56

Shavkat Mirziyoyev yangi elchilarni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston, Koreya Respublikasi, Mo‘g‘uliston, Germaniya, Isroil va Yevropa Ittifoqi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Olti yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga 2,5 mlrd dollarlik xalqaro investitsiya va grantlar jalb etildi
19 sentabr 2024, 18:10

Olti yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga 2,5 mlrd dollarlik xalqaro investitsiya va grantlar jalb etildi

Bosh vazir Abulla Aripovga ko‘ra, O‘zbekiston 2017−2023-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga xalqaro moliya institutlaridan 2,5 mlrd dollar investitsiya va grant mablag‘larini jalb etgan. U, shuningdek, 2030-yilgacha oziq-ovqat ishlab chiqarishni 2 barobar ko‘paytirish rejalari haqida gapirdi.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi migratsiya kelishuvi nimalarni nazarda tutadi? Tafsilotlar
19 sentabr 2024, 18:09

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi migratsiya kelishuvi nimalarni nazarda tutadi? Tafsilotlar

O‘zbekiston va Germaniya malakali mutaxassislar kirishi va noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborishni osonlashtiradigan bitim imzoladi. Hujjat xorijliklarni uchinchi davlatga qaytarish uchun tranzit imkoniyatini ham nazarda tutadi. OAVlar afg‘onlarni Toshkent orqali deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida yozgandi.

O‘zbekiston Isroildan qo‘shinlarini Falastindan olib chiqishni talab qiluvchi BMT rezolyutsiyasini yoqladi
19 sentabr 2024, 11:01

O‘zbekiston Isroildan qo‘shinlarini Falastindan olib chiqishni talab qiluvchi BMT rezolyutsiyasini yoqladi

O‘zbekiston 124 ta davlat qatorida BMT Bosh assambleyasining Isroildan o‘z kuchlarini Falastin hududlaridan olib chiqib ketishni talab qiluvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 sentabr 2024, 10:44

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Nodir Ganiyev Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi. Prezident Toshkent va Parij o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbolini “yuksak baholadi”.

“Sun’iy kooperativlar vazirligi”. Quyi palata spikeri kooperativlar to‘g‘risidagi qonundagi normaga qarshi chiqdi
19 sentabr 2024, 01:06

“Sun’iy kooperativlar vazirligi”. Quyi palata spikeri kooperativlar to‘g‘risidagi qonundagi normaga qarshi chiqdi

Deputatlar fermerlar birlashib, hamkorlikda faoliyat olib boradigan qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Ular hujjatga kooperativlarning uyushmalarga majburiy a’zoligini qo‘shishga urindi, biroq Quyi palata spikeri qarshi chiqdi: “Bularning ustidan tayyor vazirlik tashkil qilyapsizlar”.

“O‘zbekiston Germaniya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor” — Shavkat Mirziyoyev
17 sentabr 2024, 14:51

“O‘zbekiston Germaniya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida mintaqa va Germaniya o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini qabul qilish, Yevropa bilan transport yo‘laklarini rivojlantirish, energetika bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yish kabilarni taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi
16 sentabr 2024, 18:35

Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Prezident u yerda “Markaziy Osiyo — Germaniya” ikkinchi sammitida qatnashadi.

“Yangi format”: Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols yetakchi kompaniya hamda banklar vakillari bilan uchrashdi
16 sentabr 2024, 11:58

“Yangi format”: Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols yetakchi kompaniya hamda banklar vakillari bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti va Germaniya kansleri Samarqandda yetakchi kompaniya va banklar vakillari bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev unda asosan xususiy sektordagilar ishtirok etganini aytib, buni “yangi format” deb atadi. “Yashil energetika”, kimyo sanoati, mashinasozlik kabilar ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rildi.

“O‘zbekiston — biz uchun muhim hamkor” — Germaniya kansleri
16 sentabr 2024, 11:04

“O‘zbekiston — biz uchun muhim hamkor” — Germaniya kansleri

O‘zbekiston Germaniya uchun juda muhim hamkor, jumladan, yaqin kelajak uchun ham, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols. U mamlakatlar o‘rtasida imzolangan migratsiya bitimini alohida qayd etdi, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida qanday masalalar ko‘tarilganini sanadi.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?
15 sentabr 2024, 22:18

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Germaniya kanslerining Samarqandga tashrifi doirasida 10 ga yaqin ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Ular orasida migratsiya, o‘ta muhim minerallar, transport, iqlim o‘zgarishi va boshqa sohalarda hamkorlik bitimlari bor.

Migratsiya bitimi, Lufthansa qaytishi va yangi loyihalar. Mirziyoyev va Shols nima haqida gaplashdi?
15 sentabr 2024, 21:38

Migratsiya bitimi, Lufthansa qaytishi va yangi loyihalar. Mirziyoyev va Shols nima haqida gaplashdi?

Prezident va Germaniya kansleri muzokaralar o‘tkazdi. Unda tomonlar migratsiya bitimini imzoladi. Qolaversa, Boshqaruv kadrlarini tayyorlash qo‘shma maktabi ishga tushirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev Lufthansa aviakompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

Foto: Samarqandda Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi
15 sentabr 2024, 19:55

Foto: Samarqandda Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

Samarqand shahrida Germaniya federal kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Foto.

Germaniya kansleri Olaf Shols Samarqandga keldi
15 sentabr 2024, 17:28

Germaniya kansleri Olaf Shols Samarqandga keldi

Germaniya kansleri Olaf Shols yakshanba kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Samarqand shahri aeroportida uni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Registon maydonida esa prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan Samarqandda muzokaralar o‘tkazadi
14 sentabr 2024, 16:47

Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan Samarqandda muzokaralar o‘tkazadi

15−16-sentabr kunlari Germaniya kansleri Olaf Shols rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Uning mamlakatga ilk tashrifi davomida Samarqandda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev va kansler ishtirokida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Isroil Adxamov Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
14 sentabr 2024, 11:49

Isroil Adxamov Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Isroil Adxamov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi. U mazkur tizimga kiritilgan yangi lavozimda kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishiga mas’ul bo‘ladi.

Xorazmda MO davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tdi
12 sentabr 2024, 21:38

Xorazmda MO davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyatida 12−13-sentabr kunlari MO davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 5 ta davlat parlamentlari vakillari o‘zaro aloqalarni faollashtirish, do‘stlik guruhlari va hamkorlik komissiyalari samaradorligini oshirishga kelishib oldi, bu bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.

Prezident Turkiya tashqi va ichki ishlar vazirlari hamda razvedka xizmati rahbarini qabul qildi
12 sentabr 2024, 19:25

Prezident Turkiya tashqi va ichki ishlar vazirlari hamda razvedka xizmati rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya TIV, IIV va razvedka xizmati rahbarlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi. Tomonlar siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi “Qorasuv” chegara posti 14 yildan so‘ng qayta ochildi (foto)
12 sentabr 2024, 11:06

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi “Qorasuv” chegara posti 14 yildan so‘ng qayta ochildi (foto)

Andijon viloyatidagi Qirg‘iziston bilan chegaradosh “Qorasuv” chegara bojxona posti 14 yillik tanaffusdan so‘ng qayta ochildi. Postdan kuniga 12 mingdan ortiq odam o‘tib-qaytishi mumkin.

Prezident Turkiya TIV, IIV va razvedka xizmati rahbarlari bilan uchrashadi
12 sentabr 2024, 10:46

Prezident Turkiya TIV, IIV va razvedka xizmati rahbarlari bilan uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi va ichki ishlar vazirlari, shuningdek, Milliy razvedka xizmati direktorini qabul qiladi. Bunday formatdagi uchrashuv birinchi marta o‘tkazilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting